O‘pkaning sun’iy ventilatsiyasidagi bemorlarning nazorati:
–– vizual kuzatish (ahvoli, tashqi ko‘rinishi, teri va shiIliq pardalar rangi, o‘rnidagi holati);
–– monitor kuzatuvi (yurak urushi tezligi, nafas olish tezligi, AB, nafas olish hajmi);
–– nafas yo‘llarini tozalab turish;
–– og‘iz boshlig‘iga antiseptik eritmalar bilan ishlov berib turish;
–– har 3–4 soatda bemor holatini o‘zgartirib turish.
Traxeyadan ajralmalarni so‘rib olish usuli.
–– Steril kateter sterillikka rioya qilgan holda chiqarib olinadi va so‘rg‘ich shlangi bilan birlashtiriladi.
–– So‘rib olishda simob ustunining 80–120 mm ga teng bosim belgilanadi.
–– SO‘V apparatini traxeal kanyuladan ajratayotgan vaqtda so‘rg‘ich kateteri traxeal kanyulaga birlashtiriladi (birlash tirilgan vaqtda so‘rg‘ich kateterida bosim bo‘lmasligi lozim). Kateter 10 sm gacha kiritiladi.
–– So‘rg‘ich kateteriga bosim beriladi. So‘rib olish davomiyligi 10 sekundgacha.
–– So‘rib olish tugagandan so‘ng SO‘V apparatini darhol yoqi ladi.
–– So‘rg‘ich kateterining yuzasi spirtga ho‘llangan paxta bilan artiladi va kateterning ichki qismini yuvish uchun steril distillangan suv so‘rib olinadi. Yuvib tozalash har bir so‘rish muolajasidan so‘ng amalga oshiriladi.
–– So‘rib olish muolajasi tugagandan so‘ng hayot uchun muhim ko‘rsatkichlar, aritmiya bor-yo‘qligi va yuz ifodasining o‘z garishini tekshirib, bemorning ahvoli muntazam kuzatiladi.
–– So‘rib olish muolajasi sababli bemorda gipoksiya holati rivojlanishi ehtimoli borligi sababli so‘rish muolajasidan avval berilayotgan kislorod konsentratsiyasining parsial bosimini oshirish lozim.
–– Bemorga muolaja tugaganligi haqida ma’lum qilinadi.
Balg‘am ko‘chirishga yordam berish
–– SO‘V apparati yoqilgan vaqtda balg‘am ajralishiga yordam beruvchi asosiy usul – bu tana holatining o‘zgartirilishidir.
–– Tana holati o‘zgartirilganda e’tibor qaratish kerak bo‘lgan bandlar:
–– tartib bo‘yicha quyidagi tana holatlari bajariladi: chalqan cha yotish, qorinda yotish, 40–60 darajali burchak ostida yonboshlab yotish;
–– balg‘am ajralishiga yordam berish uchun bitta holatni 20
daqiqaga qoldirish kerak;
–– yotoq yaralarni oldini olish uchun bemor bitta holatda 2 soatdan ko‘p qolmasligiga e’tibor berish lozim;
–– og‘riq bor-yo‘qligini va bemorning umumiy ahvoli kuza tiladi;
–– turli xil naychalar va kateterlar bukilib qolmasligi yoki chiqib ketmasligiga e’tibor berib, tana holati o‘zgartiriladi; –– qorinda yotgan holatni o‘zgartirish uch kishi yordamida amalga oshiriladi: bittasi bemorning boshi ustida turib, xavfsizlikni ta’minlaydi, naychalar va kateterlarni nazorat
qiladi va jarayonni boshqaradi;
–– tana holatini mahkamlash va yotoq yaralarning oldini olish uchun yostiq kabi moslamalar qo‘llanadi;
–– ko‘krak qafasi perkussion massaj qilib turiladi;
–– aseptika va antiseptika qoidalariga qat’iy rioya qilinadi; –– bemorning ahvoli doimiy nazorat qilinadi.
–– ishlab turgan respiratorni parvarishlash: –– doimiy artib turish;
–– namlagichni vaqtida to‘ldirish va nam yig‘gichni vaqtida bo‘shatish;
–– shlanglardan namlikning oqishini nazorat qilish;
–– har kuni intubatsion va gofrirlangan naychalarni almash tirish.
Har ikki kunda apparat dezinfeksiyalangan apparatga almash tiriladi.
Hamshira har kuni bemorning individual varaqasini to‘ldirib boradi. Unda har soatda quyidagilar belgilanadi:
–– puls;
–– nafas olish tezligi; –– arterial qon bosim; –– tana harorati;
–– diurez;
–– bemor salomatligida bo‘layotgan o‘zgarishlar (qusish, teri rangi o‘zgarishi, hushdan ketish, gipertermiya, harakat qo‘zg‘alishi va b.);
–– o‘tkazilayotgan davo;
–– har kuni to‘ldirilgan individual varaqa kasallik tarixi vara qasiga yopishtiriladi va yangisi to‘ldiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |