Raqs san’ati.
Bu san’at turi Yevropada xoreografiya deb ataladi va raqsning barcha turlarini o’z ichiga oladi.
Raqs qo’l va oyoq harakatlariga asoslanadi, lekin bu harakatlar ritm, muqom va badanning plastik egiluvchanligi
vositasida shiorona xayolot parvozini ifodalaydi. Bu vositalarning hammasi musiqa yordamida (juda bo’lmaganda bir
musiqiy asbob ishtirokida) umumiy bir uyg’unlikni tashkil etadi, ana shu uyg’unlik raqsning san’at sifatidagi
mohiyatini anglatadi. Raqsning ham o’z ichki turlari ko’p, diniy-falsafiy raqslar, mehnat raqslari yoki kasbiy raqslar,
sof o’yindan iborat raqslar, insoniy kayfiyatni anglatadigan raqslar, maxsus sstenariy (libretto) asosida
sahnalashtiriladigan va uzoq vaqt davom etadigan raqslar v.h. M., hind mumtoz raqslarida diniy-falsafiy mazmunni
ifodalash birinchi o’rinda turadi, qo’llar, oyoqlar, qosh-ko’z harakatlari olamning vujudga kelishidan tortib, qadimgi
Hindiston ma’budlarining hayotigacha aks ettiradi. Bu raqslar daqiqalar emas, soatlar mobaynida ijro etiladi.
Zamonaviy balet ham mazmunni aks ettirishda hind raqslariga o’xshab ketadi, lekin bu erda asarni sahnalashtirish –
teatrlashtirish muhim o’rin egallaydi. O’zbek xalq raqslarida esa egiluvchanlik, o’yin unsuri bo’rtib ko’zga tashlanadi
va butun xatti-harakat asosan tomoshabin qalbiga quvonch hamda zavq berishga yo’naltiriladi. Unda ayol latofatining
she’riyati, nozikligi, noz-karashmasi erkaklarning mardona ulug’vorligi, qudrat ramzini anglatuvchi harakatlari aks
etadi. Kasbiy raqslarda esa muayyan mehnat turining shoirona tasviri o’z ifodasini topadi («CHo’pon raqsi»,
«Terimchi raqsi» v.h.).
Raqs san’ati, yuqorida aytganimizdek, folklorning uzviy qismi tarzidagi va sahnaviy – teatrlashtirilgan
ko’rinishlarga egaligi bilan birga, mintaqaviy-mahalliylik xususiyatiga ham ega. M., o’zbek raqsida uch yo’nalish
mavjud: Toshkent-Farg’ona, Xorazm va Buxoro yo’llari (ba’zan usullari ham deyiladi). Ular bir-biridan ifodaviy
usullarning o’ziga xosligi bilan farqlanadi, ayni paytda har bir raqqosa yoki raqqosning o’z uslubi bor. M., Mukarrama
Turg’unboeva bilan Galiya Izmaylovaning raqslari bu san’atning buyuk namunalari bo’lgani holda, uslubiy jihatdan
bir-biridan farq qiladi.
So’nggi paytlarda raqs san’ati bizda keng yoyildi va unda havaskorlik unsurlari shu qadar ko’payib ketdiki,
natijada istagan qo’shiqchi o’zi raqqosalik, raqqoslik qila boshladi, raqsning san’at turi sifatidagi qonun-qoidalari tan
olinmay qo’yildi. Goho bir qo’shiqchi 6-8 nafar raqqosani, ba’zan esa ayollar ayollarni «o’ynatadi». Bunday hol
professional san’at havaskorlik darajasiga tushirishga, uning tanazzulga uchrashiga xizmat qilmoqda. O’zbek milliy
raqsi an’analari, haqiqiy san’at «erkin», «ommaviy raqs bo’tqasi» ichida asl yuzini yo’qotib bormoqda. Shu sababli,
ming afsuski, hozirgi paytda kechagina sahnada bo’lgan qizlarxon Do’stmuhamedova, Malika Ahmedova, Rushana
Odamboeva kabi san’atkorlarning o’rnini bosish u yoqda tursin, ularning yoniga yaqin keladigan raqqosalar yo’q.
Teatr.
Insoniyat ma’naviy hayotida Teatr san’ati juda qadamdan o’z o’rnini yo’qotmay keladi. Bundan bir
necha ming yillar avval qadimgi Hindiston, qadimgi Xitoy va qadimgi Yunonistonda dastlab teatr bir kishilik
sahnadan iborat bo’lgan, keyinchalik ikki kishilik sahnadan, undan keyingina jamoviy san’at
turiga aylangan. YA’ni
spektakl jamoaviy ijod mahsuli – rejissyor, dramaturg, aktyor va rassomning ijodiy izlanishlari natijasi o’laroq yuzaga
keladi. Ayni paytda unda bir necha san’at turi omuxta tarzda namoyon bo’ladi: me’morlik, rassomlik (dekorastiya),
musiqa va notiqlik san’atining hamkorligi spektaklning sahnaviy asosini, dinamik tarzda rivojlanib boradigan
dramatizm esa uning badiiy – estetik mohiyatini belgilab beradi.
Har bir spektaklning muvaffaqiyatli chiqishi rejissyor va aktyorlik iste’dodi, mahorati bilan bog’liq. Rejissyor
ham, aktyor ham ijodkor. Rejissyor butun spektaklning ibtidodan intihosigacha yaxlit asar tarzida tasavvur qiladi va
o’z g’oyaviy niyatini aktyorlar ovozi, harakati hamda sahnaviy ko’rinishlardagi moddiy ashyolar orqali ro’yotga
chiqaradi. U drama yoki dramalashtirilgan epik asar (roman, qissa) asosida undan ma’lum ma’noda farqlanadigan
o’zining badiiy-estetik talqinidagi Yangi asarni taqdim etadi, ya’ni drama yozuvchining, spektakl esa asosan
rejissyorning asari. Rejissyorning mahorati, aktyor va rassom ko’magida sahnani o’ziga xos olamga aylantiradi: unda
biz o’z zamonamizni ham, kechmish zamonlarni ham ko’ramiz, ularning eng muhim, xarakterli jihatlarini ilg’ab
olamiz.
Rejissyor o’ylagan g’oyani aktyorlar amalga oshiradi. Aktyor – sahnaning joni, uning har bir holati, yuz ifodasi,
ovozidagi ohang, monolog va dialog paytlaridagi qo’l harakatlari badiiy qiyofani yaratadi. Zero spektaklning o’zi
boshdan-oyoq dinamik harakat mahsulidir. Shu bois ham aktyor mahorati, iste’dodi sahna asari darajasini
belgilaydigan asosiy omillardan. M., Otello rolini buyuk aktyor Abror Hidoyatov bilan ijro etgan spektakl orasida T.
Azizov garchand u ham iste’dodli aktyor bo’lsa-da juda katta, qiyoslab bo’lmaydigan darajada farq bor.
Teatr san’atining yana bir o’ziga xos jihati shundaki, unda sahna asari tomoshabin oldida yaratiladi, o’sha
rejissyor, sahnaga qo’ygan o’sha aktyorlar o’ynagan bugungi spektakl kechagidan farq qiladi. Bu sahna san’atining
doimiy ijodiyligini ko’rsatadi, bugungi ijroga aktyor nimanidir qo’shadi yoki undan olib tashlaydi. Bu uning ruhi,
ijodiy kayfiyati, ikki yoki uch kunlik o’sishi bilan bog’liq.
Teatrning turlari ko’p: yoshga qarab bo’linadigan yoshlar teatri, bolalar teatri, jonli aktyor ishtirok etmaydigan
qo’g’irchoq teatri bor. SHuningdek, musiqadan juda keng foydalanadigan, butun boshli piesa yoki librettoga bastakor
alohida, davomli, kuy bastalaydigan balet musiqali drama, operetta, opera singari estetik mohiyatiga qarab
ajratiladigan teatr turlari ham mavjud. Lekin qaysi turdagi teatr san’ati bo’lmasin, u millat va shaxs estetik didini
yuksaltirishda katta ahamiyatga ega.
O’zbek milliy teatri qadim zamonlarda avval qo’g’irchoq («chodir xayol») tarzida mavjud edi. Faqat
keyinchalik, XX asr boshlarida milliy drama paydo bo’lgach (M.Behbudiy, «Padarkush»), zamonaviy teatr vujudga
keldi, deb aytishimiz mumkin. Teatr jadidchilik harakati bilan uzviy bog’liq bo’lib, favqulodda juda tez va keng
yoyildi. O’zbekiston hududida XX asr 10-yillarining o’zida Samarqandda, Toshkentda va Qo’qonda teatr truppalari
paydo bo’ldi, o’zbek xalqi ma’naviyati xazinasi yana bir go’zal san’at bilan boyidi. Behbudiy, Avloniy, Hamza kabi
buyuk ziyolilar bunda katta xizmat qildilar. Keyinchalik Mannon Uyg’ur, Etim Bobojondek ulkan rejissyorlar, Abror
Hidoyatov, Obid Jalilov, SHukur Burxon, Olim Xo’jaev, Sora Eshonto’raeva, Nabi Rahimov, Hamza Umarov, Rahim
Pirmuhamedov kabi buyuk dramatik aktyorlar etishib chiqdi. Karim Zokirov, Halima Nosirova, Bernora Qorieva,
Soadat Qobulova, Muyassar Razzoqova, Guli Hamraeva singari opera va baletning mumtoz ustalari jahonga tanildilar.
Hozirgi o’zbek teatri ma’naviy-axloqiy maskan, haqiqiy ibratxona sifatida diqqatga sazovordir. «Chunki sahna
san’atining odamlarga nafaqat zavq-shavq baxsh etishi. ayni paytda milliy g’urur, milliy iftixor manbai, qudratli
tarbiya vositasi ham bo’la olishi – bu isbot talab qilmaydigan haqiqatdir»
5
.
Do'stlaringiz bilan baham: |