15-mavzu: Buxgalteriya hisobining tarixi va rivojlanishi Reja: Hisobchilikning paydo bo’lishi va ririvojlanishi tarixi


 Hisob ishlari rivojlanishini bosqichlarga ajratish



Download 394,46 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/7
Sana02.03.2022
Hajmi394,46 Kb.
#479316
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
4 mavzu bux tarixi(1)

4. Hisob ishlari rivojlanishini bosqichlarga ajratish
Mashhur iqtisodchi K Rodbertus hisobchilikni paydo bo’lishi va rivojlanish 
tarixini ikki bosqichga bo’lgan – miqdoriy - kapital (pul) paydo bo’lgunga qadar 
davr, qiymatli - kapital (pul) paydo bo’lgandan keyingi davr
20
. Italiyalik olim Dj. 
CHerboni
21
hisob ishlarini rivojlanishida turt davrni ajratib ko’rsatadi: 
20
. Я. В. Соколов Очeрки по истори бухгалтерского учёта. М: Финансы стaтистикa, 1991, 
21
. Галаган А. М. Основы общего счетоведения. М. Изд. Наркомторга СССР и РСФСР, 1928. Иванов С. Ф. 
Конгресс по счетоводству в Шарлеруа. Коммерческое образование.-1912- Т. 4. -№8.


1. Qadimgi dunyo davridagi hisobchilik; 
2. Pacholigacha bo’lgan davrdagi hisobchilik; 
3. Pacholidan Villigacha – ikki yoqlama buxgalteriyani shakillanishigacha 
bo’lgan davr; 
4. Ilmiy buxgalteriyani paydo bo’lishi va rivojlanish davri. 
Ko’zga ko’ringan frantsuz iqtisodchisi va buxgalteri Leon Sey
22
ham 
buxgalteriya hisobini rivojlanishida turt bosqichni ajratib ko’rsatgan:
1. Og’zaki buxgalteriya–“buxgalter” barcha ma’lumotlarni yodida saqlash 
talab etilgan; 
2. Yozuvlarni har xil ishoralar bilan ifodalash (har ikki holatda ham hisob 
bo’lgan lekin yozuv bo’lmagan).
3. Oddiy buxgalteriya;
4. Ikki yoqlama buxgalteriya. 
Ezerskiy F. V. buxgalteriya hisobini rivojlanishida yetti bosqichni ajratib 
ko’rsatgan: 
1. Qayta hisoblangan; 
2. Qarzlar bo’yicha qayta hisoblangan
3. Oddiy; 
4. Italiyancha ikkiyoqlama; 
5. Ingilizcha nazorat; 
6. Ingilizcha nazorat va Italiyancha ikkiyoqlamani birlashgani; 
7. Ruscha uchyoqlama. 
Rossiyalik olim A. P. Rudanovskiy hisobchilikni rivojlanishini statistika va 
buxgalteriya bosqichlarini ajratatib ko’rsatadi. Rudanovskiy birinchi bosqichga ikki 
yoqlama yozuvni paydo bo’lgungacha bo’lgan barcha ishlarni qo’shadi
23
.
Anton Xaara buxgalteriya hisobini rivojlanishini besh bosqichga bo’ladi: 
1. Yakuniy inventarizatsiyasiz va yakuniy balanssiz buxgalteriya; 
2. Inventarizatsiya ro’yxatisiz sinov uchun tuzilgan balans; 
3. Inventaritsatsiya qilinmagan balans; 
4. Mulkiy balans 
5. Moliyaviy balans.
SHuningdek hisob ishlarini paydo bo’lishi va rivojlanish tarixini 
bosqichdarga ajratishda boshqa qarashlar ham mavjud
24

22
. Я. В. Соколов Очeрки по истори бухгалтерского учёта. М: Финансы стaтистикa, 1991, 11 bet.
23
. Я. В. Соколов Очeрки по истори бухгалтерского учёта. М: Финансы стaтистикa, 1991, 12 bet. 
24
. Я. В. Соколов Очeрки по истори бухгалтерского учёта. М: Финансы стaтистикa, 1991. 11 - 26 betlar. 


Hisobchilik ishlarini, xususan buxgalteriya hisobini paydo bo’lish tarixini 
chuqur tahlil qilib o’rgangan Rossiyalik olim, “Ocherki po istorii buxgalterskogo 
ucheta” nomli asar muallifi Yu.D. Sokolov buxgalteriya hisobining paydo bo’lishini 
va rivojlanishini uch davr bilan bog’laydi:
1. 600 yil oldin, korxonalar xo’jalik faoliyatidagi jarayonlarning .maqsadli 
ro’yxatga olinishi bilan; 
2. 500 yil oldin, bu borada Luka Pacholining “Schyot va yozuvlar to’g’risida” 
nomli risolasini chiqishi bilan; 
3. 100 yil oldin, bu borada har xil maktablarning paydo bo’lishi bilan. 
Biroq, buxgalteriya hisobi haqida bundan 1437 yil oldin yoki Luka Pacholidan 
qariyb 580 yil oldin, payg’ambarimiz Muhammad (sollollohu alayhi vassalam)ga 
nozil bo’lgan Quroni Karimning “Baqara” surasi 282 oyatida shunday yozilgan: “Ey 
mo’minlar, bir-biringiz bilan qarz muomilasini qilsangiz, yozib qo’yinglar! 
Oralaringizdan bir kotib adolat bilan yozsin! Parvardigori bo’lmish Ollohdan 
qo’rqsin va u qarzdan biror narsa kamaytirib yozmasin! Zimmasida qarzi bo’lgan 
kishi yozdirsin! Hech bir kotib Alloh bildirgan yozishdan bosh tortmasin, albatta 
yozsin!” Ushbu oyatning mahnosidan ko’rinib turibdiki, yozuv kitob yoki daftarga 
qilingan. CHunki alohida varaqqa qilingan yozuvlarni saqlash qiyin va yo’qotish 
oson bo’lgan. Balkim payg’ambarimiz Muhammad (s.a.v.)ning “..Ey mo’minlar, bir-
biringiz bilan qarz muomilasini qilsangiz, yozib qo’yinglar!..” degan xitobi 
buxgalteriya 
hisobining 
“Kitob” 
shaklini 
yaratilishiga 
va 
oyatdagi
“...Oralaringizdan bir kotib adolat bilan yozsin! Parvardigori bo’lmish Ollohdan 
qo’rqsin va u qarzdan biror narsa kamaytirib yozmasin!” degan so’zlar keyinchalik 
buxgalterlarni va buxgalterlik kasbini yuzaga kelishiga ham asos bo’lgandir. 
Ma’lumki, payg’ambarimiz Muhammad (s.a.v.) savdo-sotiq ishlari bilan 
shug’ullanganlar. Luka Pacholidan 914 yil oldin “Baqara” surasining 282 oyatiga 
rioya qilib, buxgalteriya hisobiga asos solib, hisob-kitob masalalarini, 
hujjatlashtirib, yozib qo’yish lozim ekanligini tahkidlaganlar, lekin kitob yozib chop 
qilmaganlar. Bundan xulosa qilish mumkinki, buxgalteriya hisobining paydo 
bo’lishini va rivojlanishi 1500 yillik tarixga ega.
SHuningdek, o’tgan asrning 50-60 yillarida hisoblash texnikasini, keyinchalik 
esa shaxsiy kompyuterlarni ixtiro qilinishi va rivojlanishi, buxgalteriya hisobini 
qog’ozsiz shaklini yaratishga asos bo’ldi. Bu o’z navbatida buxgalteriya hisobini 
rivojlanishida yangi bosqichni boshlab berdi. 
SHunga ko’ra buxgalteriya hisobini rivojlanishida qo’ydagi besh bosqichni 
ajratish maqsadga muvofiq deb bilamiz:
1. Quroni Karimning “Baqara” surasi 282 oyatini nozil bo’lgunga qadar 
bo’lgan hisobchilik;


2. Ollohdan “qarzlarni” yozib qo’yish to’g’risidagi “Baqara” surasi 282 
oyatini nozil bo’lishidan Luka Pacholining “Schyot va yozuvlar to’g’risida” nomli 
risolasini chiqishiga qadar;
3. 500 yil oldin, bu borada Luka Pacholining “Schyot va yozuvlar to’g’risida” 
nomli risolasini chiqishidan toki buxgalteriya hisobi fan sifatida shakillanganga 
qadarbo’lgan davr; 
4. Buxgalteriya hisobining kitob shaklidan chuqur mehnat taqsimotiga 
asoslsngan kartochka shaklini paydo bo’lishidan toki hisoblash texnikasi ixtiro 
qilinguncha bo’lgan davr; 
5. Hisoblash texnikasini, keyinchalik esa shaxsiy kompyuterlarni ixtiro 
qilinishi va rivojlanishi, buxgalteriya hisobini qog’ozsiz shaklini yaratilishidan 
hozirga qadar.
Yuqoridagi keltirilganlardan ko’rinib turibdiki, buxgalteriya hisobi, fan va 
mutaxassislik sifatida shakllanishi hamda rivojlanishi uzoq o’tmishga ega. 
SHu yerda O’zbekistonda buxgalteriya hisobi qachon shakllana boshlagan? - 
degan bir haqli savol tug’iladi. 

Download 394,46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish