15-mavzu: Buxgalteriya hisobining tarixi va rivojlanishi Reja: Hisobchilikning paydo bo’lishi va ririvojlanishi tarixi



Download 394,46 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/7
Sana02.03.2022
Hajmi394,46 Kb.
#479316
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
4 mavzu bux tarixi(1)

 
 
3. Hisob ishlarida ikki yoqlama yozuvni paydo bo’lishi va rivojlanishi 
Hisob ishlarida ikki yoqlama yozuv hisob yuritish ishining eng 
takomillashgan usuli sifatida 1494 yillarda frantsuz monaxi Luki Pachola tomonidan 
asoslangan bo’lib, shu davr ichida harakatda. Uning mohiyati shundaki, sodir 
bo’lgan iqtisodiy hodisalik ham tarkibi ham kelar manbayi bo’yicha bir xil 
summalarda aks ettiriladi. Ulug’ nemis shoiri Gyoto ikkilamchi buxgalteriyani 
“..insoniyat idrokining birdan bir eng ajoyib ixtirosidir” deb ataydi. Mashhur 
sotsiolog va iqtisodchi olim Verner Zombart ikki yoqlama yozuv “Galiley va 
Ng’yuton sistemasi kabi ko’tarinkilik bilan hayotga kelgan”, deb hisoblaydi. SHu 
davrda u shaklan o’zgargan bo’lishi mumkin, lekin mazmunini saqlab qolgan.
Xo’jaligi hisobining buxgalteriya hisobiga xos bo’lgan ikki yoqlama yozuv 
tamoyilining asoschisi Luko Pacholo o’zining “Schyotlar haqida risola” nomli 
asarida buxgalteriyada bajariladigan ishlar tartibini yoritgan. Bu risolada buxgalteri 
hisobining xususiyati va tamoyillari nazariy jihatdan asoslab berilmagan. Luko 
Pachola va undan keyin yillar davomida iqtisodiy voqealiklar sodir bo’lish vaqtida 
og’zaki ko’rsatmalar asosida hisobga olingan.
Buxgalteriya hisobi to’g’risidagi adabiyotlarda ikki yoqlama yozuv 
mohiyatini xo’jalik operatsiyalari tahsirida vujudga keladigan iqtisodiy hodisalarni 
schyotlar tizimi bilan o’zaro aloqador holda aks ettirish usuli, deb dogmalashtirilib 
izohlanadi. Bu masalada ilmiy izlanishlar deyarli yo’q. Schyotlarda ikki yoqlama 
yozuvni moddiy asosini yaxshi bilish schyotlar va ikki yoqlama yozuv tizimi 
mohiyatini osonroq tushunishga imkon beradi. 
Har qanday ilmiy asoslashda, hodisani o’zini yoki uning tashqi mohiyatini 
tushuntirish yoki ochish bilan cheklanmasdan, shu bilan birga shu hodisani paydo 
bo’lish sabablarini ko’rsatish va uning ichki aloqalar qonuniyatlarini bilish zarur. Bu 
esa, o’z navbatida, hodisaga nazariy asos berish kerakligini bildiradi. 
Ikki yoqlama yozuv tamoyilini qanday amalga oshirilishini nazariy jihatdan 
asoslashda va uning mazmunini yoritishda, sodir bo’lgan xo’jalik operatsiyalarini 
bir schyotning debetiga va ikkinchi bir schyotning kreditiga yozishni moddiy asosi 
nimada ekanligiga va bu yozuvlarni teng summalarda amalga oshirish kerakligini 


qanday obektiv zaruriyat taqoza etganligi asos qilib olinadi. Bundan ko’rinib 
turibdiki, birinchidan, gap qiymatda hisobga olish va ikkinchidan, har qanday 
xo’jalik operatsiyasi pul ifodalarida teng summalarda qayd qilinishi to’g’risida 
bormoqda. Bu belgilar tovar ishlab chiqarish sharoitida buxgalteriya hisobini tashkil 
qilishni nazarda tutadi. 
Ma’lumki, tovar ikki xil xususiyatga ega, birinchidan isteomol qiymatiga
ya’ni odamlarni isteomolini buyum sifatida qondirish, ikkinchidan, almashuv 
qiymatiga, ya’ni boshqa tovarlar bilan teng almashtirish. Tovarlar isteomol qiymati 
jihatidan turlicha, ammo qiymat jihatdan bir xil taqqoslanadi. CHunki tovar 
abstraktlashgan ijtimoiy-zaruriy mehnat xarajati sifatida namoyon bo’ladi. 
Tovarlarni bozorda ayriboshlash qiymati bo’yicha amalga oshiriladi.
Ayriboshlashda doim ikkita mulkdor ishtirok etadi, birinchi, tovar egasi – 
sotuvchi, ikkinchi, puldor – sotib oluvchi. Tovar ishlab chiqaruvchi bozorda sotuvchi 
sifatida namoyon bo’lganda, uning xo’jaligidagi tovar pulga almashadi, qachonki u 
xaridor sifatida namoyon bo’lsa, uning xo’jaligidagi pul tovarga aylanadi. Bunday 
o’zgarish ayriboshlashning ekvivalent kuchiga teng qiymatlarda kechadi. Har bir 
tovar ishlab chiqaruvchi ayriboshlash jarayonini amalga oshirish uchun unda 
qancha, qanday tovarlar va qancha puli borligini doimo bilishi kerak. Axborotlar 
oqimining ko’pligi tufayli tovar va pullarda sodir bo’ladigan hamma o’zgarishlarni 
yodda saqlab bo’lmaydi. SHuning uchun tovarni pulga, pulni tovarga aylanishini 
bilgan har bir mulkdor pullar va tovarlar schyotini alohida – alohida olib boradi. SHu 
bilan birga har xil tovarlar schyotlarini ham alohida olib boradi, chunki bitta tovarni 
sotsa, ikkinchi bir tovarni sotib oladi.Har bir korxona bir holatda sotuvchi, yana bir 
holatda sotib oluvchi rolini bajaradi. Har ikkala holatda ham uning xo’jaligida 
tovarlar kamayib pullar ko’payadi, yoki teskarisi, pullar kamayib tovarlar ko’payadi. 
Pullarda va tovarlarda sodir bo’ladigan o’zgarishlarni qayd qilish ikkita 
o’lchovlarda, ko’payish yoki kamayish, sifatida qayd qilib borish bilan ifodalanadi. 
Binobarin, xo’jalik muomalalarining matematik ifodasi qarama-qarshi, ikki xil 
qiymat bo’yicha qayd qilinar ekan (plyus, minus), unda ularning yozuvini ham 
ketma-ket shu bilan birga birini ikkinchisidan alohidalangan holda olib borish zarur.

Download 394,46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish