169. Domar- Xarrodning iqtisodiy o‘sish nazariyalari nimani bildiradi?
50-yillarda keynschilik g‘oyalari rivojlantirilib, yangi g‘oyalar ilgari surildi. Ularning asosiy mohiyati iqtisodiy o‘sish sur’atlari doimligini ta’minlovchi mexanizmlami aniqlash va isbotlashdan iboratdir. Oqibatda «multiplikator-akselerator» sistemasini hisoblashga asoslangan va o‘ziga xos keynschilikning o‘sish nazariyalari, jamg‘arish va iste’mol o‘rtasidagj o‘zaro bog‘lanish xarakteristikalaridan foydalanib, iqtisodiy dinamikani modellashtirish yuzaga keldi. Yuqorida tilga olingan iqtisodiy o‘sish nazariyalarining asosiy namoyandalari, MassachuSet texnologiya instituti professor Evsey Domar (1914) va Oksford universiteti professori Robert Xarrod (1890-1978) hisoblanadi. Xarrod- Domar modelining boshqa bir qoidasi bo‘yicha ayrim parametrlar, chunonchi, daromadlardagi jamg‘arma hissasi va kapital qó‘yilmalaming o‘rtacha samaradorligi uzoq davr mobaynida doimiy cteb tan olinishi hisoblanadi. Mualliflar dinamik barqarorlik va doimiy o`sishtga erishish avtomatik ravishda bo‘lmasligi, balki davlatning shunga muvofiq siyosati natijasida, ya’ni davlatning iqtisodiyotga faol ishtirokl tufayli ro‘y berish mumkinligini ta’kidlaydilar. Domar va Xarrod modellaridagi farq - boshlang‘ich pozisiyalardagi ayrim ko‘rsatkichlardir. Masalan, Xarrod modelida investitsiya va jamg'armalar, tengligi g‘oyasi, Domarda esa pul daromadlari (talab) va ishlab cljiqárish quwatlari (taklif) teng deb qabul qilinadi. Ikkala olim shunta, ishonchlari komilki, daromad o‘sishini ta’minlashda investitíáyalar roli, ishlab chiqarish quwatlarining oshirilishi faoldir. Bunda shu narsa ko‘zda tutiladiki, o‘sish bandlikka yordam beradi, bu esa korxonalaming yarim quvvat hilan ishlashi va ishsizlikning oldini oladi.
170. Keyns ta’limotining hozirgi davrdagi ahamiyati nimadan iborat?
Shuni aniq qilib aytish kerakki, Keyns ta ’limoti inqirozlar, urushlar va urushdan keyingi davrlar uchun samarali bo‘ldi, chunki favqulodda holatlar davrida davlatning roli kuchli bo‘lishi kerak. Amalda esa, ayniqsa, II Jahon urushidan so‘ng G ‘arb mamlakatlarini sotsialistik orientatsiyasi kuchaydi (davíat mulki oshib bordi), davlat budjeti qarzlari ko‘payib, ishsizlik ham o‘sgan, inflatsiya kuchli. Bu ijtimoiy ishlami ko‘paytirishga qaratilgan tadbirlar oqibatidir deb tan olinmoqda. Ishsizlikning ish haqini pasaytirish yo'li bilan hal etish tarafdorlari ham mavjud, ammo pul massasini ko‘paytirish (inflatsiyaga olib keladi), ya’ni emissiya yo‘li ko‘pchilikka oson ko‘rinadi. Bu konsepsiya ma’lum davr mobaynida inflatsiya bo‘lmagan holda minemal ishsizlik darajasini isbotlashga imkon beradi. 70-yilIardan boshlab Keyns ta’limotiga nisbatan davlatning iqtisodiyotga aralashuvi bo‘yicha neoliberalizm g‘oyalari asosiy bo'lib qoldi, chunki bu davrda jahonning ko‘pgina mamlakatlarida inqiroz holatlari doim voqeaga aylanib qoldi. Inflatsiya, davlat budjetining kamomadi, ishsizlik tobora kuchaydi. Neoliberallar keynschilami tanqid qilar ekanlar, iqtisodiyotda davlat sektorining oshuvi, erkin raqobatning kamayishi, iqtisodiyotning muhim tarmoqlariga investitsiyalar kamayganligi ularg‘oyalarining sayozligidan dalolat beradi deb hisoblaydilar. 70-80-yillar neoliberal g‘oyalar iqtisodiyotda tobora ustunligini egallay boshladi. K o‘p davlatlarda iqtisodiyotni denatsionalizatsiya qilish kuchaydi (nodavlat shakllariga o‘tildi). Buning oqibatida Buyuk Britaniya (Tetcherizm), Fransiya, Yaponiya, Chili (Pinochet), Ispaniya va boshqa mamlakatlarda davlatning iqtisodiyotga aralashuvi minimallashtirildi va iqtisodiy ahvol yaxshilandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |