beriladi. Goh estetik kechinmaning, goh estetik hayajonning sinonimi tarzida talqin qilinadi. Bizningcha,
bu unchalik to’g’ri emas. Chunki hayajon ham, kechinma ham bitta tuyg’udan emas, tuyg’ular silsilasidan
iborat bo’ladi, shu sababdan uni ko’plikda-hislar yoki hissiyot shaklida qo’llash maqsadga muvofiq.
Endi estetik hissiyotni tashkil etadigan hislarning ba’zilarini qisqacha ko’rib o’taylik.
Estetik hissiyotning ibtidosidagi tuyg’u estetik qiziqish. Ma’lumki, qiziqish hissi, sog’inch va
qo’msashdan farqi o’laroq o’tmishda ro’y bergan hodisani emas, balki ko’p hollarda kelajakda, tez
muddat ichida ro’y berishi lozim bo’lgan voqyelikni nazarda tutadi, unga intiladi; intilish jarayoni esa-
«uchrashuv»ga tayyorgarlik degani. Estetik qiziqish subyektning obyekt haqida, hali u bilan yuzma-yuz
kelmasdan turib, muayyan bir umumiy tushunchaga ega bo’lishini, uni idrok etishga o’zini hozirlashini
Estetik hissiyotda tasavvur xuddi estetik faoliyatdagidek katta ahamiyatga ega, uni yuqorida
keltirganimizdek, dastlabki estetik tasavvur deb atash maqsadga muvofiq. Dastlabki estetik tasavvur
subyekt obyekt bilan bevosita estetik munosabatga kirishmasdan avval ro’y beradi. U orqali siz estetik
munosabatga kirishadigan obyektini o’zingizcha ko’z oldingizga keltirasiz, ko’proq umumiy manzara
bilan cheklanasiz, qolaversa xayolan o’zingiz yaratgan, aslida obyektda yo’q xususiyatlarni ham
tasavvurda bor deb hisoblaysiz.
Estetik munosabatning boshlanishida ro’y beradigan yana bir tuyg’u bu - quvonch hissi: subyekt
obyektni ko’rgan paytda, deylik, go’zallikka duch kelganida uni ichki bir quvonch qamrab oladi. Estetik
quvonch subyektni kuzatuvni davom ettirishga da’vat etadi va obyektni hissiy o’rganish uchun unga
muayyan kayfiyat, ruh beradi. Xuddi shunday vazifani ulug’vorlik va mo’jizaviylikni mushohada etishda-
yoqimli hayrat hissi, fojiaviylikda-achinish, hamdardlik, kulgililikda-hazil, kulgi bajaradi. Lo’nda qilib
aytganda, hayrat bilan estetik jarayon boshlanadi. Estetik munosabat mobaynida u avval qiziqishga, keyin
asta-sekinlik bilan zavqqa aylanadi va zavq bilan idrok etish hodisasi voqye bo’ladi. Ayni paytda zavq
faqat estetik obyektni idrok etishdagina emas, balki ana shunday obyektlarni yaratishda ham ilhom
shaklida ishtirok etadi: zavq bilan ijod qilingan asar zavq bilan idrok etiladi. Estetik zavq o’yin hodisasi
bilan bog’liq. O’yin esa, ma’lumki, san’atning san’atlik mohiyatini tashkil etadi, doimo ijodiylik
hususiyatiga ega. Estetik zavq, oddiy zavqdan farqli o’laroq, insonni tarbiyalash hususiyatiga ega, inson
estetik idrok etish jarayonida zavqlanib borar ekan, ayni shu jarayonning o’zida tarbiyalanib boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: