167. Davlatning iqtisodiyotga arashuvi doiralari qanday?
168. Amerika va Yevropadagi keynschilik xususiyatlari nima?
. J.M.Keyns g'oyalari uning izdoshlari tomonidan davom ettirildi va uch oqimga ajraldi, biz oqimlami keynschilik deb ataymiz. Keyns ta’Iimoti, ayniqsa, AQSHda katta shuhrat qozondi. Garvard universiteti professorlari E.Xansen (1887-1975), S.Xarris, J.M. Klarklaming asarlarida bu g‘oyalar rivojlantirildi va dastlab yangi keynschilik, keyinroq esa ortodoksal keynschilik deb ataldi. Keyns qoidalari asosan to‘liq qabul qilindi, ammo, masalan, Xansen tomonidan stagnatsiya nazariyasi bilan to‘ldirildi. Xansenning fikricha, kapitalizm qiyinchiliklari uning ichki qaramaqarshiliklaridan emas, balki «tashqi impulslar»ning susayganligi tufaylidir. Davlat xarajatlarini o‘stirish uchun soliqlami oshirish taklif etiiadi, ulaming fikricha ish haqining 25-30 foizi emas, balki 60 foizini soliq sifatida olish, shuningdek, «me’yordagi inflyasiya» ham taklif etiiadi. E.Xansen, J.M.Klark va boshqalar m ultiplikator konsepsiyasini toldirdilar. Multi plikatorlar ta’siri keyingi qator davrlarda ham bo‘ladi, ya’ni uni uzluksiz jarayon deb qaradilar. Yangi keynschilar samarali talabdan ham yuqori keskin o‘sishni tushuntirishga harakat qiladilar. Ular multi piikator prinsipini akseleraisiya prinsipi bilan to‘ldirdilar. Akselerator investisiya o'sishining daromad o‘sishiga, ya’ni investisiyadan keyingi va undan oldingi daromadlaming farqlari nisbati bilan aniqlanadi. Multiplikator va akselerator g‘oyalariga asoslanib, iqtisodiyotning uzluksiz o‘sish sxemasi ishlab chiqildi. Uning asosida davlat kapital qo'yilmalari yotadi. Davlat budjeti kapitalistik iqtisodiyotda tartibga solinadigan bosh mexanizm hisoblanadi. Soliqlar iqtisodiyot o‘sganda oshadi va inqirozlar davrida kamayadi. Davlat to'lovlari esa, aksincha inqiroz davrida oshadi va o‘sish davrida kamayadi. Shu yo‘l bilan Xansenning fikricha, samarali talab hajmi me’yorlashadi. Bunda xususiy kapital qo‘yilmaIarini tartibga solish va davlat xarajatlarini sharoitga qarab o‘zgartirish chegaralari ham belgilanadi.
Fransiyadagi keynschilik xususiyatlari. XX asming 40-yiUari Keyns g‘oyalari Fransiyada ham shuhrat qozondi. Keyns g‘oyalarini to‘laligicha (G.Ardan, P.Mendes-Frans) qabul qilganlar ham bo‘ldi. Ba’zilari (F.Perru) ssuda foizini tartibga solishni samarasiz deb hisobladilar, bundan ko‘ra iqtisodiyotni rejalashtirish taklif etildi. Bunda davlat yo‘li bilan tartibga solishni monopolistik kapitalning xususiy manfaatlariga moslashtirish kerak deyiladi. Fransuz olimlari imperativ va indikativ rejalashtirishni ajratishadi. Imperativ rejalar direktiv xarakterga ega (sotsialistik rejalashtirish). Indikativ rejalashtirishda reja markazi asosiy maqsadlami belgilaydi va turli uslublar bilan tadbirkorlami ma’lum xatti-harakatlarga yo‘naltiradi. Ular faqat davlat sektoridagi korxonalar uchun zaruriy hisoblanadi (Hindiston, Malayziya va boshqa bir qancha kapitalistik mamlakatlarda shu usul qo‘llaniladi). Uzoq muddatli prognozlar va rejalar tuzish keng qo‘llanilmoqda (bu haqda to‘laroq ma’lumot quyida beriladi). Keyinchalik yangi keynscliilik o‘miga postkeynschilik vujudga keldi. Ingliz iqtisodchilari J.Robinson, N.Kaldor, P.Sraffa, amerikalik olimlar A.Eyxner, S.Vayntraub mana shu postkeynschilar guruhiga kiradilar. Ular kapitalistik tizimning ichki turg‘unligi konsepsiyasini tanqid qiladilar, Keyns g‘oyalarini dinamik, ya’ni harakatchan nazariya deb qaraydilar. Postkeynschilar o‘z tadqiqotlariga ijtimoiy-iqtisodiy institutlar, masalan, kasaba uyushmalari rolini ham kiritadilar. Bu ta’limotda o‘sish va taqsimot muammolari markaziy o‘rinni egallaydi. Ishlab chiqarishda o‘sish sur’atlari milliy daromadning taqsimotiga bog'liq, daromad va uning o‘sishi esa jamg‘armaga, umumiy jam g‘arma esa ish haqi va foydadanjamg‘arilgan jami summaga bog‘liq. Hozirgi davr keynschiligida ikkita tendensiya hukmron hisoblanadi:
1) AQSHning bir qator iqtisodchilari nomi bilan bog‘liq amerika keynschilari; 2) fransuz tadqiqotchilari nomi bilan bog`liq Yevropa keynschilari.
Do'stlaringiz bilan baham: |