14 Mavzu. Ko‘priklar arxitekturasi Reja: Kо’priklar konstruksiyasi va ularning zamonaviy turlari



Download 21,04 Mb.
bet7/14
Sana21.12.2022
Hajmi21,04 Mb.
#892940
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
Bog'liq
14 mavzu

“O‘zavtoyo‘l” DAK tomonidan 1912–1914 yillarda qurilgan Buxorodagi Zarafshon daryosi ustidan o‘tgan “Choriqulboy” ko‘prigini rekonstruksiya qilindi.Kompaniya ma’lumotlariga ko‘ra ko‘prik Chexiya arxitektorlarining eskiziga muvofiq qurilgan. Ko‘prik qurilishida Germaniya va Buxorolik quruvchilar qatnashgan. Ko‘prikning uzunligi 100m, eni 7,5m. Ko‘prikni balandligi 4m bo‘lgan sakkizta kolonna ushlab turadi.




Neolit asridan beri mavjud bo‘lgan Ridjuey yo‘li Angliyaning eng qadimiy yo‘llaridan biri hisoblanadi (miloddan avvalgi taxminan 3000 yilda yuzaga kelgan). Yo‘l uzunligi 135km ni tashkil

etib, u g‘arbdagi Overton-Xilldan sharqdagi Ayvingo-Bikon (Bakingemshir) grafliklaridan o‘tadi [45]. Ridjuey yo‘li angliyaning Goring pasttekisligidan g‘arbdagi katta-kichik tepaliklari (ingl. ridge, nomi ham shundan kelib chiqqan) va Temzadan sharqroqdagi o‘rmonlar bilan qoplangan Chiltern qirlarida solingan bo‘lib, bir vaqtlari o‘tib bo‘lmaydigan o‘rmon va botqoqliklarni aylanib o‘tadi.
Gyolchtalbryukke viadugi (nem. Göltzschtalbrücke) – temir yo‘l ko‘prigi va dunyodagi g‘ishtdan qurilgan eng katta viaduk. Ko‘prik Milau va Nechkau shaharlari orasidagi Gyolch daryosi vodiysidan, Rayxenbax-im-Fogtland shahridan (Saksoniya) 4km g‘arbroqdan, Tyuringiya va Saksoniya federal o‘lkalari orasidagi chegara bilan, Grays shahri yaqinida qad ko‘targan. Ko‘prik balandligi – 78 metr, umumiy uzunligi – 574 m, eni – 23 m, ko‘prikning eng katta oralig‘i – 30,9 m, oraliqlar soni – 29, qavatlari – 4 ta, ochilish sanasi 1851 yilning 15 iyul kuni.


Bugunga kelib ko‘prik Drezden–Nyurnberg tezkor magistralining bir qismidir. Ko‘prikni qurishda 26021000 dona g‘isht va 17089 m³ qum ishlatilgan.
Viaduk qurilishiga har kuni 50000 g‘isht ishlatilgan. Buning uchun 20 ta g‘isht zavodi ishlagan. Qurilish ishlariga ko‘prik dizayneri Iogan Andreas Shubert (1808–1870), bosh muhandis Robert Vilke (1804–1889) va muhandis Ferdinant Dost (1809–1888) lar rahbarlik qilishgan. Qurilish ishlariga jami 1736 ta ishchi yollangan va ularning 31nafari qurilish mobaynida halok bo‘lgan. Ochilish davrida u dunyodagi eng katta ko‘prik bo‘lgan va hozirgi kunda esa eng katta g‘isht ko‘prik hisoblanadi.





Varzaska daryosidan o‘tgan ko‘prik Shveysariyadagi eng chiroyli vodiysi hisoblangan Varzaska Tichinoda joylashgan. Varzaska daryosining kristall singari toza suvlari va o‘simliklari turist va sportsmenlarni o‘ziga tortadi. Daryo 2864m balanlikda

boshlanib, janubda Majore kuliga borib quyiladi.
Solkan ko‘prigi Sloveniyaning g‘arbiy qismida Brda degan joyda joylashgan. Nova Goritsadan Solkan ko‘prigiga borish mumkin. Bu ko‘prik zumrad kabi ko‘m-ko‘k Socha daryosidan o‘tadigan eng chiroyli tosh va eng uzun temir yo‘l ko‘prigi hisoblanadi.

Qadimdan Xitoyda nafaqat to‘sinli, balki osma ko‘priklar ham qurib kelingan [45]. Ayniqsa inshootlarning bu turi Xitoyning janubidagi tog‘li hududlarda va g‘arbida ko‘plab qurilgan. Bunday ko‘priklar qurilishida ishlov berilgan bambuk troslar ishlatilib, vaqt o‘tishi bilan ularni temir zanjirlar bilan almashtirganlar. Tagidan jarlik o‘tgan yoki asov tog‘ daryosi suvlari o‘tgan osma ko‘prikning har ikki tomonida xitoy uslubidagi bejirim ayvonchalar yoki tosh minorachalar tiklanib, ular manzaraga yanada go‘zal ko‘rinish baxsh etganlar. Odamlar dastlabki osma ko‘prik sifatida liana (chirmoviq o‘simliklarning umumiy nomi) va boshqa sudralib o‘sadigan o‘simliklardan foydalanganlar.



Osma ko‘prik, Lunshen uezdi, Guansi. Eng birinchi zanjirli osma ko‘prik to‘g‘risidagi yozma ma’lumotlar miloddan avvalgi 630 yilga to‘g‘ri keladi. Tosh zanjirlar bilan mahkamlangan va bizning kunlarga qadar saqlanib qolgan eng qadimgi ko‘prik Yunnan provinsiyasida

joylashgan. 1475 yilda qurilgan sixun ko‘prigi daryo ustidan 20m tepada yuksalib, uning uzunligi 100m, kengligi esa 3m ga teng. Qachonlardir bu ko‘prik Xitoyni qo‘shni mamlakatlar – Myanma va Laos bilan bog‘lovchi asosiy yo‘l vazifasini bajargan.

Download 21,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish