2. doiraviy va xalqali plastinkalarning elastik va plastik egilishida ularning limitik holati


Qattiq jismlarning mexanik xossalari



Download 211,91 Kb.
bet2/5
Sana30.06.2022
Hajmi211,91 Kb.
#720019
1   2   3   4   5
Bog'liq
пластиклик наз

1.1. Qattiq jismlarning mexanik xossalari


Hajmiy siqilish. Qattiq jismlarning hajmiy siqilishi elastik deformatsiya bo’lib, hajmiy nisbiy o’zgarishining bosimdan bog’liqligi chiziqliga yaqin. Bunda izotrop materiallarda siljish deformatsiyasi sharti bosimdan kam bog’liq.


Elastik va plastik deformatsiya. Bir o’qli cho’zilishning egri chizig’i 1.1-rasmda tasvirlangan. Agar yuklanishni kamaytirsak, u holda yuksizlanish egri chizig’i CD elastik uchastka qiyaligiga ega tog’ri chiziqqa yaqin bo’ladi. Sof siljish deformatsiyasi egri chiziqlari (quvur buralishi) xuddi shunday ko’rinishga ega.
Plastiklik nazariyasida deformatsiya egri chiziqlari 1.2-rasmda sxemalash-tirilgan.






Cho’zilish

Sof siljish

OA elastiklik uchastkasi

1 = E  1

 = G  

AB – oquvchanlik uchastkasi

1 = const = T

 = const = T

BC – puxtalanish uchastkasi

1 = g11(1)  1

 = g() 

Bu yerda Eelastiklik moduli; G – siljish moduli.








1.1-rasm. Bir o’qli cho’zilish egri chizig’i

1.2- rasm. Deformatsiyaning sxemalashtirilgan egri chizig’i

Mashinasozlikda qo’llanilayotgan zamonaviy tuzilmali metallar uchun odatda oquvchanlik uchastkasi yo’q.


Agar deformatsiya egri chizig’i (1.3-rasm) sezilarsiz puxtalanish bilan xarakterlansa, u holda uni siniq gorizontal AB oquvchanlik uchastkasi bilan approksimatsiya qilish mumkin. Plastiklik nazariyasida bunga mos keluvchi kuchlanish oquvchanlik limiti σT (yoki τT) deb ataladi.
g11(ε1) (yoki g(γ)) funksiya ba’zisida puxtalanish moduli deb ham ataladi. Tajribalar ma’lumotlariga ko’ra 0 < g111) ≤ E; 0 < g(γ) ≤ G.
Deformatsiyalanish egri chizig’ida (1.2-rasm) u yoki bu uchastka bo’lmasligi mumkin. Metall dastlabki cho’zilish natijasida elastiklik limitini (puxtalanishni yoki nakat) oshiradi.


Deformatsion anizotropiya. Baushenger effekti. Puxtalanish yo’nalish xarakteriga ega. Plastik deformatsiya natijasida metall deformatsion anizatropiyaga ega bo’ladi. Ana shunday puxtalanishlardan birining paydo bo’lishi Baushenger effekti deb ataladi: bir xil ishorali dastlabki plastik deformatsiya teskari ishorali keyingi plastik deformatsiyaga nisbatan materialning qarshilik ko’rsatishini yomonlashtiradi.
Murakkab kuchlanganlik holatidagi tajribalar odatda yupqa devorli quvurlarda amalgam oshiriladi. Cho’zilish, buralish va ichki bosimlarni kombinatsiyalab quvur devorida ixtiyoriy tekis kuchlanganlik holatini yuzaga keltirish mumkin.

Eng muhimi sodda (proporsional) va murakkab yuklanishlarni farqlash lozim. Sodda yuklanishda qaralayotgan nuqtadagi kuchlanish bitta parametrga proporsional o’sib boradi, bunda kujchlanish tenzori shakli va uning bosh yunalishlari saqlanib qoladi.


Murakkab kuchlanishda esa bosh o’qlarning yo’nalishlari va bosh kuchlanishlarning o’zaro bog’lanishi o’zgaradi.


Oquvchanlik (plastiklik) sharti. Oquvchanlik holatida kuchlanish kompo-nentalari oquvchanlik (yoki plastiklik) shartini qanoatlantiradi. Izotrop jism uchun oquvchanlik sharti kuchlanish invariantlari funksiyasi bo’lishi zarur.
σ – o’rtacha bosimning ta’siri ko’pgina materiallar uchun sezilarsiz, ammo oquvchanlik sharti quyidagicha yoziladi:
f ( I2 (Dσ), I3 (Dσ) ) = 0, (1.1)
bu yerda , – kuchlanish deviatorining kvadratik va kubik inva-riantlari.
Bosh kuchlanishlar fazosi σ1, σ2, σ3 da σ1+ σ2+ σ3 = const tekislik gidrostatik o’q deb ataluvchi σ1 = σ2 = σ3 to’g’ri chiziqqa perpendikulyar.
(1.1) tenglama o’rtacha bosimni o’z ichiga olmagan, shuning uchun u o’qi gidrostatik o’qdan iborat silindrning sirtini ifodalaydi. Bu sirt oquvchanlik sirti deb ataladi. σ1+ σ2+ σ3 = const tekisliklarda oquvchanlik sirtining izi oquvchanlik egri chizig’idir. Yechimning yagonalik shartidan oquvchanlik egri chizig’i botiq bo’lishi, ya’ni urinma (yoki tayanch chizig’i)ning bir tarafida yotishi zarurligi kelib chiqadi.


Tresk – Sen–Venanning oquvchanlik sharti plastik oquvchanlik holatida ushbu
τmax = max{ |τ1|, |τ2|, |τ3| } (1.2)
tenglik bajarilishini talab qiladi.
Oquvchanlik sirti – muntazam oltiburchakli prizma sirti, oquvchanlik egri chizig’i – muntazam oltiburchak (1.4-rasm).







1.3-rasm. Deformatsiya egri chizig’ini sezilarsiz puxtalanish bilan approksimatsiyalash.

1.4-rasm. Mizesning oquvchanlik aylanasi va Tresk – Sen-Venanning oltiburchagi.

Tresk – Sen–Venanning oquvchanlik shartining eksperiment natijalari bilan mosligi qoniqarli.




Mizesning oquvchanlik sharti:
. (1.3)
Kuchlanishlar fazosida Mizesning oquvchanlik sharti Tresk – Sen–Venan prizmasiga tashqi chizilgan doiraviy silindrni, oquvchanlik egri chizig’i esa Tresk – Sen–Venan oltiburchagiga tashqi chizilgan doirani ifodalaydi (1.4-rasm).


Oquvchanlikning umumiy sharti. Ba’zi materiallar uchun o’rtacha bosimning ta’sirini e’tiborga olish zarur, u holda Mizes – Shleyxer sharti
, (1.4)
kabi yoki τmax ni qo’llashga asoslangan xuddi shunday tenglama.
Anizotrop material uchun oquvchanlik sharti odatda kuchlanishning ba’zi bir plastiklik o’zgarmasga tenglashtirishdan iborat. Xuddi shunday, τmax ni qo’llab ham oquvchanlik shartini chiqarish mumkin.
σi = g1(εi)  εi yoki τi = g1(γi)  γi , (1.5)
bu yerda g1(εi) (yoki ) g1(γi)) – musbat funksiya bo’lib, materialdan bog’liq va kuchlanganlik holatidan bog’liq emas, shuning uchun uni, masalan, sodda cho’zilish yoki sof siljish tajribasidan aniqlash mumkin; g1(εi) – ushbu (σi, εi) egri chiziqning kesuvchi moduli.



Download 211,91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish