16-Mavzu. Mehnat munosabatlari


Aholining keksayish shkalasi



Download 307,18 Kb.
bet11/13
Sana28.06.2022
Hajmi307,18 Kb.
#712719
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
16-Mavzu. Mehnat munosabatlari

Aholining keksayish shkalasi
17.5-jadval

Bosqich

Aholi tarkibida 65 yosh va undan vuqori yoshdagilar ulushi, % hisobida

Aholining qarish darajasi

I

4,0 dankam

Demografik yosh

II

4,0-7,0

Demografik qarishbo‘sag‘asida

III

7,0 dan vuqori

Demografik qarish




Demografik qarish holati hozir, asosan, iqtisodiy rivojlangan mamlakatlar, jumladan, Germaniya (24,0 %), Fransiya (23,7 %), Buyuk Britaniya (20,3 %) kabi davlatlar uchun xos.


Bugungi kunda dunyoda har sekundda ikki kishi o‘zining oltmish yoshga toʻlganini nishonlamoqda. Dunyoda sogiiqni saqlash sifati yaxshilangani, tibbiyoʻlning jadal taraq- qiy etayotgani, sanitar nazoratning takomillashayotgani, taiimdan foydalanish- ning kengayayotgani, iqtisodiy farovonlik tufayli keksalar ulushi borgan sari ko‘paymoqda. Uzoq umr ko‘rish - insoniyat taraqqiyoʻlining eng katta muvaffaqi- yatlaridan biridir.
Shu bilan birga, juda ko‘p mamlakatlarda pensiya tizimini yaratishda yuzaga kelayotgan muammolami inkor qilib bo‘lmaydi. Buning ustiga mehnatga yaroqli aholining qisqarishi soliq tushumlarining kamayishiga olib kelmoqda, natijada, ortib borayotgan pensiya oluvchilarning moddiy-ijtimoiy sharoitlarini barqaror saqlab turish qiyinlashmoqda.
2050-yilga borib AQSh, G‘arbiy Yevropa va Yaponiyada pensiya oluvchilar miqdori yoshlar ulushiga qaraganda ikki barobar ko‘p bo‘ladi. Bugun keksalar soni bo‘yicha Yaponiya jahonda birinchi o‘ringa chiqib oldi. Bu yerda 65 yoshdan oshganlar jami aholining 25 foizini tashkil qiladi. Tug‘ilishning kamayib borishi sababli Janubiy Koreya, AQSh kabi rivojlangan mamlakatlarning yalpi ichki mahsulotining 10 foizi qari-keksalar tibbiy sug‘urtasini ta’minlash dasturlariga yo‘naltirilmoqda. Yevropaningyetakchi davlatlaridapensiyatizimi uchunyalpi ichki mahsulotining 13 foiz sarflanmoqda. Bu mamlakatlarda har bir pensiya oluvchiga o‘rtacha 4 ta mehnatga yaroqli kishi to‘g‘ri kelayotganligini ko‘rsatmoqda. Ammo 2050-yilga borib, bu mutanosiblik 2 kishiga tushib qolishi mo‘ljallanmoqda.
Rossiyada 60 yoshdan oshganlar ulushi 26,0 million kishiga yetdi va umumiy aholining 19 foizini tashkil etmoqda. 2030-yilga borib ularning ulushi 28 % dan ortadi va davlat oldiga yechimini kechiktirib boʻlmaydigan murakkab vazifalarning qo‘yilishi ko‘zda tutilmoqda.
Xitoyda 60 yoshdan oshgan aholining soni 200 milliondan oshib ketdi. Bu qatlam bilan ishlash, ularga e’zoz va ehtirom ko‘rsatish, jamiyat hayoʻlidan ajralib qolmasligini ta’minlash yuzasidan Xitoy davlatida keng koʻlamli chora-tadbirlar allaqachon boshlab yuborilgan.

    1. Majburiy mehnatga barham berish

Xalqaro mehnat tashkilotining 29-konvensiyasi ta’rifiga muvofiq, «majburiy mehnat - ixtiyoriy ravishda o‘z xizmatlarini taklif etmagan har qanday shaxsdan har qanday jazolash tahdidi ostida talab qilinadigan har qanday ish yoki xizmat»ni anglatadi.
Vakolatli hokimiyat organlari xususiy shaxslar kompaniyalar yoki jamoalarda majburiy mehnatga jalb qilinishiga mxsat berishlari mumkin emas. Bunday qaror chiqargan har qanday davlat organi javobgarlikka tortiladi. Faqat istisno qiluvchi holatlardagina davlat organlari majburiy mehnatga jalb qilishlari mumkin. Lekin ushbu organlar bu ish yoki xizmatlarni favqulodda hollardagina, bu ish yoki

r
xizmatga hech kim ixtiyoriy rozi bo‘lmagan hollarda jalb qilishlari mumkin. Bu holatlarda majburiy mehnatga faqat yoshi 18 dan kichik borimagan va 45 yoshdan katta bo‘lmagan erkaklar jalb qilinishlari mumkin. Majburiy mehnatga jalb qilinadiganlar doirasiga shifokoming ushbu ishchining mehnatga qobiliyatsiz ekanligini tasdiqlovchi xulosasi bo‘lgan shaxslar, shuningdek, maktab o‘quvchilari, o‘qituvchilari vaumuman, butunmaktab ma’muriyati xodimlari kirmaydi. Majburiy mehnatga jalb qilishning eng ko‘p miqdori yiliga 60 kundan oshmasligi kerak1.
Xalqaro mehnat tashkilotining 1957-yildagi Majburiy mehnatni tugatish to‘g‘risidagi 105-konvensiyasida ushbu Konvensiyani ratifikatsiya qilgan har bir davlat zimmasiga zo‘raki yoki majburiy mehnatni tugatish va uning har qanday shakllarini ishlatmaslik hamda quyidagi harakatlar sifatida qo‘llamaslik majburi- yati yuklanadi:

  • amaldagi siyosiy, ijtimoiy yoki iqtisodiy tizimga zid siyosiy qarashlar, yoki mafkuraviy e'tiqodlarning mavjudligi yoki ifodalanishi uchun siyosiy ta'sir, yoki tarbiya vositasi, yoki jazo chorasi sifatida;

  • iqtisodiy taraqqiyot ehtiyojlari uchun ish kuchini safarbar etish va undan foydalanish usuli sifatida;

  • mehnat intizomini saqlash chorasi sifatida;

  • ish tashlash harakatlarida qatnashganlik uchun jazolash chorasi sifatida;

  • irqiy, ijtimoiy, milliy mansublikyoki diniy e'tiqodbelgilari bo‘yicha kamsitish choralari sifatida14 15 16.

Milliy qonun hujjatlarimizda bolalarni mehnatga jalb qilish va majburiy mehnatdan foydalanish, jumladan, biron-bir jazoni qo‘llash bilan tahdid qilish orqali, shu jumladan, mehnat intizomini saqlash vositasi tariqasida ish bajarishga majburlash uchun qat’iy taqiq nazarda tutilgan. Mehnat qilishga biron-bir shaklda majburlaganlik uchun ma’muriy javobgarlik joriy etilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 37-moddasida «Har bir shaxs ...adolatli mehnat sharoitlarida ishlash ...huquqiga egadir»’, deb mustahkamlab qo‘yilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 37-moddasida esa «Majburiy mehnat, ya'ni biron-bir jazoni qo‘llash bilan tahdid qilish orqali (shu jumladan mehnat intizomini saqlash vositasi tariqasida) ish bajarishga majburlash taqiqlanadi», deb aniq ko‘rsatilgan. Shu bilan birga quyidagi ishlar:

  • harbiy yoki muqobil xizmat to‘g‘risidagi qonunlar asosida;

  • favqulodda holat yuz bergan sharoitlarda;

  • sudning qonuniy kuchga kirgan hukmiga binoan;

  • - qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda bajarilishi lozim boigan ishlar majburiy mehnat deb hisoblanmaydi'.

Bu Xalqaro mehnat tashkilotining 1930-yilgi 29-konvensiyasida ham ko‘zda tutilgan.
Biror-bir shaklda bolalar mehnati va majburiy mehnatni keltirib chiqarishi mumkin boigan holatlarning oldini olish va ularga yoi qo‘ymaslik, fuqarolarning kafolatlangan mehnat huquqlarini ta’minlash masalalari bo‘yicha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tomonidan Parlament komissiyasi tuzilgan. Uning zimmasiga davlat organlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar, shuningdek, jismoniy shaxslar tomonidan fuqarolarning kafolatlangan mehnat huquqlari buzilishiga yo‘l qo‘yilmasligi ustidan parlament hamda jamoatchilik nazoratini o‘matish vazifasi yuklatilgan17 18.
Oʻzbekistonda Xalqaro mehnat tashkilotining (XMT) uslubiyoʻli bo‘yicha va uning ekspertlarining bevosita ishtirokida qishloq xo‘jaligida bolalar mehnatidan va majburiy mehnatdan foydalanishning monitoringi olib borildi va ular tomonidan paxta terimi davrida bolalar mehnatidan va majburiy mehnatdan ommaviy foydalanish holatlari aniqlanmagan.
Shu bilan birga tashkilotlar va muassasalar, fermer xo‘jaliklari hamda dehqon xo‘jaliklari rahbarlarining qonun hujjatlarini bilmasligi majburiy mehnatning oldini olish va unga yo‘1 qo‘ymaslikka jiddiy xalaqit bermoqda. Xususan, 2018-yilda ham mamlakatning ba’zi mintaqalarida ta’lim va sogʻliqni saqlash xodimlarini noqonuniy ravishda obodonchilik ishlariga jalb qilish holatlari aniqlandi.
Bunday holatlarga barham berish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 10-maydagi «Oʻzbekiston Respublikasida majburiy mehnatga barham berishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida» gi 349-sonli maxsus qarori19 qabul qilindi. Hukumatning ushbu qaroriga muvofiq, barcha daraj adagi davlat va xo‘j alik boshqaruvi organlari rahbarlariga aniq vazifalar belgilab berildi.
Ushbu Qaror Oʻzbekistonda inson hayoʻli va faoliyatining barcha sohalarida majburiy mehnatning oldini olish va unga toʻliq barham berishga doir aniq hamda amaliy chora-tadbirlar amalga oshirilishiga qaratilgan. Unga ko‘ra:

Download 307,18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish