voqeanavislikni ham uchratmaymiz: hamma narsani ishtirok etuvchilarning xatti-harakatlari va nutqlari hal qiladi.
SHuningdek, unda eposdagi «og’ir karvonlikni», lirikadagi «oniy kayfiyatni» ham ko’rmaymiz: qahramonlar taqdiri
dinamik tarzda rivojlanib boradigan fojeaviy azob-uqubatlar, og’ir ko’rgiliklar yoki tanqidiy kulgi vositasidagi echim
bilan nihoya topadi. Kino san’ati vujudga kelganidan keyin kinokomediya, kinodramaturgiya kabi atamalar ham
estetikaga kerib keldi.
San’at o’ziga xos yaxlitlikka ega ekanini ko’rib o’tgan edik. SHu jihatdan olganda, uning bu uch xilini juda
qat’iy chegaralab, ajratib tashlash mumkin emas: ular muayyan yaxlitlikning uch qismi sifatida harakat qiladi, bir-biri
bilan dialektik aloqada voqe bo’ladi. Eposda lirika va drama unsurlarini, lirikada epik va dramatik holatlarni, dramada
– lirizmni ko’p uchrtamiz. Chunonchi, «liro-epik doston», «lirik drama», «dramatik doston», «she’riy darama», singari
janriy ko’rinishlar, epik asarlardagi lirik chekinishlar – ularaning o’zaro aloqadorlignini ta’kidlab turadi.
Shunday qilib, san’atni xillash borasida qisqacha fikrlashib oldik. Endi eng og’ir muammo - san’at turlarini
tasniflashtirishga o’tamiz. Bu haqda o’nlab ilmiy taklif-mulohazalar mavjud. Ba’zi olimlar - voqelikning in’ikos
ettirilishi, boshqalar - asarning idrok qilinishi, yana birovlar - badiiy mazmunning o’ziga xos «til»da ifodalanishi
nuqtayi nazaridan tasniflashtirshga yondashganalar. M., so’z san’ati, tovush san’ati, plastik san’at yoki tomoshaviy
san’at, tasviriy san’at, ifodaviy san’at v.h. Eng so’nggi Yangilik sifatida ularning bor-yo’g’i ikki turkumga bo’linishini
keltirish mumkin.: tasviriy san’at va notasviriy san’at. Afsuski, bularning birortasini ham turkumlashtirishdagi to’g’ri
yo’l deb atash qiyin. M., badiiy adabiyot – so’z san’ati. Lekin mohiyatan u so’z orqali tasvirlash san’ati. Xuddi
shuningdek, musiqa – ohang orqali, haykaltaroshlik – substrat orqali, raqs – harakat orqali tasvirlash san’ati emasmi?!
YOki boshqa bir misol. Teatr, kino – tomosha san’ati. Lekin tasviriy san’at turkumiga kiradigan rassomlikni,
haykaltaroshlikni tomosha qilmaymizmi?! YOki bemalol hamma san’at turlarini ifodaviy degan bir turkumga kiritish
mumkin emasmi?! Axir, hammasi muayyan mazmunni «o’z tili» - rang, ohang, so’z, substrat v.h. bilan
ifodalamaydimi?! Xullas, bunday tasniflashtirishda manaman degan estetik-faylasufning ham, motorni echib, bir
chekkadan ochib, so’ng yiqqan paytida ancha muncha gayka, bolt, vint kabi murvatlari ortib qolib, ularni qayoqqa
joylashtirishni bilmay boshi qotgan haydovchining ahvoliga tushishi hech gap emas. Bizning nazarimizda, bu borada
mantiqiy yondashuv tamoyili yaxshi ish bermaydi. Chunki san’atda shartlilik ustuvor rol o’ynaydi, uning alohida o’z
mantiqi – badiiy mantiq bor, shu bois doim ham unga doir mulohazalar, oddiy mantiq ilmi qoidalariga amal
qilavermaydi.
Mazkur muohazalarni hisobga olgan holda, biz, san’atning mavjudlik shartidan, ya’ni uning ma’naviy borliq
sifatida namoyon bo’lish holatidan kelib chiqib, ko’pchilik tomonidan qabul qilingan makon (me’morlik,
haykaltaroshlik v.h.), zamon (badiiy adabiyot, musiqa v.h.) va makon-zamon (teatr, stirk v.h.) bo’yicha
tasniflashtirishni ma’qul deb hisoblaymiz. Biroq san’at tarixiy hodisa ekanini, u qadimdan tadrijiy rivojlanib
kelganini, taraqqiyoti mobaynida o’zgarishlarga uchraganini va ma’lum bir tarixiy davrda muayyan san’at turi faol,
etakchi bo’lganini nazarda tutib, ayni paytda yuqoridagi birgina turkumlashtirish hamma tomonni qamrab
olomasligini hisobga olib, masalaga tarixiylik tamoyili asosida yondashuvni ham maqsadga muvofiq deb o’ylaymiz.
Shundan kelib chiqqan holda, biz taklif etayotgan tasnif san’at turlarini uch turkumga bo’lib o’rganishin taqozo qiladi.
Bular: 1) arxaik - endilikda tarixga aylangan, hozirga paytda real hayotda amalda bo’lmagan; 2) an’anaviy - qadimdan
hozirgi kungacha o’z o’rnini va ahamiyatini yo’qotmay kelayotgan; 3) zamonaviy – ilmiy-texnik taraqqiyot natijasida
vujudga kelgan «texnikaviy», Yangi san’at turlari.
Ushbu tasnifga ko’ra, arxaik san’at turlari – badihago’ylik va xattotlikni; an’anaviy san’at turlari – badiiy
adabiyot, baxshilik, me’morlik, ko’rgazmali amaliy san’at, haykaltaroshlik, rangtasvir, grafika, musiqa, teatr, raqs,
qo’shiqchilik, estrada, stirk va askiyani; zamonaviy san’at turlari – fotosan’at (badiiy suratkashlik), kino, televidenieni
o’z ichiga oladi.
Mazkur ikki yo’nalishdagi turkumlashtirish ma’lum ma’noda san’at turlarini tasniflashtirishni estetik
boshqotirmaga aylanib ketishdan saqlashga xizmat qiladi, deb o’ylaymiz.
Do'stlaringiz bilan baham: