17-mavzu. Tarbiyaning mazmuni va vazifasi. Reja


-o‘quv savoli. Harbiy xizmatchilarning ekologik tarbiyasi



Download 0,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/40
Sana05.05.2023
Hajmi0,57 Mb.
#935497
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   40
Bog'liq
17-MAVZU

6-o‘quv savoli. Harbiy xizmatchilarning ekologik tarbiyasi. 
 
«Ekologiya»-yunoncha so‘z bo‘lib, tirik mavjudotlarning yashash sharoiti va 
tevarak-atrofdagi muhit bilan o‘zaro munosabatlari hamda shu asosda yuzaga 
keladigan qonuniyatlarni o‘rganadigan fan. «Ekologiya» atamasi 1866 yilda nemis 
zoolog olimi E. Gekkel tomonidan fanga kiritilgan. 
Inson bilan tabiat o‘rtasidagi munosabatlar muammolarini yechish zaruriyati 
tug‘ildi. Shu borada ekologik vaz’iyatni sog‘lomlashtirish asosiy ishlardan biri 
bo‘lib qoldi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 18-moddasida yer va yer osti 
boyliklarni, suv manbalarini, o‘simlik va hayvonot dunyosini qo‘riqlash, bu 
boyliklardan ilmiy asosda, oqilona foydalanish havo va suvni toza saqlash, tabiat 
boyliklarini uzluksiz ko‘paytirib ta’minlash, insonning atrof-muhitni yaxshilash 
uchun tadbirlar ko‘rish zarurligi ta’kidlangan. 
O‘zbekiston Respublikasining 1992 yil 9 dekabrda qabul qilgan «Tabiatni 
muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonun», «Sog‘lom avlod uchun» ordenning ta’sis 
etilishi, shu nomda Davlat dasturi «Ekologik ta’lim-tarbiya kontsepsiyasi»ning 
ishlab chiqilishi «Ekosan» jamg‘armasining tuzilishi mamlakatda ekologik 
muammolarni bartaraf etishga kirishilganligidan dalolat beradi. 
Ekologik muammolarning ilmiy, iqtisodi, texnik, gigienik, yuridik, estetik, 
pedagogik kabi yo‘nalishlari mavjud. Bu yo‘nalishlar ichida pedagogik yo‘nalish 


muhim ahamiyat kasb etadi, chunki ekologik muammolar inson faoliyati natijasida 
kelib chiqadi. 
Pedagogik yo‘nalishda ekologik ta’lim-tarbiya berish ko‘zda tutiladi. Ekologik 
ta’lim deganda, harbiylarga berilishi lozim bo‘lgan tabiat bilan inson orasidagi 
munosabatlarni ifodalovchi bilimlar tizimi tushuniladi. 
Ekologik tarbiyasi esa insonning atrof-muhitga nisbatan munosabatini 
tarbiyalashdir. Ekologik ta’lim-tarbiyadan bosh maqsad ham yosh avlodda atrof-
muhit va uning muammolariga ongli munosabatni shakllantirishdan iborat. 
Ekologik savodxonlik va madaniyat, avvalo oiladan boshlanadi. Ekologik 
dunyoqarashlarning shakllantirishning negizi oiladagi tarbiyaga bevosita bog‘liqdir. 
Agar bu masala oilada to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilmagan bo‘lsa, uni maktablarda, keyingi 
oliy ta’lim bosqichlarida hamda mehnat jarayonlarida qaror toptirish qiyin bo‘ladi. 
Ekologik tarbiya berishni tayyorlashning mazmuni quyidagilarni o‘z chiga 
oladi: 

Atrof muhit va uning shaxs ma’naviy dunyosiga ta’siri; 

Tabiat va uning ahamiyatini saqlash; 

Atrof-muhit muhofazasi, bunda harbiylarning vazifalari; 

Tabiatga ongli munosabat jarayonida harbiylarning dunyoqarashini 
kengaytirishi; 

Harbiylarning ekologik tarbiyalashda milliy an’ana va udumlarni qayta 
tiklash, ularga e’tiborni kuchaytirish. 
Agar maktabda o‘quvchilarga tabiatni muhofaza qilishga doir bilim tarbiyani 
geografiya va boshqa darslarida har bir mavzuga bog‘lab berish kerak bo‘lsa, oliy 
uquv yurtlar va harbiy qismlarda maxsus tarbiya soatlar tashkil qilinadi. 
Masalan, Respublikada 1200ga yaqin sanoat korxonasi borligi, ular havoga bir 
yarim ming tonnaga yaqin zaharli moddalarni chiqarayotganlari bunday holat 10-20 
yildan keyin shu maromda ketaversa, nimalarga olib kelishi mumkinligi kabi 
misollar vositasida ekologik falokat oqibatlari yoshlarga tushuntiriladi. 
Ekologik yo‘nalishdagi ta’limda yoshlar tabiatga zarar yetkazmaslikka, tabiat 
guzalliklaridan zavqlanishga, atrof-muhitni sevishga o‘rgatila boriladi. 
Mashg‘ulotlarida o‘tiladigan «Tabiatni e’zozlaylik», «Tabiat va inson», 
«Ekologiya va inson», «Orol madad so‘raydi», «qushlar bizning do‘stimiz» kabi 
mavzular yoshlarda tabiatga qiziqishni yanada oshiradi. Bag‘ritosh, shavqatsiz, 
tabiatga mensimaslik kayfiyati bilan qaraydigan ayrim yoshlarni hushyorlikka 
chorlaydi. 
Milliy tarbiyamizda to‘rt narsa-er, suv, tuproq va havo muqaddas hisoblangan. 
Xalqimiz juda qadim zamonlarda suvga e’tiqod quyib yozning eng jazirama 
kunlarida «Suv sayli» o‘tkazgan. Ota-bobolarimiz «Suv-tabiat in’omi, hayot 
manbai» deb bejiz aytishmagan. Har tomchi suvni gavhardek qadrlab, bog‘-rog‘lar 
yaratishgan. 
Ajdodlarimiz yoshlar tarbiyasi masalasiga alohida e’tibor bilan qaraganlar va 
bu borada ibratli an’analarni vujudga keltirilganlar. Bolalaik go‘daklik 
chog‘laridanoq axloqiy va mehnat tarbiyasini oilada boshlaganlar. Ularga mehnatga 
muhabbat, atrof-muhitga hurmat, obodonlashtirish va ko‘klamazorlashtirish hissi 


sabot bilan singdirilgan. Masalan, atrofni ifloslantirmaslik uchun axlatlarni alohida 
chuqurlarga tashlash, hojatxonalarni ariq, soy, buloq suvlaridan uzoqroq joyga 
kovlash, yong‘in chiqmasligi chorasini ko‘rish, turli ehtiyojlar uchun yashab turgan 
daraxtdan emas, balki qurib qolganlaridan foydalanish, nihollarni singdirib, payxon 
qilmaslik, qushlarni uyasini buzmaslik kabi xatti-harakatlar shakllantirilgan. 
Oila davrasida farzandlarga 

Download 0,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish