Estetik baho shunday ma’naviy hodisaki, garchand qadriyat yaratmasa ham, qadriyatni idrok etish
faqat u orqali amalga oshadi
Estetik bahoning yana bir muhim xususiyati shundaki, u estetik anglash tuzilmasi ichidagi eng
qamrovli, eng miqyosli ta’sirga ega. U ma’lum ma’noda estetik anglashning deyarli barcha unsurlari
uchun mezon vazifasini o’taydi. Chunonchi, estetik xissiyot, estetik did va estetik idealda buni yaqqol
ko’rish mumkin. Ayniqsa, u estetik did bilan chambarchas bog’liq. Endi ana shu estetik did masalasini
ko’rib chiqamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |