5. O’zbekistonda buxgalteriya hisobini rivojlanishi
Bahzi mualliflarning fikricha O’rta Osiyo yerlariga, ya’ni Movarounnaxrga
(arablar daryo ortidagi yerlar deb ataganlar) shu jumladan, zbekistonga buxgalteriya
uchyoti haqidagi fikrlar 8
asr boshlarida kirib kelgan
25
deb taxmin qilishadi.
Amir Temur o’zining “Temur tuzuklari” nomli asarida shunday deb yozadi:
“Saltanatning har bir idorasida bo’ladigan kirim-chiqimlarni, kundalik xarajatlarni
yozib borish uchun bir kotib tayinlansin”. Bu O’rta Osiyoda buxgalteriya hisobining
ilk bor kurtak otishi Amir Temur tomonidan hisob daftarini yurituvchi shaxslar –
kotiblarni tayinlagani bilan bog’liq ekanligidan dalolat beradi.
Rivoyatlarga ko’ra Amir Temur lashkarlarining har biriga, jangga kirishidan
oldin, idishda anor suvi bergan
26
va jangdan eson-omon chiqqan jangchilarga yana
o’sha idishda anor suvi bergan. Bo’sh qolgan idishlar soni jangda halok bo’lgan
jangchilar sonini bildirgan. Bu buxgalteriya hisobining “kirim – chiqim – qoldiq”
usulini ifodalaydi. Xulosa qilish mumkinki, O’rta Osiyo markazi bo’lgan
O’zbekistonda buxgalteriya hisobi XV asrdan shakllana boshlagan.
25
. Bu mualliflar O’rta Osiyo yerlariga buxgalteriya uchyoti haqidagi fikrlarni kirib kelishini arablarning O’rta Osiyoni
isloh qilish bilan bog’lashadi.
26
. Anor suvi birinchidan, inson badaniga tez singib qonga aylanib quvvat bo’ladi, ikkinchidan, badanga rohat baxsh
etib, asablarni tinchlantiradi
Respublikamizda buxgalteriya hisobini fan sifatida shakllanishida O’zbek
olimlaridan professor S. B. Qodirxonov, professor M. Ostonaqulov, Y. M. professor
Itkin, professor R. Abdullaev, professor I. T.
Abdukarimov, K. F.
Abdukarimovalarni, shuningdek, buxgalteriya hisobini isloh qilish va milliy
hisobchilik tizimini yaratishda professor S. Yuldoshev, professor D. Qudbiev,
professor M. Pardaev, professor M. Tulaxadjaeva, professor I. Ismanov, professor
Z. Mamatov, professor A. Pardaev, professor R.
Xolbekov, professor K. Urozov,
professor I. Qayumov, professor A. Abdullaev, professor S. Valiev, professor N.
Jo’raev, professor Z. Niyozov, professor A. Karimov, N. Toshmamatov, B.
Hoshimov, F. Islomov, H. Qayumov, E. Gadoev, A. Avloqulov, va boshqa ilm
ahllarining qo’shgan hissalari benihoyat kattadir.
Buxgalteriya hisobini tadrijiy rivojlanishi jarayonida
uning maktablari ham
shakillanib bordi. Olimlarning E’tirof etishlaricha
27
buxgalteriya hisobini tashkil
qilish va takomillashtirish borasida italg’yan, frantsuz, nemis va angliya - amerika
maktablari mavjuddir. Buxgalteriya hisobining tashkiliy jihatlari borasida bu
maktablarning qarashlari bir-biriga o’xshamaydi. Ularning ta’limotlarida
buxgalteriya hisobi fanining asosi ham har xil talqin qilinadi. Masalan,
italyan
maktabi vakillari buxgalteriya hisobi fanining asosini algebra va huquq, frantsuz
maktabi vakillari aniq siyosiy iqtisod, nemis maktabi vakillari matematika, angliya-
amerika maktabi vakillari psixologiya deb qaraydilar. SHu sababli buxgalteriya
hisobi fanining vazifasi, predmeti, obhekti, usul va uslubiyoti, tamoyillari va tarkibiy
tuzilishi borasidagi ularning qarashlari ham turlicha. Buyuk Britaniya buxgalterlar
maktabining namoyondalari Angliya iqtisodiyotida faoliyat ko’rsatayotgan firma va
kompaniyalarida tashkil qilingan buxgalteriya hisobi
usullari rahbarning feol-
atvoriga hamda dunyo qarashiga bog’liqligini ko’rsatib o’tadilar. SHu sababdan ham
angliya - amerika buxgalteriya hisobi maktablarida yagona uslubiyotga amal
qilinmaydi. Ular Angliya iqtisodiyotida faoliyat ko’rsatayotgan firma va
kompaniyalarda buxgalteriya hisobi ma’lumotlari ikki xil mazmunga ega bo’lishi va
biri tadbirkor uchun, ikkinchisi xukumat tashkilotlari
uchun hizmat qilishini
aytadilar. Buxgalteriya hisobining ma’lumotlarida muhimlik va aniqlikni yo’qligi
tufayli Angliya firma va kompaniyalari tez-tez bankrotga uchraydi. Buxgalteriya
hisobining ma’lumotlarida muhimlik va aniqlik tamoyilini amal qilmasligi sababli
bu davlatda audit va uning rivojlanishiga alohida ehtibor beriladi.
Mustaqillik davrida Respublikamizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy
islohotlar, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish va texnik – texnologik jihatdan
27
. Я. В. Соколов Очeрки по истори бухгалтерского учёта. М: Финансы стaтистикa, 1991. 263-265 betlar.
qayta jihozlashni amalga oshirish tufayli alohida yo’nalishga ega bo’lgan hisob
tizimi tarkib topa boshladi. Bunday hisob tizimining asosiy bo’g’ini
hisoblangan
buxgalteriya hisobi ham milliy iqtisodiyotimizning o’ziga xos xususiyatlari va
xalqaro standartlarga mos holda rivojlanib bormoqda. Mulkiy munosabatlarning
erkinlashuvi tufayli iqtisodiyotimizda faoliyat ko’rsatayotgan barcha xo’jalik
yurituvchi subhektlar mustaqil o’z-o’zini boshqarish tamoyiliga o’tdi. Erkin
iqtisodiyotning shakllanishi va rivojlanishining
muhim hamda ajralmas qismi
hisoblangan xo’jalik yurituvchi subhektlarda ishlab chiqarishni boshqarishda
ularning mablag’lari va tashkil topish manbalari to’g’risidagi ma’lumotlar katta
ahamiyatga egadir. Bunday ma’lumotlar xo’jalik yurituvchi subhektlarda tashkil
qilingan buxgalteriya hisobi tizimi orqali yetkazib beriladi.
Ma’lumotlarning
qay darajada aniq, haqqoniy va xolisona bo’lishi tashkil
qilingan buxgalteriya hisobi tarkibiy tuzilishining sifatiga bog’liqdir. Boshqa fanlar
kabi buxgalteriya hisobi ham jamiyatdagi o’zgarish va rivojlanishlarga mos holda
takomillashib boradi.