2 Боб На¢д пулсиз ¦исоб-китоблар ва нот¤ловлар муаммоси


§. Naqd pulsiz hisob-kitoblar to’g’risidagi Nizom va uning mazmuni



Download 268,63 Kb.
bet9/87
Sana18.07.2022
Hajmi268,63 Kb.
#819791
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   87
Bog'liq
19.y.Banklarda-hisob-va-tolov-tizimi-o.qol .-K.N.Navrozova-T.-2005y. (1)

2§. Naqd pulsiz hisob-kitoblar to’g’risidagi Nizom va uning mazmuni.


Banklarda bajariladigan barcha operatsiyalar ma’lum bir me’yoriy hujjatlar asosida olib boriladi. Naqd pulsiz hisob-kitoblarni tashkil qilishda asosiy me’eriy hujjat bu – «naqd pulsiz hisob-kitoblar to’g’risida»gi Nizomdir. Lekin bu nizom doimiy bo’lmay vaqti o’tishi bilan o’zgarib boradi. Iqtisodiy o’zgarishlar, shuningdek, bank tizimidagi o’zgarishlar barcha qonun-qoidalarning shunga mos ravishda o’zgartirilishiga sabab bo’ladi. Masalang Respublikamiz mustaqillikka erishgandan so’ngg kredit, hisob-kitob va boshqa operatsiyalarni olib borish tartib qoidalari bir necha marotaba o’zgartirildi. Jumladan, naqd pulsiz hisob-kitoblar bo’yicha 1993, 1995 va nihoyat 1998 yillarda qonun-qoidalar ishlab chiqilgan bo’libg bir-biridan ma’lum moddalari bilan farq qiladi. Masalan 1993 yilda Markaziy bank tomonidan ishlab chiqilgan «Naqd pulsiz hisob-kitoblar to’g’risida»gi Nizomda to’lov topshiriqnomasi, to’lov talabnomasig to’lov talabnoma-topshiriqnomasi, akkreditivlar, limitlashtirilgan va limit-lashtirilmagan chek daftarchalarining cheklari va inkasso topshiriqnomasi bo’yicha hisob-kitoblar ko’zda tutilgan edi. Bu Nizomning yangiligi shundan iborat ediki, unda to’lov talabnoma-topshiriqnomasi shakli yangilik qilib kiritilgan edi. Naqd pulsiz hisob- kitoblarning ushbu shaklining mazmunii shundan iborat ediki, mol sotuvchi korxona sherigiga mol jo’natish bilan birga tovar transport hujjatlari ham mol sotib oluvchini korxonaga jo’natar edi. Bunda bank chetlab o’tilar edi. To’lov talabnomasini olgan mol sotuvchi korxona talabnoma-topshiriqnomani talabnoma qismida ko’rsatilgan rekvizitlarni ko’rib chiqib, olgan tovari bilan solishtirib agar shartnoma shartlari bajarilgan bo’lsa, hujjatning topshiriqnoma qismini to’ldirib uni bankka topshirishi lozim edi.
Shunday qilib, hisob-kitob shakllari yana bitta shakl bilan to’ldirilgan. 1993 yilda chiqarilgan Nizomda keltirilgan cheklar bo’yicha hisob-kitoblar limitlashtirilgan va limitlashtirilmagan chek daftarchalarining cheklari asosida olib birishga mo’ljallangan edi. Limitlashtirilgan cheklar bo’yicha hisob-kitoblarning mazmuni shundan iborat ediki, mijoz bankdan limitlashtirilgan chek daftarchasini arizasiga binoan olib, unga o’z topshirig’iga asosan ma’lum bir summani o’tkazar edi. Mana shu summa chegarasida chekni rasmiylashtirib, mahsulot sotuvchi yoki xizmat ko’rsatuvchi korxona va tashkilotlar bilan hisob-kitoblarni amalga oshirish mumkin edi. Limitlashtirilmagan cheklar bilan hisob-kitoblarning mazmuni shundan iborat ediki, bunda chek daftarchasiga pul o’tkazilmas edig hisob-kitoblar bank krediti hisobidan amalga oshirilardi. Bunday daftarchalardan asosan savdo, ta’minot tashkilotlari ko’proq foydalanishar edi.
Lekin bu hisob-kitoblar bo’yicha ko’p noqonuniy operatsiyalar o’tkazilgani aniqlangach, O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki limitlashgan va limitlashmagan chek daftarchalari bo’yicha hisob-kitoblarni bekor qildi. Uning o’rniga yangi hisobcheklari deb nomlangan hisob-kitoblarni amaliyotga tadbiq etdi. Hisob-cheklari bo’yicha hisob-kitoblarning tartib qoidalari ishlab chiqildi. Bu qoidalar avvalgi cheklar bo’yicha hisob-kitoblardan farq qilar edi. Hisob- cheklarining 5, 10, 25 varaqli ko’rinishda, mijozlarning hohishilariga ko’ra kitobcha shakliga keltirib berila boshlandi. Chek daftarchasiga pul qo’yish
mijozning topshirig’iga binoan uning talab qilinguncha saqlanadigan depozit hisobvarag’idagi mablag’lar hisobidan amalga oshirilardi. Tijorat banklari hisob- cheklari bo’yicha operatsiyalarni olib borishlari uchun hisob-kitob markazida alohida hisobvaraqlarini ochib, unga mablag’ qo’yishlari lozim edi.
Hisob cheklari bo’yicha hisob-kitoblar 1995 yildagi Nizomga yangilik bo’lib kiritildi. Shu bilan birga ushbu Nizomda veksel muammosi ham ko’zda tutilgan edi. 1995 yil may oyidan boshlab O’zbekistonda veksel muomalasini kiritish to’g’risida Vazirlar Mahkamasining qarori chiqarildi. Qarordan so’ng Paxtabank, Sanoatqurilishbanki, Savdogarbank, Turonbanki kabi bir qator banklar birinchilar qatorida veksellar emissiyasini boshlab berdilar. Lekin bu davrda respublikada amalda bo’lgan «naqd pulsiz hisob-kitoblar to’g’risida»gi Nizomda veksel muomalasi ko’zda tutilmagan edi. Shu sababli veksellar bo’yicha banklarning operatsiyalar o’tkazish tartib qoidasini ishlab chiqish birinchi navbatdagi vazifalardan biriga aylandi. Shunday qilib navbatdagi Naqd pulsiz hisob-kitoblarni tashkil qilish qonun-qoidalarini o’z ichiga mujassamlagan yangi Nizom ishlab chiqilib 1995 yil 4 sentyabrda Markaziy bank Boshqaruvi tomonidan tasdiqlandi. Ushbu nizomda avvalgi hisob-kitob shakllari bilan bir qatorda yangi hisob cheklari va veksellar bo’yicha naqd pulsiz hisob-kitoblar ko’zda tutildi. To’lov talabnomasining o’rni esa ancha pastga tushirildi va Markaziy bankning maxsus qarori bilan hisob-kitoblarda ishlatilishi alohida xabar berilishi ko’rsatib o’tildi. Bunga sabab, bu davr ichida noto’lovlar uchun amaliyotda ishlatilayotgan 2- kartoteka bekor qilingan bo’lib, mijozlardan hisob-kitob hujjatlar ularning hisobvarag’ida to’lash uchun pul etarli bo’lgan taqdirdagina qabul qilinishi mumkinligini belgilab qo’yilgan edi. To’lov talabnomasi esa bunday talabga javob bermas edi.
Vaqt o’tishi bilan Respublika to’lov tizimi takomillashib bordi, buning natijasida elektron to’lov tizimi joriy etildi. Barcha banklar o’zaro hisob-kitoblarni yangi elektron to’lov tizimi asosida amalga oshira boshladilar. Bu esa hisob- kitoblar shakllariga, ularning taqdim qilinishig bank tomonidan qabul qilish va ishlov berish tartibining o’zgartirilishiga sabab bo’ldi. Bir oz vaqt o’tgach veksel muomalasi va cheklar bo’yicha hisob-kitoblar ma’lum sabablarga ko’ra bekor qilindi. Natijada hisob-kitoblarni tashkil qilish qonun-qoidalariga o’zgartirishlar kiritish zarurati paydo bo’ldi. Shundan so’ng, «O’zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalga oshirish to’g’risida»gi 60-sonli Nizom qayta ishlab chiqildi. Bu Nizom O’zbekiston Respublikasi Markaziy Banki boshqaruvi tomonidan 2002 yilda 15 yanvarda tasdiqlandi. Ushbu Nizom quyidagi bo’limlarni o’z ichiga oladi:

  1. Umumiy qoidalar;

  2. Pul hisob-kitoblarini rasmiylashtirish tartibi;

  3. Memorial orderlar bilan hisob-kitoblar;

  4. To’lov topshiriqnomalari bilan hisob-kitob qilish;

  5. To’lov talabnomalari bilan hisob-kitob qilish;

  6. Akkreditivlar bilan hisob-kitob qilish;

  7. Inkasso topshiriqnomalari bilan hisob-kitoblar ;

  8. Cheklar bilan hisob-kitob qilish;

  9. Plastik kartochkalar bilan hisob-kitoblar qilish;

  10. Yuridik shaxsning qayta tashkil etish, qo’shib yuborish va tugatilishi paytida mablag’larni hisobdan chiqarish;

  11. Nazorat va ta’sir qilish choralari.

«O’zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalga oshirish to’g’risida»gi Nizom fuqorolik kodeksi, «Markaziy bank to’g’risida»gig «Banklar va bank faoliyati to’g’risida»gi, O’zbekiston Respublikasi qonunlari va Markaziy bankning O’zbekiston hududida naqd pulsiz hisob-kitoblarni tartibga soluvchi boshqa me’yoriy hujjatlariga muvofiq ishlab chiqilgan. Nizomning bir maromda qo’llanilishi respublikada butun iqtisodida hisob-kitoblarning uzluksizligini ta’minlaydi.
Nizomda naqd pulsiz hisob-kitob shakllarining mazmuni, ularning qo’llanilish sohalari, xujjatlarni rasmiylashtirish, bankka taqdim etilishi va ularni ishlatilishining qonun-qoidalari belgilab berilgan. Keyingi paragraflarda ular bilan batafsil tanishib chiqamiz,

Download 268,63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish