4-rasm. G’aznachilik markaziy apparatining tashkiliy tuzilishi14 G’aznachilikning tashkiliy tuzilmasi O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G’aznachiligining Davlat byudjetining g’azna ijrosi bo’yicha amalga oshiriladigan faoliyatiga to’g’ridan-to’g’ri bog’liq.
Jumladan, O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G’aznachiligi Markaziy apparati tuzilmasiga bunday yirik boshqarmalardan Operatsiya boshqarmasi, Metodologiya, moliyaviy resurslar va hisoblarni boshqarish boshqarmasi va Davlat byudjetining g’azna ijrosi tahlili va nazorati boshqarmasi singari boshqarmalar kiradi. O’z navbatida ushbu boshqarmalar tarkibiga bir qancha bo’limlar kiradi.
Operatsiya boshqarmasi tarkibiga quyidagilar kiradi:
yuridik majburiyatlarni ro’yxatga olish va narxlar monitoringi bo’limi;
moliyaviy majburiyatlar ro’yxatga olish va to’lovlarni amlaga oshirish bo’limi;
mudofaa idoralari tashkilotlarining yuridik va moliyaviy majburiyatlarini ro’yxatga olish, to’lovlarini amalga oshirish bo’limi;
huquqtartibot tashkilotlarining yuridik va moliyaviy majburiyatlarini ro’yxatga olish, to’lovlarini amalga oshirish bo’limi;
Hisob-kassa amaliyotlar bo’limi;
O’zbekiston Respublikasiga kelib tushayotgan barcha turdagi grant, nomoddiy shakldagi insonparvarlik yordami hamda texnik ko’maklashish vositalarining hisobi bo’limi;
Davlat maqsadli va boshqa byudjetdan tashqari jamg’armalari yuridik va moliyaviy majburiyatlarini ro’yxatga olish bo’limi;
Ta’lim muassasalari rekonstruktsiya qilish, mukammal ta’mirlash jamg’armalari yuridik va moliyaviy majburiyatlarini ro’yxatga olish sektori.
Metodologiya, moliyaviy resurslar va hisoblarni boshqarish boshqarmasi tarkibida quyidagilar mavjud:
byudjetning g’azna ijrosi metodologiya bo’limi;
moliyaviy resurslarni boshqarish bo’limi;
ichki va tashqi qarz bo’yicha hisob-kitoblar bo’limi;
Davlat xaridlarini amalga oshirish jarayoni monitoringi axborot-tahlil bo’limi.
Davlat byudjetining g’azna ijrosi tahlili va nazorati boshqarmasi quyidagilarni o’z ichiga oladi:
Davlat byudjeti g’azna ijrosining yig’ma tahlili bo’limi;
G’aznachilik operatsiyalari nazorati bo’limi;
Buxgalteriya hisobi va hisoboti bo’limi.
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G’aznachiligining Markaziy apparati bo’linmasi quyidagifunktsiyalarni bajaradi:
Yuridik majburiyatlarni ro’yxatga olish va narxlar monitoringi bo’limi (mudofaa idoralari tashkilotlarining yuridik va moliyaviy majburiyatlarni ro’yxatga olish va to’lovlarini amalga oshirish; huquqtartibot tashkilotlarining yuridik va moliyaviy majburiyatlarini ro’yxatga olish, to’lovlarini amalga oshirish):
byudjet tashkilotlari buyurtmachilarning xarajatlar smetalarida ko’rsatilgan qat’iy ravishda summalar doirasida va maqsadlarga muvofiq ularning shartnomalar tuzishi ustidan qattiq nazorat qilish asosida bunday shartnomalarni ro’yxatga oladi;
byudjet tashkilotlarini, shu jumladan xavfsizlik tuzilmalarini moliyalashtirishga yo’naltiriladigan byudjet mablag’laridan foydalanishni maqbullashtirish ustidan monitoringni amalga oshiradi, bunda qoidaga ko’ra vositachilik xizmatlarini istisno etgan holda ular bilan tuziladigan shartnomalarning sifatli bo’lishini, ularning maqsadga muvofiqligi va narx-navo echimini ta’minlashni nazarda tutadi;
Moliyaviy majburiyatlar ro’yxatga olish va to’lovlarni amalga oshirish bo’limi (mudofaa idoralari tashkilotlarining yuridik va moliyaviy majburiyatlarini ro’yxatga olish, to’lovlarini amalga oshirish; huquqtartibot tashkilotlarining yuridik va moliyaviy majburiyatlarini ro’yxatga olish, to’lovlarini amalga oshirish):
byudjet tashkilotlari xodimlariga ish haqi va unga tenglashtirilgan to’lovlarni, shuningdek qonun hujjatlariga muvofiq byudjet tashkilotlari tomonidan naqd pul mablag’lari bilan to’lanadigan boshqa to’lovlarni to’lash uchun G’aznachilikning bank hisobvaraqlariga mablag’lar o’tkazadi;
sudning qarori bo’yicha G’aznachilikning yagona g’azna hisobvaraqlaridan yoki boshqa bank hisobvaraqlaridan Davlat byudjetida mablag’lar nazarda tutilgan yuridik va jismoniy shaxslarning bank hisobvaraqlariga mablag’lar o’tkazilishini, shuningdek davlat organlari yoki ushbu organlar mansabdor shaxslarining noqonuniy xatti-harakatlari natijasida fuqarolarga yoki yuridik shaxslarga etkazilgan zararni qoplash uchun mablag’larni qonunchilikda belgilangan tartibda o’tkazishni amalga oshiradi;
byudjetdan mablag’ oluvchilarga ular uchun G’aznachilikda yoki uning hududiy bo’linmalarida ochilgan shaxsiy hisobvaraqlaridan ko’chirmalarni, ularning xarajatlarini qoplash uchun byudjet mablag’lari o’tkazilganligini tasdiqlaydigan to’lov hujjatlari va boshqa hujjatlarning nusxalarini taqdim etadi;
moliya organlarining topshirig’i bo’yicha yuqori turuvchi byudjetlarda nazarda tutilgan rejali dotatsiyalar summasi, subventsiyalar, byudjet ssudalari va boshqa to’lovlarni quyi byudjetlarning shaxsiy g’azna hisobvaraqlariga o’tkazadi;
byudjet mablag’larini yuridik va jismoniy shaxslarning hisobvaraqlariga o’tkazish majburiyatini yuklaydigan ro’yxatdan o’tkazilgan shartnomalarda yoki boshqa hujjatlarda nazarda tutilgan summalar doirasida byudjetdan mablag’ oluvchilar nomidan to’lovlarni tovarlar etkazib beruvchilar (ishlarni bajaruvchilar, xizmatlar ko’rsatuvchilar)ning bevosita bank hisobvaraqlariga o’tkazadi;
tovarlar etkazib berilganligi (ishlar bajarilganligi, xizmatlar ko’rsatilganligi) faktini tasdiqlaydigan yoki byudjetdan mablag’ oluvchilarga soliqlar, yig’imlar hamda byudjetga va byudjetdan tashqari davlat maqsadli fondlariga majburiy to’lovlarni to’lash uchun byudjet mablag’larini o’tkazish majburiyatini yuklaydigan schyot-fakturalar va boshqa hujjatlar asosida byudjetdan mablag’ oluvchilarning moliyaviy majburiyatlari hisobini yuritadi;