2 Боб На¢д пулсиз ¦исоб-китоблар ва нот¤ловлар муаммоси



Download 268,63 Kb.
bet5/87
Sana18.07.2022
Hajmi268,63 Kb.
#819791
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   87
Bog'liq
19.y.Banklarda-hisob-va-tolov-tizimi-o.qol .-K.N.Navrozova-T.-2005y. (1)

1-sxema


To’lov oborotining tarkibiy tuzilishi



Pul to’lov


(naqd) vositasi

- ish haqi


  • pensiya

  • mukofot

  • ijtimoiy, maishiy xizmatlar uchun to’lovlar va h.k.

№60 yo’riqnoma bo’yicha hisob- kitob shakllari asosidagi hisob- kitoblar

To’lov oborotining asosiy qismi naqd pulsiz to’lov oborotidan tashkil topadi. Bu to’lov oboroti naqd pulsiz hisob-kitoblar asosida amalga oshiriladi. Naqd pulsiz hisob-kitoblar deganda, korxona va tashkilotlarning tovar ayirboshlash, xizmatlar ko’rsatish va tovarsiz operatsiyalarbo’yicha bir-biriga bo’lgan talab va majburiyatlarni pul mablag’larini naqd pul ishlatmasdan bir hisobvaraqdan ikkinchi hisobvaraqqa o’tkazish orqali bajarilishi tushuniladi.
Iqtisodiyot rivojlanib borgan sari to’lov oborotida naqd pulsiz to’lov oborotining ulushi ortib boradi. Chunki iqtisodiy taraqqiyotni belgilovchi omillar naqdsiz to’lov oborotining o’sishiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Iqtisodiy taraqqiyotni belgilovchi omillar quyidagilar:

  1. sanoat va qishloq xo’jaligi ishlab chiqarish hajmining o’sishi;

  2. tovar aylanishi va milliy daromad hajmining o’sishi;

v) bank kreditining ayirboshlash jarayonidagi rolining ortib borishi;
g) mulkchilik shakllarining va ular o’rtasidagi munosabatlarning rivojlanishi;
d) iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishda hisob-kitob ishlarida elektron to’lov tizimidan keng ko’lamda foydalanish va boshqalar.
Hozirgi kunda nafaqat xo’jalik yurituvchi sub’ektlar xattoki aholining ham nakd pulsiz to’lov tizimidagi ishtiroki ortib bormoqda. Ilgari Xalq banki orqali aholiga taklif qilingan nakd pulsiz hisob-kitoblarining turli shakllari bilan bir qatorda plastik va magnit kartochkalardan foydalanish ham rivojlanib bormoqda. Ayniqsa, Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki tomonidan chet el valyutasi va milliy valyutada chiqarilgan plastik kartochkalar aholi o’rtasida keng ishlatilmoqda. Shu bilan birga hozirgi kunda Asaka banki, Sanoat qurilish banki hamda Xalq banki va boshqa qator banklar tomonidan plastik kartochkalar chiqarilib, aholiga taklif qilinmoqda.
To’lov oborotining ikkinchi qismi naqd pulli to’lov oborotidir. Naqd pulli to’lov oboroti deganda tovar ayirboshlash va xizmat ko’rsatish jarayonida sub’ektlar o’rtasidagi hisob-kitoblarning naqd pul yordamida amalga oshirilishi tushuniladi. Naqd pulli to’lov oborotining ishlatish ko’lami naqd pulsiz

to’lov oborotiga nisbatan chegaralangan.
Naqd pul oboroti davlat va aholi, turli mulkchilik shakllariga tegishli bo’lgan korxona va tashkilotlar bilan aholi hamda aholi gruppalari o’rtasidagi munosabatlarda namoyon bo’ladi.
Masalan, korxona va tashkilotlar o’z ishchi va xizmatchilariga ish haqi, mukofot, komandirovka xarajatlarini to’laydi, nafaqaxo’rlar pensiya, talabalar stipendiya oladilar. Bu naqd pullar savdo do’konlarida, bozorlarda ishlatiladi, shu bilan birga turli moliyaviy majburiyatlar va xizmatlar yuzasidan to’lovlar o’tkaziladi.
Chet davlatlarda naqd pullarning ishlatilishi bilan band bo’lganlarning 10 foizdan kamrog’i o’z ish haqlarini naqd pulda oladilar. Angliyada ham naqd pulda ish haqi oladiganlar barcha ishlovchilarning 10 foizi atrofini tashkil etadi. Germaniya va Kanadada 5 foizi, AQShda esa taxminan 1-2 foizni tashkil etadi. Chunki bu davlatlarda ish haqi plastik, kredit kartochkalari yoki cheklarga o’tkazib beriladi.
Naqd pul yordamida amalga oshiriladigan to’lov oboroti quyidagi hollarda yuzaga keladi:

  1. aholi tomonidan davlat, xususiy, qo’shma, kooperativ chakani va mayda ulgurji savdo tashkilotlaridan mahsulot

harid qilinishi;

  1. aholi tomonidan qishloq xo’jaligi mahsulotlarining dehqon bozorlarida sotib olinishi;

v) aholi tomonidan oziq-ovqat va buyum bozorlarida tijoratchilardan, xunarmandlardan va boshqa tadbirkorlardan tovarlarni sotib olinishi;
g) turli transport turlaridan va boshqa maishiy xizmat ko’rsatish tashkilotlari xizmatidan foydalanish;

  1. ishchi-xizmatchilar ish haqining to’lanishi;

  2. stipendiya va turli nafaqalarning to’lanishi;

j) aktsiyalar bo’yicha dividentlar to’langanda;
z) lotereyalar bo’yicha yutuqlar to’langanda;
i) sug’urta to’lovlari to’langanda;
y) aholi tomonidan kommunal va boshqa to’lovlar to’langanda;

  1. gazeta va jurnallarga obuna bo’lish yoki joriy davrda sotish olinganda;

  2. aholi tomonidan er, mulk va boshqa soliqlar naqd pul yordamida to’langanda.

Bu ro’yxatni yana davom ettirish mumkin. Umumlashtirib shuni aytish mumkinki, aholi tomonidan naqd pul yordamida turli xil to’lovlar to’laganda naqd pulli to’lov oboroti yuzaga keladi.
Lekin naqd pul doimo naqdsiz pulga, naqdsiz pul esa naqd pulga aylanib turadi.
Pulning bunday harakatini quyidagi sxemada ko’rishimiz mumkin.
2-sxema

Download 268,63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish