Dielektrik qalpoqlar.
Elektr tokiga ulab yuborishning oldini olish uchun, qalpoqlarni bir qutbli ajratgich pichoqlariga kiygiziladi.
Qalpoqlar elektr xavfsizligi shartlari bo‘yich, ko‘chma yerga ulagichni o‘rnatishning iloji bo‘lmagan elektr uskunalarining ulangan joylarida qo‘llaniladi.
Qalpoqlar ajratgich pichoqlariga bemalol kiygizilishi va unda mustahkam turishi kerak.
Qalpoqlar rezinadan yoki plastmassadan tayyorlanadi. Ularni o‘rnatish va yechib olish asosiy himoya vositalarini qo‘llagan holda, amalga oshirilishi zarur.
Qalpoqlarda yoriqlar, darz ketgan joylar, begona jismlar mavjudligi va boshqa buzilishlarning yo‘qligini har 12 oyda bir marta tekshirilishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |