Baxshilik san’ati.
Odatda baxshilikni estetikada sa’nat turiga kiritish qabul qilinmagan va xalq og’zaki adabiy
ijodi sifatida badiiy adabiyotning xili deb hisoblab kelinadi. Aslida “bunday kamsitish”ning sababi o’zbek estetikasida
shu paytgacha Yevropaga, to’g’rirog’i, ruslarga taqlidning nihoyatda kuchli bo’lganida. SHunday qilib, biz uni
to’laqonli san’at turi deb bilamiz va buni isbotlashga harakat qilamiz.
Baxshilik san’ati asosan Sharq xalqlarida mavjud, kelib chiqishi qadimgi Hindiston bilan bog’liq,
sanskritchadagi “bhikshu” (qalandar, darvesh) so’ziga borib taqaladi. Keyinchalik,”baxshi”, “baxsha”, “baxshi”, va
boshqa shakllarda Sharq xalqlarining ko’pchiligida ustoz, ma’rifatchi degan ma’nolarda qo’llanilgan. G’arbda uni
faqat qadimgi yunonlar madaniyatida ko’rishimiz mumkin. Qadimgi Hindiston ta’sirida bo’lsa kerak, baxshilar ularda
dastlab,”aedlar”(qo’shiqchilar), keyinroq “rapsodlar”(qo’shiq to’quvchilar) deb atalgan, ular “Iliada”, “Odessiya”
kabi yirik epik dostonlarni torli soz jo’rligida kuylaganlar.
Bizda baxshilik san’ati qadimdan mashhur bo’lib kelgan. Ilmiy farazlarga ko’ra (V.Jarmunskiy, H.Zarif v.b.),
“Alpomish” dostonining idlizlari Homer eposlari bilan tutashib ketgani qayd etiladi. “Alpomish” ham, boshqa alohida
dostonlar ham, dostonlar turkumlari ham mintaqamizda, do’mbira, qo’biz va dutor jo’rligida kuylanadi. Baxshi, xalq
dostonlarini yodda saqlovchi, meyoriga etkazib kuylovchi, ularning o’ziga xos variantlarini, versiyalarini yaratuvchi
san’atkor. U, bir tomondan, shoirlik iste’dodiga ega bo’lishi kerak, ikkinchi tomondan, mahorat bilan kuylay bilishi,
“Xudo bergan ovozga” ega bo’lishi lozim.
Baxshilik san’ati ibtidodan bizda sof og’zaki ijod bo’lib kelgan, XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab,
baxshilar madrasalarda tahsil ko’rib, ba’zi asarlarini yozma holda ham qoldirganlar. Lekin, asosan folklorshunoslar
tomonidan dostonlar va termalar yozib olingan, hozir ham bu an’ana ma’lum ma’noda davom etmoqda. Shuningdek,
bu san’atning yana o’ziga xos tomoni shundaki, unda ustoz – shogirdlik an’anasi qat’iy tarzda o’rnatilgan, doimo
shunga amal qilib kelinadi. Natijada biz baxshilik san’atining bir necha o’ziga xos maktablariga egamiz. M.Qo’rg’on
dostonchilik maktabi, Bulung’ur dostonchilik maktabi, Xorazm maktabi shular jumlasidan. O’zbek baxshilik san’atida
ikki yo’l bilan dostonlar kuylanadi. Biri – Surxandaryo, Qashqadaryo, Samarqand yo’li, unda doston yo terma
do’mbira jo’rligida, ichki g’arg’ara ovoz bilan, ikkinchisi – Xorazm yo’li, unda oddiy, ochiq ovoz orqali ijro etiladi.
Baxshilik san’atining Ergash Jumanbulbul, o’g’li, Fozil Yo’ldosh o’g’li, Po’lkan shoir kabi ulug’ namoyandalari xalq
dostonchiligi namunalarini yaratganlar. Ular an’anaviy syujet asosida o’ziga xos go’zal asarlar ijod etdilar.
Xalq dostonlaridagi tasvirlar, majoziylik ko’p hollarda mubolag’aga va alliterastiyaga asoslanadi, natijada
badiiy qiyofa afsonaviylashtirilgan, mo’’jizaviylashtirilgan tarzda gavdalan-tiriladi. Masalan, “Go’ro’g’li” turkumi
dostonlaridagi bahodirlardan biri – Hasan Ko’lbar bir to’yning oshini eb to’ymaydi, murtining ichiga kalamushlar in
qurib tashlagan v.h. YOki Amin baxshining o’zbek bahodirlariga chaqiriqday yangraydigan mana bu mubolag’a
satrlarini olaylik:
Ariq tubinda indiz,
Daryo tubinda Qunduz,
Tog’larni osmonga oting,
Tutday to’kilsin yulduz
.
Dostonlarda ot ham asosiy qahramonlardan biri. “Alpomish”da Boychibor, “Go’ro’g’li” turkumi dostonlarida
G’irot xuddi odamlarday tasvirlanadi. Ayni paytda ularning uchqurligi favqulodda va rang-barang o’xshatishlar
vositasida ta’riflanadi. Masalan, G’irot “qulog’ini qalam, dumini alam qilib” elib boradi. Ya’ni G’irot –muqaddas ot,
uning qulog’i insoniyat uchun muqaddas bo’lgan, uchi uchlangan adl qamish qalamga, dumi qadimiy popukli
muqaddas bayroqqa o’xshatiladi. Dostonlarda turli badiiy vositalarning qo’llanishi, baxshining ovozi va do’mbiraning
ohanglari uyg’unlashib ketadi. Natijada uchqur otning yo’l bosishini tinglovchi nihoyatda yaqqol tarzda idrok etadi.
Ergash Jumanbulbul kuylagan “Ravshan” dostonidagi mana bu parchaga e’tibor qiling:
Qulon yurmas erlardan
Quvib o’tib boradi.
Bulon yurmas erlardan
Buvib o’tib boradi.
Qarsoq yurmas erlardan
Qalqib o’tib boradi.
Bo’ri yurmas erlardan
Bulbul tarоnalari. 5-tоmlik, 5-tоm. T., G’.G’ulоm nоmidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 1973, 110-b.
Bo’zlab ketib boradi...
2
Bu tasvirdagi alliterastiyalar (ohangdosh tovushlar) soz va ovoz vositasida ot bilan yaxlitlashib ketgan
chavondoz qiyofasi haqida tasavvur beradi.
Baxshilik san’atida nasr, nazm shakllari, barmoq vaznining turli ko’rinishlari o’z aksini topadi. Ular
go’zallik, ulg’vorlik, mo’’jizaviylik, kulgililik kabi estetik xususiyatlarning yanada bo’rtib ko’zga tashlanishini
ta’minlaydi. Ayni paytda bu san’at turi maqol, matal va hikmatlarga boyligi bilan katta tarbiyaviy ahamiyatga ega.
Fozil Yo’ldosh o’g’lidan yozib olingan “Alpomish” dostonidagi Boysari tilidan aytilgan mana bu satrlarni haqiqiy
hikmat namunasi desak Yanglishmaymiz: Davlat ko’nsa bir chibining boshiga,
Semurg’ qushlar salom berar qoshiga
3
Baxshilik so’z va ijro san’atining uyg’unligi sifatida hozir ham o’z ahamiyatini yo’qotgani yo’q. XIX-XX
asrlarda ustoz borliqlarining an’analarini davom ettirgan va davom ettirayotgan ulkan san’atkorlar etishib chiqdi.
Xorazmlik Bola baxshi, qashqadaryolik Qodir baxshi, surxandaryolik SHoberdi baxshilar shular jumlasidan.
Do'stlaringiz bilan baham: |