Komil o‘lkim, nuqson isbot aylagay.
Yoki himmatbalandlikka nisbatan shunday yozadi:
Birovkim, ancha himmat o‘ldi baland,
Erur olam ahli aro arjumand.
Ani, ancha mufliski yo‘q himmati,
CHu yo‘q himmati, yo‘q aning hurmati.
SHu tariqa yuqoridagi fazilatlarini shakllantirishni o‘z
ichiga oluvchi yangi
pedagogik yo‘nalish dunyoga keldi.
Milliy tarbiya mezonlarini belgilashda mustaqil O‘zbekistonning ijtimoiy
buyurtmasi bo‘lmish ijobiy sifatlar mafkuraviy ongini rivojlantirish zarur. Milliy
tarbiya mezonlarini belgilashda yosh avlodni aqliy imkoniyatlari e’tiborga olinadi.
Yuqorida qayd qilinganidek mustaqillik va milliy tarbiya bu milliy armiya va
uning boshqalarga buysunmasligidir. Shu boisda shuni qayd qilishimiz kerakki, har
bir davlatning o‘z milliy chegarasi bo‘lishi shart. Davlat chegarasini milliy armiya
va milliy xavfsizlik boshqarmasi himoya qiladi. Milliy armiyasiga ega bo‘lmagan
davlatni mustahkam davlat deb bo‘lmaydi.
Ota-bobolarimizdan meros qolgan an’analarimizda biri-o‘zi tug‘ilib o‘sgan
Vataniga,
xonadoniga, el-ulusiga cheksiz izzat-ehtirom tuyg‘usidir. Be asos
aytmaganki,
«O‘zga yurtning sultoni bo‘lgandan, o‘z yurtingning gadosi bo‘l».
Milliy tarbiya mezonlarini belgilashdi mustaqil O‘zbekistonning ijtimoiy
buyurtmasi bo‘lmish ijobiy sifatlar;
milliy iftixor, vatanparvarlik, millatlararo
muloqot madaniyati,
milliy odob, vijdoniylik, iymon-e’tiqod, milliy istiqlol
mafkuraviy ongini rivojlantirishi zarur. Ularning aksi bo‘lgan salbiy sifatlar; milliy
befarqlik, vatanfurushlik, xoinlik, minqurtlik,
millatchilik, mahalliychilik,
vijdonsizlik, mafkurasizlik kabilarga nafrat o‘yg‘otish lozim.
Bo‘lajak ofitserlarda milliy tarbiyani shakllantirish ko‘p qirrali va murakkab
jarayondir. Harbiylarni ma’naviy shakllanishi bir-biri bilan uzviy bog‘liq va biri
ikkinchisini taqozo etadigan ta’lim-tarbiya ishlarini muntazam va izchil ravishda
bajarishni talab etadi.
Tarbiyaviy ishda mukammal tizimning mavjudligi
bir xil ishni ortiqcha
takrorlayvermaslikka, harbiylarga nisbatan biri ikkinchisiga to‘g‘ri kelmaydigan
qarama-qarshi ta’sirlarning oldini olishga, bo‘lajak ofitserlarga bir xil talablar
qo‘yish va yakdillik bilan ta’sir o‘tkazishga imkon beradi.
Harbiy bilim yurtlarida
millviy-tarbiya ishlari, tadbirlar ko‘plab o‘tkaziladi.
SHunga qaramay, askarlar orasida axloq-odobga to‘g‘ri kelmaydigan xati-
harakatlar, axloqsizlik hollar uchrab turadi, ya’ni harbiy yurtlarida amalga
oshirilayotgan tarbiyaviy ishlar hamma joylarda ham kutilganicha natija berayapti
deb bo‘lmaydi.
Ayrim o‘quv yurtlarida tarbiyaviy ishlar harbiy qo‘mondon
miqyosida,
bo‘linma va guruhlarda biri ikkinchisi bilan bog‘lanmagan har xil tadbirlarni rejasiz
o‘tkazilmoqda.
O‘quv yurtlarida ta’lim-tarbiya ishida so‘ngi yillargacha og‘zaki bayon qilish
usuli ko‘proq bo‘lib, harbiylarni amaliy faoliyatga, ijtimoiy-foydali mehnatga jalb
etish usullariga juda kam e’tibor berilmoqda. Ma’naviyatga doir suhbatlar, ma’ruza
va munozaralar yetarli darajada emas. Bu usullar harbiylarda milliy tarbiyaning
ma’naviy fazilatlarini shakllantirishiga salbiy ta’sir etadi.
Milliy tarbiyani shakllantirishida pedagogika fannini o‘qitish darajasi asosiy
rolni o‘ynaydi. Ammo harbiy qo‘mondonlarni o‘quv rejalarida pedagogika
fanlarining o‘qitishiga ajratilgan soatlar yetarli darajada emas. Hamma guruhlarda
har xil ta’lim tizimi tavsiyalanganligi tufayli milliy g‘oya, milliy ong, milliy mafkura
va odob-axloq darajasi bir-biridan farq qilinadi. Bularning
barchasi tarbiyaviy
ishlarning samarasi va ta’sirchanligini susaytiradi. Natijada harbiy o‘quv yurtlarning
professor-o‘qituvchilari va jamoat tashkilotlari sarflanayotgan kuch va g‘ayrat
harbiylarning ma’naviy tarbiyasi sohasida kutilgan natijalarni bermayapti.
Harbiy bilim yurtlarida amalga oshiriladigan milliy-ma’naviy tarbiya
tizimining xarakterli xususiyati shundan iboratki, bu yerda axloqiy tarbiya
jarayonining vazifalari pedagogik faoliyatning o‘ziga
xos xususiyatlaridan,
umuminsoniy va milliy axloq talablaridan kelib chiqadigan o‘qituvchilarni odobiga
asoslanadi. Ma’lumki, pedagogik faoliyat hamma vaqt bir qolipda ish tutishni
yoqtirmaydi.
Ijtimoiy-gumanitar, pedagogik va ixtisos fanlarni o‘rganish jarayonida
harbiylarda dunyoqarash shakllanadi. U bo‘lajak ofitserlarda milliy ongni, axloqiy
sifatlarini shakllantirish uchun zamin yaratadi. Milliy tarbiya axloqiy e’tiqodlarning
asosidir.
Harbiylarning tarbiyasiga tevarak-atorofdagi mehnat ham jiddiy ta’sir etadi. Bu
ishda keng jamoatchilik ham katta rol o‘ynaydi. Matbuot, radio, televidenie, badiiy
adabiyot, kino, teatr, ommaviy sport ishlari va boshqalar harbiylarga tarbiyaviy ta’sir
o‘tkazadi.
Do'stlaringiz bilan baham: