15-mavzu. Byudjet tizimi byudjetlari g‘azna ijrosining me’yoriy-huquqiy ta’minoti



Download 136,57 Kb.
bet14/14
Sana31.03.2022
Hajmi136,57 Kb.
#520613
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
15 мавзу (1)

Byudjetning g’azna ijrosi metodologiya bo’limi:
normativ-huquqiy hujjatlar va metodologik materiallar, shu jumladan G’aznachilik va uning hududiy bo’linmalari tomonidan amalga oshiriladigan operatsiyalarni maqbullashtirish masalalari bo’yicha normativ-huquqiy hujjatlar va metodologik materiallarni ishlab chiqishda, Davlat byudjeti ijrosi to’g’risidagi buxgalteriya hisobi va hisobotini takomillashirishda qatnashadi;
Moliyaviy resurslarni boshqarish bo’limi:
Davlat byudjeti ijrosi jarayonida respublika byudjeti daromadlari tushumi va xarajatlari amalga oshirilishining qisqa muddatli prognozlarini tuzadi;
Ichki va tashqi qarz bo’yicha hisob-kitoblar bo’limi:
Qonun hujjatlarida belgilangan tartibda O’zbekiston Respublikasining ichki va tashqi qarziga xizmat qiladi, shuningdek O’zbekiston Respublikasining kafolatlarini ijro etadi;
Davlat xaridlarini amalga oshirish jarayoni monitoringi axborot-tahlil bo’limi:
davlat xaridlari bo’yicha axborot bazasini yaratish va doimiy yangilab borish;
davlat xaridlari bo’yicha Hukumat komissiyasining ishchi organi funktsiyasini bajarish;
davlat xaridlarini amalga oshirishda kichik biznes sub’ektlari keng ishtirok etishini nazarda tutgan holda tanlov va tender tartibotlari qo’llanilishini takomillashtirish va kengaytirish yuzasidan belgilangan tartibda takliflar kiritish.
Davlat byudjeti g’azna ijrosining yig’ma tahlili bo’limi:
Respublika va mahalliy byudjetlar ijrosini tahlil qiladi;
G’aznachilikning hududiy bo’linmalari faoliyatini muvofiqlashtiradi.
G’aznachilik operatsiyalarini nazorat qilish bo’limi:
g’aznachilik operatsiyalarini amalga oshirishda qonun hujjatlariga rioya qilinishini belgilangan tartibda nazorat qilish va monitoringni amalga oshirish;
Davlat byudjetining g’azna ijrosi jarayonida mavjud bo’lgan tavakkalchiliklar bo’yicha xulosalarni baholash va taqdim etish.
Buxgalteriya hisobi va hisoboti bo’limi:
manbalar bo’yicha tegishli byudjetlar daromadlari tushumi hisobini yuritadi;
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga kundalik asosida yagona g’azna hisobvarag’ida va hududiy g’azna hisobvaraqlarida pul mablag’lari harakati to’g’risidagi axborotni elektron shaklda taqdim etadi;
Birlamchi hujjatlar asosida Davlat byudjeti g’azna ijrosining tahliliy va sintetik buxgalteriya hisobini yuritadi;
Davlat byudjetining ijrosi to’g’risidagi axborotni to’plash, qayta ishlash va tahlil qilish asosida Davlat byudjetining kassa ijrosi haqidagi hisobotni tuzadi va ushbu hisobotni belgilangan muddatlarda O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim etadi.
G’aznachilik O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi tarkibidagi davlat ijroiya organi hisoblanadi. G’aznachilikning Qoraqalpog’iston Respublikasi G’aznachilik Boshqarmasi, Toshkent shahar va viloyatlar Boshqarmasi, shahar va tumanlarda G’aznachilik bo’linmalari kabi hududiy organlari faoliyat qiladi.
G’aznachilik va uning bo’linmalarining tuzilmasi G’aznachilik rahbariyati tomonidan ishlab chiqiladi va O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
G’aznachilik rahbariyati o’z xodimlari uchun ochiq eshiklar siyosatini qo’llab-quvvatlaydi. Bu har qanday xodim uchun uning bevosita rahbari o’ziga bo’ysunuvchini eshitishga va tegishli tarzda munosabat bildirishga majbur ekanligini anglatadi.
Agar bevosita boshliq o’ziga bo’ysunadiganni tinglashni xohlamasa yoki tinglay olmasa, boshliqqa bo’ysunuvchi O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Kadrlar boshqarmasiga murojaat qilishi mumkin.
Jamoada ishlash va barcha xodimlarning sa’y-harakatlari muvaffaqiyatga erishish sharti hisoblanadi. G’aznachilik xayrixohli o’zaro munosabatlarni ma’qullaydi va jamoada qulay ijtimoiy-siyosiy muhit saqlab qolinishiga ko’maklashadi. Xodimlar o’rtasidagi barcha kelishmovchiliklar ularning bevosita rahbari tomonidan yoki O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Kadrlar boshqarmasining mutaxassislari bilan hamkorlikda hal etiladi. Qandaydir bo’lmasin nizo uchinchi shaxslarga ma’lum bo’lishiga yo’l qo’ymaslik kerak.
G’aznachilik xodimlari bir-birlari bilan tovush ohangini balandlatmasdan va bir-birining so’zini bo’lmasdan xushmuomalalik bilan munosabatda bo’ladilar.
G’aznachilik rahbariyati g’oyalar, mulohazalar va har qanday takliflar va muammolar bilan murojaat qilgan xodimlarni rag’batlantiradi.
Har qanday jamiyatni yoki davlatni o’z oldiga qo’ygan maqsad va vazifalarini bajarish jumladan, kuchli ijtimoiy himoya, maorif, mudofaa, sog’­liq­ni saqlash hamda boshqaruv organlarini saqlab turish zarur bo’ladi. Bu­ning uchun rivojlangan davlat byudjet tizimini yaratish lozim. Buning uchun mamlakat hududidagi mavjud daromad manbalari va xarajat yo’nalishlari haqida aniq asoslangan tahliliy malumotlar talab etiladi. Xozirgi davr talabidan kelib chiqib Davlat byudjetining kelgusi yo’nalishlarini belgi­lab olish uchun ushbu malumotlarni aniq va o’z vaqtida taminlab beruvchi me­xanizm sifatida G’aznachilik organlari oldiga quyidagi vazifalar yuk­latilgan.
Davlat byudjeti g’azna ijrosining buxgalteriya hisobi va xisobotini yuritish, davlat byudjeti ijrosi haqida axborotlarni tuplash, qayta ishlash va taxlil qilish, shuningdek, O’zbekiston Respublikasining davlat ichki va tashqi qarzlariga xizmat ko’rsatish, O’zbekiston Respublikasi kafolat­larini ijro etish.
O’zbekistonda davlat byudjeti g’azna ijrosining bosqichma bosqich joriy etilishi, bozor iqtisodiyoti asosida rivojlangan davlatlarda amal qiluvchi davlat byudjeti g’azna ijrosi xususiyatlaridan kelib chiqqan holda istiqbolda g’azna ijrosini takomillashtirishda quyidagilarga alohida e’tibor qaratish maqsadga muvofiqdir:
- G’aznachilik yagona hisobraqamini tashkil etish ishlarini jaddallash­tirish. Xarajatlar to’lovi va mablag’larni o’tkazish to’g’ridan-to’g’ri tovar­lar va xizmatlar etkazib beruvchilar, boshqa huquqiy shaxslarga Yago­na g’aznachilik hisob raqamidan o’tkazib beriladi. YaG’HR da maqsadli jam­g’ar­malar mablag’lari ham jamlanadi;
- Xarajatlarni o’z vaqtida moliyalashtirilishiga erishish va Moliya vazirligini qarzlar olishini kamaytirish maqsadlarida qisqa muddatli mo­liyaviy rejalashtirishni (ichki yillik) joriy qilish ko’zda tutiladi;
- Respublikada g’aznachilik institutini joriy qilinishi byudjetni tay­yor­lash jarayonini takomillashtirish, o’rta muddatli fiskal istiqbollash va byudjet siyosatini olib borishni joriy qilish, byudjet ijrosi si­fa­tini soliqlar yig’ish faoliyatini takomillashtirish va xarajatlarni g’aznachi­lik­ning Yagona hisob raqami printsipi asosida amalga oshirish, qisqa muddat­li moliyaviy rejalashtirish, ya’ni to’lovlar rejasini joriy qilish, yagona ax­borotlar tizimi joriy qilish evaziga byudjet ijrosini hisobga olish va hisobot tayyorlashni yaxshilash, davlat qarzini hisobga olish, tahlil qilish va rejalashtirish takomillashtirish imkonini beradi.
Bugungi kunda davlat byudjeti g’azna ijrosini tashkil etish borasidagi Prezident qarorlarining ijrosi doirasida Osiyo taraqqiyot banki va boshqa xalqaro moliya tashkilotlarining qarz mablag’larini jalb etgan holda davlat byudjetining barcha daromadlarini yagona g’azna hisobraqamiga jamlash va undan xarajatlar to’lovini amalga oshirish imkonini beruvchi davlat byudjeti g’azna ijrosining yagona integratsiya­lashgan axborot tizimini tashkil etish bo’yicha chora-tadbirlar kompleksi ishlab chiqildi.
O’zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan birgalikda belgilangan tartibda respublikaning barcha shahar va tumanlarini qamrab olgan holda O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tizimining ma’lumotlar tarmog’ini tashkil etish uchun er usti raqamli aloqa kanallarini berish choralari ko’rilmoqda.
O’ylaymizki, qayd etilgan tavsiyalar davlat byudjeti g’azna ijrosiga jo­riy etish milliy iqtisodiyotimiz, mamlakatimiz davlat moliyasi xara­jat­larining samarali tashkil etish va boshqarishni yaxshilaydi.


1Davlat moliyasini isloh etishning dolzarb muammolari. Respublika ilmiy-amaliy konferentsiyasi materiallari (20.12.2009). T.: HUMOYuN ISTIQLOL MO’JIZASI. 2009. 87-88-betlar

2 O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat moliyasini boshqarishni isloh qilish loyihasini amalga oshirishga tayyorlanish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 144-son (26.04.2002) Qarori, 1-band.

3 Makarand A.Paithankar. Public Budgeting theory and practice. CreateSpace Independent Publishing Platform (4 Jun. 2016) USA.


4 Public financial management and its emerging architecture / editors, Marco Cangiano, Teresa Curristine, and Michel Lazare – Washington, D.C. : International Monetary Fund, 2013.- 437 pages

5 Public budgeting systems / Robert Lee, Ronald Johnson, and Philip Joyce.-9th ed. 2013.- 656 pages

6 O’zbekiston Respublikasi Byudet Kodeksining 109- moddasi asosida

7 “O’zbekiston Respublikasi byudjet tizimi byudjetlarining g’azna ijrosi Qoidalari” O’zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2016 yil 22 noyabrdagi 88-son buyrug’iga ko’ra O’zbekiston Respublikasi adliya vazirligi tomonidan 2016 yil 22 dekabrda ro’yxatdan o’tkazildi, ro’yxat raqami №2580

8 O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 26 apreldagi 122-sonli qarori tahririda, O’R QHT, 2016 y., 17-son, 176-modda

9 O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat byudjetining g’azna ijrosi tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-594-son (28.02.2007) Qarori asosida

10 O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 26 apreldagi 122-sonli qarori tahririda, O’R QHT, 2016 y., 17-son, 176-modda

11 O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 26 apreldagi 122-sonli qarori tahririda, O’R QHT, 2016 y., 17-son, 176-modda

12 O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida "Davlat moliyasini boshqarishni isloh qilish" loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to’g’risida” 2007 yil 1 noyabrdagi PQ-721-son Qarori

13 O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat byudjetining g’azna ijrosi tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-594-son (28.02.2007) Qarori asosida

14 O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat byudjetining g’azna ijrosi tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-594-son (28.02.2007) Qarori ilovasidan

Download 136,57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish