16-ma‘ruza. Elektr himoya vositalarining turlari, ularga qo‘yiladigan talablar va foydalanish qoidalari reja: 1


Izolyasiyalovchi himoya vositalari



Download 0,97 Mb.
bet6/18
Sana09.02.2022
Hajmi0,97 Mb.
#438989
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
маъруза16 элХавф

3. Izolyasiyalovchi himoya vositalari
Izolyasiyalovchi qoplamalar.
Izolyasiyalovchi qoplamalarni 20 kV kuchlanishgacha bo‘lgan elektr uskuna-larida, tok o‘tkazuvchi qismlarga bexosdan tegib ketishining oldini olish uchun, ish joyini to‘siqlar bilan ajratish imkoni bo‘lmagan hollarda, qo‘llashga ruxsat etiladi.
1000 V kuchlanishgacha bo‘lgan elektr uskunalarda, izolyasiyalovchi qoplama-lar uzgichlarni yanglishib ulab yuborishga yo‘l qo‘ymaydigan vosita sifatida ham qo‘llaniladi.
Kuchlanish ostida bo‘lgan va kuchlanishi olingan tok o‘tkazuvchi qismlar orasidagi (masalan, qo‘zg‘almas kontaktlar va ajratgich pichoqlari o‘rtasida) izolyasiyalovchi qoplamalar mexanik mustahkam, tuzilishi va o‘lchami tok o‘tkazuvchi qismlarni to‘liq yopadigan bo‘lishi zarur.
Qoplamalarni bevosita tok o‘tkazuvchi qismlar ustiga o‘rnatish mumkin.
Kuchlanishi 20 kV gacha bo‘lgan elektr uskunalarida qattiq elektr izolyasiya-lovchi materiallar (getinaks, shishatekstolit va boshqa) dan yasalgan qoplamalar ishlatiladi.
Kuchlanishi 1000 Voltgacha bo‘lgan elektr uskunalarida dielektrik rezinadan yasalgan qalinligi 5 mm dan kam bo‘lmagan elastik qoplamalarni ishlatish mumkin. Kuchlanishni olmasdan ular bilan ishlashda, tok o‘tkazuvchi qismlar yopiladi.
Konstruksiyasida, izolyasiyalovchi dastak yoki tutqich ko‘zda tutilmagan tok o‘tkazuvchi qismlar ustiga, qoplamalarning asosiy himoya vositalaridan foydalangan holda o‘rnatish zarur.
Izolyasiyalovchi qoplamalarni ishlatishdan oldin, ularning changini artish, yuzasida yoriq va darz ketgan joylari yo‘qligini, lak qoplamasi buzilmaganligi va boshqa kamchiliklar yo‘qligini tekshirish zarur. Izolyasiyalovchi qoplamalarni nam-lanish va ifloslanishidan saqlash lozim.
Izolyasiyalovchi dastakli chilangarlik-yig‘uv asboblari.
Izolyasiyalovchi dastakli asboblar, 1000 V kuchlanishgacha bo‘lgan elektr uskunalarida, kuchlanish ostida ishlash uchun asosiy himoya vositasi sifatida qo‘l-laniladi.
Faqat «Elektr uskunalarini ishlatishda xavfsizlik texnikasi qoidalari» talablari asosida tayyorlangan izolyasiyalovchi dastakli asboblarni, ishlatishga ruxsat etiladi.
Izolyasiyalovchi dastaklar g‘iloflar shaklida yoki tayanch bilan mahkamlangan, nam o‘tkazmaydigan, moy va benzin ta‘siriga chidamli, mo‘rt bo‘lmagan, elektr izolyasiyalovchi materialdan yasalgan, yechilmaydigan qoplama shaklida tayyor-lanadi.
Izolyasiya dastakni batamom qoplashi va uning halqa-tayanch o‘rtasigacha bo‘lgan uzunligi 100 mm dan kam bo‘lmasligi kerak. Buragich (otvyortka) o‘zagi-ning izolyasiyasi, uning uchiga 10 mm qolgunga qadar davom etishi lozim.
Izolyasiyalovchi dastaklar yuzasi va qalinligi nuqsonsiz bo‘lishi hamda g‘ovaklar, singan va shishgan joylari bo‘lmasligi shart.



Download 0,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish