Bog'liq 14-ma\'ruza. Yosh fiziologiyasi va gigiyena fanidan
T ojsimon tomirlar Qorincha kichik hajmda va bir-biriga mos ravishda qon haydaydi, ya’ni o’pka stvoli va aortaga haydaydi. Qorincha miokardining siqilishi, ya’ni doimiy takrorlanadigan bifasik yurak siklida sistola deyiladi, bo’shashish holati diastole deyiladi.
Yurak
- Sistola - Diastole
- Qisqarish bosqichi -Bo’shashish fazasi
- Chiqish bosqichi -To’ldirish fazasi
Aortaning pastga tushuvchi qismi (pars desendens aortae) IV ko‘krak umurtqasi sohasidan boshlanib, IV bel umurtqasi sohasida o‘ng va chap umumiy yonbosh arteriyalariga bo‘linadi. Bo‘lingan joyi bifurcatio aortica deb ataladi. Aortaning davomi esa ingichka dumg‘azaning o‘rta arteriyasiga (a.sacralus mediana) aylanib, dumg‘azaning chanoq yuzasidan pastga tomon yo‘naladi. Aortaning pastga tushuvchi qismi o‘z navbatida ko‘krak va qorin qismlariga ajratiladi. Aortaning ko’krak qismi (pars thoracica aortae) ko’krak qafasida orqa ko‘ks oralig‘ida joylashadi. Dastlab u qizilo‘ngachning old va chap tomonida yotadi. VIII-IX ko‘krak umurtqalari sohasida qizilo‘ngachni chap tomonidan aylanib uning orqa tomoniga o‘tadi. Aortaning qorin qismi (pars abdominalis aortae) diafragmaning aorta teshigidan o‘tgan joyda XII ko’krak umurtqasi sohasidan boshlanib bel umurtqalarining old tomonida yotadi.
Yangi tug‘ilgan chaqaloqda aortaning diametri 18-20 mm, kengligi 15-16 yoshlarda 4 sm bo‘ladi. Pastga tushuvchi aorta 50 yoshgacha 4 marta uzayadi. Bu davrda uning ko‘krak qismi qorin qismiga nisbatan tezroq o’sadi.
Aorta ravog‘i tarmoqlari. Yelka-bosh poyasi (truncus brachiocepalicus) aorta ravog‘idan o‘ng II qovurg‘a tog‘ayi sohasida chiqadi. Yelka - bosh poyasi yuqoriga va o‘ng tomonga yo‘nalib, o‘ng to‘sh - o‘mrov bo‘g‘imi sohasida o‘ng umumiy uyqu va o‘ng o‘mrov osti arteriyasiga bo‘linadi. Umumiy uyqu arteriyasi (a.carotis communs) o‘ng tomonda yelka - bosh poyasidan chap tomonda bevosita aorta ravog‘idan boshlanadi. Shuning uchun chap umumiy uyqu arteriyasi o‘ngiga nisbatan 2-2,5 sm uzun. Umumiy uyqu arteriyasi to‘sh - o‘mrov so‘rg‘ichsimon va kurak - til osti mushaklarning orqasida bo‘yin umurtqalari ko‘ndalang o‘simtalari oldida vertikal yo‘nalib yuqoriga ko‘tariladi. Bo‘yinda uning lateral tomonida ichki bo‘yinturuq venasi, orqa tomonida adashgan nerv joylashgan bo‘lib, bo‘yin fastsiyasi bilan o‘raladi va bo‘yinning tomirli - nervli dastasini hosil qiladi. Qalqonsimon tog‘ayning yuqori chekkasi sohasida har bir umumiy uyqu arteriyasi bifircatio carotidis hosil qilib tashqi va ichki uyqu arteriyalariga bo‘linadi. Ular bo‘lingan joyda quyuq kapillyarlar to‘ri va nerv uchlaridan iborat uyqu koptokchasi (glomus caroticum) joylashgan. Aorta ravog‘idan boshlanuvchi umumiy uyqu arteriyasining kengligi bir yoshgacha 3-6 mm bo‘lsa, 15-16 yoshda 6-7 mm, kattalarda 9-14 mm bo‘ladi.
Pastga tushuvchi aorta (aorta decendens) aortaning eng uzun qismi. U ko‘krak va qorin qismlariga bo‘linadi. Pastga tushuvchi aorta bolalarda IV ko‘krak umurtqasi sohasidan boshlanib, umurtqa pog‘onasi bo‘ylab V bel umurtqasi sohasigacha tushadi.Yangi tug‘ilgan chaqaloq aortasi diametri 18-20 mm bo‘lsa, balog‘at davrida 4 sm ga yetadi. Bu davrda pastga tushuvchi aortaning ko‘krak qismi qorin qismiga nisbatan tez o‘sadi.
Aortaning ko‘krak qismi. Pastga tushuvchi aortaning ko‘krak qismi (aorta thoracica) ko‘krak qafasida orqa ko‘ks oralig‘ida yotadi. Undan ko‘krak qafasi devoriga boruvchi parietal va ichki a’zolarga boruvchi vistseral tarmoqlar chiqadi.
Ko‘krak aortasining parietal tarmoqlari quyidagilar:
1.Qovurg‘alararo orqa arteriyalar (a.intercostalis posteriores) 10 juft bo‘lib, III-XII qovurg‘alar oralig‘ida, qovurg‘a egatida tashqi va ichki qovurg‘alararo mushaklar o‘rtasida yotadi. Bu arteriyalar qovurg‘alararo mushaklarni, qovurg‘ani va ko‘krak terisini qon bilan ta’minlaydi. Orqa qovurg‘alararo arteriyalardan qovurg‘a boshining pastki chekkasida orqa mushaklari va terisiga orqa tarmoq (r.dorsalis), undan umurtqalararo teshik orqali kirib orqa miya va uning pardalarini qon bilan ta’minlovchi orqa miya tarmog‘i (r.spinalis) chiqadi. Orqa qovurg‘alararo arteriyaning lateral va medial teri shoxlari (rr.cutanei medialis et lateralis) ko‘krak va qorin terisini qon bilan ta’minlaydi. Bundan tashqari IV-VI qovurg‘alararo arteriyalardan sut bezlari tarmoqlari (rr.mamaria lateralis) ham chiqadi. XII orqa qovurg‘alararo arteriya XII qovurg‘a ostida yotgani uchun qovurg‘a osti arteriyasi (a.subcostalis) deb ataladi. X-XII orqa qovurg‘alararo arteriyalar qorin qiyshiq mushaklari orasidan o‘tib, qorin ustining ustki arteriyasi tarmoqlari bilan anastomozlashadi.
2.Diafragmaning ustki arteriyasi (a.phrenicae superioris) juft, aortadan diafragmani ustida boshlanib, uning bel qismini va uni qoplagan parietal plevrani qon bilan ta’minlaydi.