2 Боб На¢д пулсиз ¦исоб-китоблар ва нот¤ловлар муаммоси



Download 268,63 Kb.
bet12/87
Sana18.07.2022
Hajmi268,63 Kb.
#819791
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   87
Bog'liq
19.y.Banklarda-hisob-va-tolov-tizimi-o.qol .-K.N.Navrozova-T.-2005y. (1)

3-sxema.


Hisob-kitob markazi




1. Шартнома




Мол олувчи корхона

Мол сотувчи корхона

2. Товар

7.Тўлов
Yuqorida keltirilgan sxemaga kuyidagicha tavsif beramiz:

  1. Eng avvalo mol jo’natuvchi va mol oluvchi korxonalar o’rtasida xo’jalik shartnomasi tuziladi.

  2. Shartnomaga asosan mol jo’natuvchi korxona mol oluvchi korxonaga mahsulot jo’natadi.

  3. Mol oluvchi korxona olgan mahsulotga pul o’tkazish uchun to’lov topshirig’i rasmiylashtirib o’ziga xizmat ko’rsatuvchi bankka topshiradi.

  4. Bank xodimi tomonidan to’lov topshirig’i asosida mol oluvchi korxona hisobvarag’idan pul chegiriladi.

  5. Hisob-kitob markazi orqali elektron to’lov mol sotuvchi korxona bankiga jo’natiladi.

  6. Kelib tushgan elektron to’lov mol sotuvchi korxona bankida mol sotuvchi korxona hisobvarag’iga o’tkaziladi.

  7. Elektron to’lov topshirig’ining bir nusxasi to’langan hujjatlar sifatida mol sotuvchi korxonaga beriladi.

Hozirgi kunda respublikamizda banklar orqali o’tkazilayotgan barcha to’lovlarning 65-75 foizi to’lov topshiriqnomalari yordamida amalga oshirilmoqda, bu uning afzalliklari bilan bog’liqdir.
Bu afzalliklar quyidagilardan iboratdir:
-birinchidan, hujjatlar aylanishining oddiyligi va tezligi, ya’ni hisob-kitoblarni amalga oshirishning texnik jixatdan kulayligi. Bu esa o’z navbatida xo’jalik yurituvchi sub’ektlar va bank xodimlarining mexnat sarfini kamaytiradi;
-ikkinchidan, pul mablag’lari xarakatining tezligi, ya’ni to’lov talabnomasiga nisbatan to’lov topshiriqnomasi bo’yicha hisob-kitoblarda hujjatlarning aylanishi harakati qisqaligi so’zsiz xo’jalik oborot mablag’larining aylanish tezligini oshiradi;
-uchinchidan, tovar sotib oluvchining qabul qilgan tovarlari yoki xizmatlar sifatini oldindan aniqlab olinishi. Hisob-kitoblarning bu shaklida to’lov talabnomasi orqali hisob-kitoblarda bo’lgan kabi bankka raddiya arizasi topshirilmaydi, chunki to’lovchining o’zi tulovni to’lashga rozi bo’lsa, topshiriqnomani bankka topshiradi;
-to’rtinchidan, to’lov topshiriqnomasining barcha tovarsiz operatsiyalarda ko’llanishi, bu esa ushbu shakl bo’yicha hisob-kitoblarning axamiyatini yanada yakkol aks ettiradi.
To’lov topshiriqnomasi bo’yicha hisob-kitoblarning afzalliklari bilan bir qatorda kamchiliklari ham mavjud. Kamchiliklar shundan iboratki, mol jo’natuvchi yoki xizmat ko’rsatuvchi korxona uchun to’lovning o’z vaqtida o’tkazilishi to’la kafolatlanmagan. Chunki to’lovning o’z vaqtida o’tkazilishi to’lovchi korxonaning depozit hisob varag’idagi mablag’lar miqdoriga bog’liq. To’lovning to’liq o’tkazilishiga etarli pul mablag’larining bo’lmasligi pul aylanishi sekinlashtiradi va mahsulot jo’natuvchi yoki xizmat ko’rsatuvchi korxonaning moliyaviy holatini yomonlashtiradi.
Lekin ko’rsatilgan kamchilik to’lov topshiriqnomasi bo’yicha hisob- kitoblarning naqd pulsiz hisob-kitoblarning boshqa shakllari oldidagi ahamiyatini kamaytirmaydi. Aksincha, hozirgi davrda xo’jalik sub’ektlari o’rtasida to’lov topshiriqnomalarining ko’llanilish doirasi yanada kengayib bormoqda, chunki oldingi yillarda to’lov topshiriqnomalari bo’yicha to’lovlar faqat mahsulot jo’natilgandan va xizmatlar ko’rsatilgandan keyingina amalga oshirilar edi. Bunday holat bozor munosabatlari sharoitida o’zini oqlamaydi, debetor va kreditor qarzdorliklarning oshib ketishiga olib keladi, bu esa o’z navbatida iqtisodiyotda qarzdorlik zanjirini keltirib chiqaradi.
Yuqorida ko’rsatilgan muammolarning oldini olish maqsadida hukumatimiz tomonidan bir qator mexanizmlar ishlab chiqildi, qaror va farmoyishlar qabul qilindi. Dastlab 1995 yil 5 mayda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Korxona va tashkilotlar raxbarlarining xalq xo’jaligidagi hisob-kitoblarni o’z vaqtida o’tkazishni ta’minlash bo’yicha javobgarligini oshirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi 154-sonli Farmoni chiqarildi. Farmonga muvofiq, mulk shaklidan qat’iy nazar har bir xo’jalik sub’ekti agar mol oluvchi korxona bo’lsa, u albatta o’sha mol qiymatining kamida 15 foizi summasini oldindan to’lashi talab etiladi. Tabiiyki, bu to’lov topshiriqnomasi asosi amalga oshiriladi.
Oldindan to’lov o’tkazish ilgari yoqilg’i-moylash mahsulotlari va boshqa ba’zi xollarda Davlat bankining ruxsati bilan amalga oshirilar edi. Lekin hozirgi paytda xo’jaliklar o’zlari o’zaro xo’jalik shartnomalari orqali 100 foizli yoki undan kam miqdorda bo’lgan oldindan to’lovlar o’tkazishni kelishib oladilar. Yuqorida ko’rsatilgan mexanizm esa tomonlar o’rtasida shartnomada ko’rsatilgan majburiyatlarning bajarilishi ustidan nazorat o’rnatishga yordam beradi. 15 foizdandan kam bo’lmagan avanslangan to’lovlarning o’tkazilishning majburiyligi, bank bunday to’lovlar ustidan doimo nazorat olib borishi xaqida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining yana bir «Hisob-kitoblar tizimi hamda to’lov intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to’g’risida»gi 1996 yil 24 yanvardagi Farmoni chiqarildi, Farmonda korxona va tashkilotlar tomonidan bankka topshiriladigan to’lov topshiriqnomasida kat’iy ravishda shartnoma nomeri, to’lov tartibi, 15 foizdan kam bo’lmagan avans to’lovi miqdori ko’rsatilishi shart qilib belgilandi. Demak, naqd pulsiz hisob-kitoblarning qaysi shaklidan foydalanishdan kat’iy nazar, xo’jaliklar avvalo to’lov summasining 15 foizdan kam bo’lmagan miqdorini to’lov oluvchi korxona hisobvarag’iga aynan to’lov topshirig’i yordamida o’tkazadilar. Bu esa
to’lov topshirig’ining iqtisodiyotning hamma sohalarini kamrab olayotganidan dalolat beradi. Umuman, xalq xo’jaligiida hususiy sektorning o’rni kengayib borgan sari kichik va boshqa xususiy korxonalar sonining oshishi to’lov topshiriqnomalari bo’yicha hisob-kitoblar hajmining kengayishiga yo’l ochib beradi.



Download 268,63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish