14-MAVZU. QON AYLANISH TIZIMINING YOSH XUSUSIYATLARI VA GIGIYENASI
Reja:
1.Qonning gruppalari.
2.Qon aylanish va yurak-tomir faoliyatining yosh xususiyatlari.
3.Yurak qon-tomir tizimining chiniqtirish va jismoniy mashqlanishning ahamiyati.
Tayanch tushunchalar: Qon, limfa, eritrotsit, leykotsit, trombotsit, qon deposi, muhit, vorsinka, plazma, gemoglabin, immunitet.
Bolaning o‘sish va rivojlanish jarayonida yurak massasi va hajmi ortib boradi. Shu bilan birga funksiyasi ham o‘zgaradi. Bunday o‘zgarishlar bolaning birinchi yoshlarida, qisman barcha yoshida va jismoniy balog‘at yoshida juda tez bo‘ladi. Katta odamda yurak konus shaklida bo‘lib, ko‘krak qafasidan 1F3 qismi chap tomonda, 2F3 qismi o‘ng tomonda joylashgan muskulli organdir.
Yurak 3 qavatdan tuzilgan: tashqi seroz, epikard qavat, o‘rta muskulli va ichki yassi epiteliydan tashkil topgan - endokard qavatdan iborat. Tashqi qavat yurak haltasiga tutashib ketgan bo‘ladi. Odam yuragi bir-biridan ajralgan o‘ng va chap bo‘laklarga bo‘lingan bo‘ladi. Yurakning o‘ng bo‘lagiga organizmdan kelaetgan vena tomirlari quyiladi. Chap bo‘lagiga o‘pkadan kelayotgan arteriya qoni bo‘lgan o‘pka venalari quyiladi.
Yurakning har bir bo‘lagi ikki kameradan: bo‘lmacha va qorinchadan tashkil topgan. Shunday qilib, yurak 4 kameradan: ikkita yurak bo‘lmasi va ikkita yurak qorinchalaridan tashkil topgan bo‘ladi
Bolaning 7-8 yoshida yurak muskullarining elastik tolalari yaxshi rivojlanmagan bo‘ladi. Yurak muskullarining rivojlanishi va diferensiyalanishi 18-20 yoshgacha davom etadi.
Yurak bo‘lmachalari va qorinchalarining ketma-ket qisqarishi hamda bo‘shashishini yurakning o‘tkazuvchi tizimi uyg‘unlashtirib turadi. Impul’slar yurakning muskul tolalaridan atipik muskul tolalari orqali boshqa muskullarga o‘tadi. Bu tolalar Purkine tolalari deb ataladi.
Yurakning o‘ng qulog‘i bilan yuqorigi kovak vena o‘rtasida tolalar tuguni bo‘lib, ular Keyt-Flak tuguni deb ataladi. Bu tugun xuddi shunday tolalar yordamida yurakning o‘ng qulog‘i bilan qorinchasi o‘rtasida joylashgan ikkinchi tugun – Ashof-Tavar tuguniga tutashadi. Bu tugundan kattagina tolalar tutami – Gis tutami boshlanib, u qorinchalar to‘sig‘i bo‘ylab pastga tushadi va ikki oyoqchaga bo‘linadi, so‘ngra o‘ng va chap qorincha epikardi ostida tarmoqlanib, so‘rg‘ichsimon muskullarda tugaydi.
C
Klapan xalqasi
Yarim oysimon klapanlar
Aorta ildizi
A - mitral klapanlarning yuqori ko’rinishi
B - mitral (qalpoqchali) klapanlarning ochiq tishlari
C - aorta klapanlarining yuqoridan ko’rinishi
D - aorta klapanlari arteriya kesilishi va klapan yechilishi
3-ta qoziq tishlar klapin o’ng yurak bo’lmasi va o’ng yurak qorinchasi orasida joylashgan. Ikkita qoziq tishlar klapin (bicuspid valve, mitral valve) chap yurak bo’lmasi va chap yuurak qorinchasini ajratib turadi.
Yarim oysimon klapinlar o’pka arteriyasi va aortaga kirishda joylashadi ular to’liq o’ng yurak qisilishidan keyin orqadan oqadigan qonni saqlab qoladi.
O’ng qorinchaning devori
ventricle
Wall of right
ventricle
Oldingi ichki qorincha tarmog’i
miokard
perikard
endokard
chap qorincha devori
chap qorincha
o'ng qorincha
Orqa ichki qorincha tarmog’i
Do'stlaringiz bilan baham: |