34-rasm. Rezinali dielektrik qo‘lqoplar
Dielektrik etik va kalishlar.
Dielektrik etik (35-rasm) va kalishlar yopiq joylarda hamda yog‘ingarchilik bo‘lmaganda ochiq joyda joylashgan elektr uskunalarida qo‘shimcha himoya vositasi sifatida ishlatiladi.
Dielektrik etik va kalishlar, ishlayotganlarni qadamlar orasidagi kuchlanishdan saqlaydi.
Elektr uskunalarida, faqat «Elektr uskunalarini ishlatishda xavfsizlik texnikasi qoidalari» talablariga asosan tayyorlangan dielektrik etik va kalishlarni ishlatishga ruxsat etiladi.
Dielektrik etik va kalishlar tashqi ko‘rinishiga (rangi, maxsus belgi yoki laklan-maganligiga) qarab boshqa maqsadlar uchun mo‘ljallangan etik hamda kalishlardan farq qilishi zarur.
Elektr uskunalari, har xil o‘lchamli dielektrik oyoq kiyimlari bilan jihozlanishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |