Estetik mushohada. Odatda biz «mushohada» deganimizda «kuzatish» so’zining sinonimini
tushunamiz. Aslida esa bunday emas: kuzatish, falsafiy qilib aytganda, bilish munosabatining tajribaviy
asosi, u obyektga yunaltirilgan bo’lib, qo’yilgan maqsad va ilmiy bilim mantiqi tomonidan boshqarib,
tuzatilib boriladi, unga o’zgartirishlar kiritib turiladi, ya’ni u maqsad asosida ish ko’radigan fikriy
faoliyat. Kuzatishda inson o’z diqqatini obyektga yo’naltirar ekan, uning qiziqishi hodisadan mohiyatga
qarab boradi; unda bor narsaning borligini yoki yo’q narsaning yo’qligini tasdiqlash muhim. Mushohada
esa muayyan narsa—hodisaning idrok etayotgan kishi tomonidan tanlangan rakursda olib qaralishini
ta’minlovchi fikriy faoliyat.
Do'stlaringiz bilan baham: |