87. F.List iqtisodiy ta’limotlar tarixi fanida qaysi yo'nalishga asos soldi? F.Listning ta'limotiga kora, qiymatni ishlab chiqaruvchi kuchlar, "millatning ruhi" (toj-taxtning meros bolib qolishi, huquq, sud, armiya, politsiya va shu kabilar) yaratadi. F.List ta'limotida xojalik taraqqiyotining tarixiy bosqichlari togrisidagi goyalar katta orin egallaydi. U tarixiy taraqqiyotni beshta bosqichga: badaviylik, choponlik, dehqonchilik, dehqonchilikmanufaktura, dehqonchilik - manufaktura - savdo bosqichlariga boladi. Bunday bolishdan kuzatilgan maqsad Germaniyada sanoatning osishini har tomonlama qollab-quvvatlash, bir yoqlama rivojlanishdan - qishloq xojaligining ustunligidan voz kechish kerak, degan fikrni isbotlashdan iborat edi. F.Listning asosiy iqtisodiy asari Germaniyaning iqtisodiy rivojlanishi va savdo siyosati atrofidagi qizgin tortishuvlarda alohida orin egallab, nemis iqtisodiy fikriga katta ta'sir korsatdi. F.List ozining goyalarini rivojlantirar ekan, Germaniyaning gullab-yashnashi sanoat taraqqiyoti orqali bolishi mumkinligini va shuning uchun uni chet el raqobatidan himoya qilish zarur ekanligini korsatadi. Ushbu asar oz davrida demokratik ziyolilar tomonidan qizgin qabul qilinib, katta qiziqish bilan o`qildi
F.List ta’limotida xo'jalik taraqqiyotining tarixiy bosqichlari qanday ifodalanadi?
List iqtisodiy fanda klassik maktabni, ayniqsa uning yirik namoyandasi bolgan A.Smit iqtisodiyotini tanqid qiluvchi bolib faoliyat korsatdi, lekin u klassik maktabning asosi bolgan qiymat va daromadlar nazariyasini mutlaqo tahrir qilmadi. Iqtisodiyotning bu kategoriyalari olimni qiziqtirmadi. Asosiy e'tibor iqtisodiy siyosatning asosiy masalalariga va ayniqsa tashqi savdo siyosatiga qaratildi. F.List Smit iqtisodiy sistemasini kosmopolitizmda ayblab, uni ayrim mamlakatlar xojalik rivojlanishining milliy xususiyatlarini kormasdan, barchasiga umumiy "tabiiy" qonun-qoidalarni dogmatik ravishda majbur kiritilmoqda, deydi. "Turli millatlar,- deb yozadi List, turli bosqichda boladilar. Bunday sharoitda ular ortasidagi toliq erkin savdo ayirboshlash qiymati nuqtayi nazaridan jahon xojaligi uchun ma'lum mavhum foydani keltirishi mumkin boladi." Lekin bu holat qolgan mamlakatlar ishlab chiqarish kuchlari rivojiga tosqinlik qiladi. U oz konsepsiyasini ishlab chiqarish kuchlari nazariyasi deb yuritib, Smitning ayirboshlash qiymati nazariyasiga qarshi qoyadi. Lekin shuni aytish zarurki, ishlab chiqarish kuchlari deganda List ijtimoiy sharoitlar majmuasini tushunadi va ularsiz millat boyligi bolmaydi, deb yozadi. Shuningdek u faqatgina qishloq xojaligi bilan shugullanadigan millat bir qol bilan mehnat qiladigan kishi kabidir, deydi. List ishlab chiqarish unumdorligini oshirishni proteksionizm tarbiyasi yordamida amalga oshirishni ortaga tashlaydi. Davlat sistemasidagi tadbirlar milliy ishlab chiqarishni chet el raqobatidan to ozini tiklab olguncha va teng raqobatdosh bo`lguncha himoya qilishi kerak deyiladi. Erkin savdoni amalga oshirishni esa u keyinroq, ya'ni hamma millatlar bir xil rivojlanish darajasiga yetgunicha qoldirishni tavsiya qiladi
Do'stlaringiz bilan baham: |