Ko‘rmasdan burun orqali traxeyani intubatsiya qilish larin goskopiya qilishning iloji bo‘lmaganda (travmatik defektlarda, anomaliyalarda) qo‘llaniladi. Bunda trubkani halqumga bu running pastki yo‘li orqali yo‘naltiriladi. Trubka teshigidagi nafas shovqini u hiqildoqqa yaqinlashganda kuchayadi. Trubka
ovoz bog‘lamlari orasidan o‘tganda yo‘tal paydo bo‘ladi. Nafas to‘xtaydi, keyin tiklanadi. Trubka to‘g‘ri turganligini sun’iy nafas berib ko‘krak qafasini ekskursiyasiga va auskultativ nazorat qilinadi.
Agar urinish samarasiz bo‘lsa yoki trubka to‘siqqa uchrasa, uni biroz tortiladi va qaytadan traxeya intubatsiya qilinadi.
Barmoq orqali ko‘rmasdan intubatsiya qilish laringoskopsiz holatlarda qilinadi. Tilni tortib, ko‘rsatkich barmoq og‘iz halqumga tiqiladi, hiqildoq qopqog‘ini barmoq bilan ko‘tarib, barmoq uchi ovoz tirqishiga qo‘yiladi. Barmoq trubkani yo‘naltirish uchun bu usul ham qo‘llaniladi.
Hamshira traxeyani muvaffaqiyatli intubatsiya qilish uchun kerakli anjomlarni tayyorlashi, intubatsiya vaqtida shifokorga assistentlik qilishi, favqulodda holatlarda – shifokor yo‘qligida bu vazifani o‘zi uddalay bilishi kerak.
№
3 Mavzu: O‘tkir yurak-tomir etishmovchiligida reanimatsiya va intensiv terapiya.
Hozirgi vaqtda yurak qon tomir sistemasi kasalliklari ko‘p uchraydi. Jahon Sog‘liqni saqlash tashkilotining bergan ma’lu motlariga ko‘ra, inson o‘limiga sabab bo‘luvchi kasalliklardan birinchi o‘rinda yurak qon-tomirlar sistemasi xastaliklari turadi. Bu kasalliklarning rivojlanishi aqliy ishlar bilan shug‘ullanadigan odamlar sonining ko‘payishi va fan-texnikaning rivojlanib bori shiga bog‘liqdir. Yurak qonni harakatlantirib uni inson a’zolari va to‘qimalariga yetkazib berib turadigan a’zodir. U old koks oralig‘iga joylashib, sog‘lom odam yuragining asosi chap tomon-da 2 qovurg‘a damida, uchi 5 qovurg‘a oralig‘ida turadi, yurak hajmi 250–300 gr ni tashkil etadi. Yurak 3 qavat:
–– ichki endokard; –– o‘rta miokard;
–– tashqi perikarddan tuzilgan.
Arteriyalar – qonni yurakdan olib ketuvchi qon tomirlar.
Venalar – qonni yurakka olib keluvchi qon tomirlar.
Kapillar – arteriya va venalarni bir-biriga bog‘lab turuvchi bir qavatli eng mayda tomirlardir, ular moddalar va gazlar alma shinuvini amalga oshiradi.
Yurak qon-tomir sistemasi kasalliklarining asosiy klinik belgi-lari va tekshirish usullari.
Qon aylanish sistemasi kasalliklarining o‘ziga xos klinik bel-gilari yurak o‘ynashi, uning to‘xtab-to‘xtab urishi (aritmiya), yurak sohasida og‘riq, hansirash, nafas qisishi (bo‘g‘ilish), shish, sianoz va boshqalar.
Yurak o‘ynashi. Sog‘lom odam tinch holatda va sezilarli
fizik kuchlanishda ham yurak urishini sezmaydi, faqatgina fizik zo‘riqishda (masalan, zo‘r berib yugurgandan so‘ng) yurak urishi tezlashishi bilan uning qattiq urayotganini sezadi, tana harorati yuqori darajaga ko‘tarilganda ham yurak o‘ynashi sez-iladi.
Yurak ritmining buzilishi – aritmiya deb ataladi. Aritmiya yurakning to‘xtab-to‘xtab, xuddi xayolida muzlab, to‘xtab qolgan-day, qisqa kuchli urishi tushuniladi. Yurakning to‘xtab-to‘xtab urishi bir marotaba yoki davomli bo‘lishi mumkin. Bu holat yurak qisqarishining buzilishiga sabab bo‘ladi.
Yurak sohasidagi og‘riq yurak kasalligining muhim simp-tomidir. Og‘riq ko‘pincha to‘sh sohasida bo‘lib, ba’zan harakatni to‘xtatganda yoki nitroglitserin qabul qilganda o‘tadi.
Hansirash. Yurak muskullarining to‘satdan bo‘shashishi sa
babli hansirash kelib chiqadi (xuddi nafas qisish xurujiday), bu hol yurak astmasi xuruji deb ataladi.
Shish yurak yetishmovchiligining xarakterli belgisidir,
aniqrog‘i o‘ng qorincha yetishmovchiligi. Yurak kasalliklarida shish asosan pastdan boshlanadi, bemor yotgan paytda shish bel va dumg‘aza sohasida aniqlanadi.
Sianoz. Lablar, burun uchi, barmoqlar ko‘karadi va yurak
yetishmovchilik belgilaridan biri bo‘lib, shishdan oldin kelib chiqadi. Ko‘pincha akrosianoz kuzatiladi.
So‘rab-surishtirish. Qon aylanish sistemasi zararlanganda be-mor hansirash, vaqti-vaqti bilan bo‘g‘ilib qolish, yurak o‘ynashi va yurak ishida to‘xtalish bo‘lib turishi, yurak sohasi hamda to‘sh ortidagi og‘riqlar, yo‘tal, qon tuflash, badanida shishlar borligidan noliydi. Yurak kasalliklarida hansirash paydo bo‘lishning sababi gazlar almashinuvining buzilib chala oksidlangan mahsulotlar ning qonda to‘planib qolishidir.
Shishlar paydo bo‘lganda, birinchi galda venalar bilan kapil-larlarda o‘tkazuvchanlik kuchayib, qonda to‘qimalarga suyuqlik o‘tadi. Bemor ko‘zdan kechirilganda, hammadan avval uning vaziyati, teri qoplamlarining rangiga ahamiyat beriladi. Yurak yetishmovchiligining xarakterli belgisi shishdir. Shish ko‘pincha (ayniqsa, yurak yetishmovchiligining dastlabki davrlarida) oyoq larda, ba’zan u odam dam olganida yoki kechasi uxlab turgani-dan keyin tez yo‘qolib ketadi.
Yurak sohasi tekshirilganda, do‘ppayib chiqib turgan joyi (yurak yoki aorta anevrezmasi) borligini, yurak uchi zarbining ancha kuchayganini bilsa bo‘ladi.
Yurak fonendoskop yoki stetoskop bilan eshitib ko‘riladi. Normada ikkita yurak toni eshitiladi. I sistolik ton yurak qisqarib (sistola), chap bo‘lma qorincha klapani bilan o‘ng bo‘lma qorincha klapanlari bekiladigan va miokard tarang tortiladigan paytda yu-zaga kelsa, II diastola vaqtida paydo bo‘ladi va aorta klapani bi-lan o‘pka stvoli klapanining berkilishidan kelib chiqadi. Sog‘lom odamda sistolik arterial bosim simob ustuni hisobidan 110 mm dan to 140 mm gacha borishi mumkin.
Miokard infarkti (MI) – bu miokardning ishemik nekrozi bo‘lib, koronar qon oqimining miokardni kislorodga bo‘lgan ehti-yojini o‘tkir qondirmasligi tufayli rivojlanadi. Qon aylanishining buzilishi yurak toj tomirlarining birortasini tromb bilan berkil-ib qolishi yoki ateroskleroz tugunchalari tufayli qon tomirlari ning torayishiga olib keladi. Natijada ishemik nekroz rivojlanadi. Tromb hosil bo‘lishda qonning ivish xususiyati yuqori bo‘lishi ahamiyatga egadir. Uzoq muddat yurak-tomirlarining torayishiham ikkilamchi trombozga va nihoyat miokard infarktiga olib keladi.
Yurak mushaklarining zo‘riqishi, ruhiy qo‘zg‘alish kabilar in-farktning rivojlanishida qo‘shimcha omillar hisoblanadi. Infarkt oldi davrida uning rivojlanishiga sabab bo‘lgan ayrim omillar-ni o‘z vaqtida aniqlash bilan miokard infarktining oldini olish mumkin. Infarkt oldi holatida bir necha marta stenokardiya xu-ruji tez-tez takrorlanishi, xurujda og‘riq kechishining kuchliligi, davomiyligi, og‘riqning jismoniy zo‘riqish yoki tinch holatda paydo bo‘lishi, nitroglitserin ta’sirida og‘riqning pasayishi yoki davom etishi va shu kabi o‘zgarishlar tez-tez takrorlanib turadi.