14 Mavzu. Ko‘priklar arxitekturasi Reja: Kо’priklar konstruksiyasi va ularning zamonaviy turlari


MDH mamlakatlari ko‘priksozlik maktabi



Download 21,04 Mb.
bet9/14
Sana21.12.2022
Hajmi21,04 Mb.
#892940
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
14 mavzu

MDH mamlakatlari ko‘priksozlik maktabi. Ko‘priksozlikda XVIII asrning ikkinchi yarmidan, Angliyadagi sanoat inqilobi yetarli miqdordagi bir turli cho‘yan olish imkonini berganidan so‘ng metall keng ko‘lamda foydalanila boshlandi. Dastlabki cho‘yan arkali ko‘prik (u xozirgacha saqlanib qolgan) Angliyada 1774 yili qurilgan.
XIX asrdan boshlab to‘sinli ko‘priklarni temir, po‘lat va betondan tiklay boshlashgan. To‘sinli temir ko‘priklardan Uelsdagi Britaniya-Brij ko‘prigi (1850), hamda Germaniyadagi 1936 y. qurib bitirilgan Elba darsidagi po‘lat qutisimon to‘sinli ko‘priklar eng birinchilardan bo‘lgan. Xuddi shunday qutisimon kesimli monolit to‘sinli ko‘prik AQSh ning Konnektikut shtatidagi Shelton-Roud-Brij (1952 y.) hisoblanadi.
XX asr boshi ko‘priksozligi tahlili u konstruktiv-texnik, ham me’moriy-badiiy jihatdan ulkan yutuqlarga erishganligini ko‘rsatadi. Konstruktiv yechimlar turli-tuman ko‘rinish olib, har xil po‘lat oraliq tizimlar o‘zlashtirildi, temirbetondan tobora ko‘proq foydalana boshlandi. Bularning bari ko‘priksozlarning ijodiy imkoniyatlarini anchagina kengaytirdi. Ko‘priklarni, ayniqsa shahar ko‘priklarini loyihalashtirishda keng ko‘lamli me’moriy-shaharsozlik qarashlari tobora kattaroq o‘rin tuta boshladi. Bunda shaharning umumiy muhitiga mos, u bilan uyg‘unlashgan inshootlar qurishga intilish tobora ko‘proq namoyon bo‘lib bordi. Bu ko‘prik konstruksiyasini tanlash, uning detallarini ishlab chiqish ishlarida ham ro‘yobga chiqdi.
Rossiyada ko‘priklar loyihalashtirish va ularni qurish Peterburg yo‘llar instituti (bugungi kunda PGUPS) bitiruvchilari tomonidan amalga oshirilib, ular orasidan S.V Kerbedz (1810–1899), D.I. Juravskiy (1821–1891), F.I. Enrold (1828–1877) kabi mashhur olimlar va ko‘priksozlar yetishib chiqdilar.
MDH mamlakatlarida XIX asr ko‘priksozlik maktabi jahon darajasidan ortda qolmay, ko‘priklarga oid fanga sezilarli xissa qo‘shdi. Rossiya ko‘priksozlik ilmiy maktabiga ko‘p panjarali fermalarni hisob-kitob qilish nazariyasini ishlab chiqqan, urinma kuchlanishlari nazariyasini yaratgan D.I. Juravskiy ayniqsa katta ulush qo‘shdi.
D.I. Juravskiyning muhandislik faoliyati Moskva – Peterburg magistrali qurilishi bilan birga boshlandi deb aytish mumkin. U yerda yog‘och fermali ko‘plab ko‘priklar qurish talab etilardi. Juravskiy taniqli Gau fermalariga konstruktiv o‘zgartirishlar kiritib, ularni hisoblash nazariyasini yaratdi va bu uzunligi 62m gacha bo‘lgan oraliqlar yaratish imkonini berdi.
XIX asr boshiga kelib katta va o‘rta hajmli ko‘priklar qurilishida avvaliga ko‘p panjarali, keyinroq ko‘p hovonli metall oraliq qurilmalaridan keng ko‘lamda foydalana boshladilar. Rus muhandisi, D.I. Juravskiyning izdoshi S.V.Kerbedz ko‘p panjarali fermalar konstruksiyasini takomillashtirib, kamroq sonli, ammo qattiqroq elementli panjaralarni qo‘llashni taklif etdi.
Metall ko‘priklar to‘g‘risidagi fan rivojiga buyuk olim N.A. Belelyubckiy (1848–1922) ulkan hissa qo‘shdi. U oraliq qurilmalarining bosh fermalari ko‘p hovonli elementlari sxemasi va konstruksiyasini yaxshilab, bosh ferma uzellaridagi ko‘ndalang to‘sinlarni sharnirlarga tayantirishni o‘ylab topdi. 1983 yili u metall ko‘priklarda payvandlangan metall o‘rniga yaxlit quyilgan metalldan foydalanish afzalligini aniqladi. Belelyubskiy loyihasiga binoan anchagina ko‘priklar qurilgan bo‘lib, ulardan bir qanchasidan hozirda ham foydalaniladi. Bu inshootlar o‘ziga xos ko‘rinishga ega bo‘lib, ularning oraliq qurilmalariga qarab muallifini aniqlab olish mumkin. Belelyubskiyni ko‘priklarni namunaviy loyihalashtirish asoschisi deb bemalol aytishimiz mumkin.
XIX asr oxirlariga kelib panjarali va ko‘p hovonli fermalardan oddiy uchburchak panjarali fermalarga o‘tish boshlandi. Bu taniqli olim, 1896 yili asos solingan Moskva muhandislik bilim yurtining (bugunda MIIT) birinchi prorektori, qurilish mexanikasi va ko‘priklar kafedrasining mudiri L.D.Proskuryakov (1858–1926) tashabbusi bilan amalga oshirildi. Ko‘priklar hisobi, xususan ta’sir chiziqlari bo‘yicha hisoblar borasidagi bir qancha yirik ilmiy ishlar Proskuryakov tomonidan bajarilgan. U Volga, Amur, Moskva, Oka daryolari ustidan o‘tgan ko‘prik loyihalarining mualllifi hisoblanadi. Uning Yenisey daryosidagi ko‘prigi esa Parijda 1900 yili bo‘lib o‘tgan Butunjahon ko‘rgazmasida oltin medalga sazovor bo‘lgan.
L.D. Proskuryakov loyihalashtirgan ko‘priklar jozibali, zamonaviy ko‘rinishga ega. Bosh ferma elementlari katta bikirlikka ega. Bu inshootlar kelajakni o‘ylab, uzoq muddat foydalanish maqsadida qurilgan bo‘lib, shu sababli ulardan aksariyati bugungi kunda ham odamlarga xizmat qilib kelmoqda.
N.A. Belelyubskiy va L.D. Proskuryakov tomonidan loyihalashtirilgan metall ko‘priklar o‘tgan asrning taxminan yigirmanchi yillarigacha qurib kelindi. Oraliq qurilmalari qurilish maydonchalarida yig‘ilib, alohida elementlar ustaxonalarda tayyorlangan. Ular butun maydonchalarda to‘sinlarga yig‘ilgan. Elementlar va ularning birikmalari joyida moslashtirilib yig‘ilgan. Montaj mexanizmlarining yetarli quvvatga ega emasligi detallar o‘lchamlari va ular massasini cheklab qo‘ygan.
XX asr boshlariga kelib ham ko‘priksozlik maktabi o‘tmishning eng sara an’analarini davom ettirdi. Bu fan va yo‘nalish boshida ko‘priksoz olimlar akademiklar G.P. Perederiy (1871–1953), Ye.O. Paton, N.S. Streleskiy, professorlar I.P. Prokofev, G.K. Yevgrafov, K.G. Protasov kabilar turgan edilar. Oraliq qurilma elementlarini zavod sharoitida ishlab chiqarish yo‘li tanlandi. Qurilish maydonida esa faqat montaj ishlari bajariladigan bo‘ldi.
Asosan temirbeton ko‘priklarni konstruksiyalash, hisob-kitob qilish va qurish masalalariga bag‘ishlangan bu ishida olim ularning arxitekturasi masalalarini ham ko‘tardi. Perederiy ko‘priklarni loyihalashtirishda muhandis va rassom birgalikda mehnat qilishi, inshootning badiiy ahamiyati ustuvor bo‘lgan joylarda ko‘prikni oraliqlarga bo‘lish ishlari rassom bilan hamkorlikda bajarilishi zarur deb hisoblagan.
Bir izli metall oraliq qurilmalarining uzunligi 27m dan 99,2m gacha bo‘lgan dastlabki namunaviy loyihalari 1924–1925 yillarda prof. N.S.Streleskiy rahbarligidagi muhandislar guruhi tomonidan ishlab chiqildi. Bu konstruksiyalar avvalgilaridan bosh fermalar “belbog‘lari” paketlaridagi gorizontal listlar maydoni kichikroqligi, panellari esa, aksincha, kattaroqligi bilan ajralib turardi. O‘ttizinchi yillar boshidan ko‘priksozlik sanoatida payvandlashdan foydalana boshlandi. Yaxlit payvandlangan oraliq qurilmali, uzluksiz bosh fermali, o‘sha davr uchun rekord 45m uzunlikka ega bo‘lgan dastlabki metall ko‘priklar qurildi. Bu ishga elektr payvandlash institutining asoschisi ko‘priksoz olim Ye.O. Paton (Kiev) juda ulkan hissa qo‘shdi.
1.10-rasmda ko‘priklarning to‘sinli, arkali, vantli va kombinatsiyalangan sxemalari keltirilgan.
Rossiyada temirbeton ko‘priklar qurilishiga Yo‘llar vazirligi tomonidan 1898 yili rasman ruxsat berildi. Ammo ularni loyihalashtirish va qurish bo‘yicha birinchi me’yorlar faqat 1908 yilga kelib tasdiqlandi. Bu sohada beton va temirbetonni joriy qilish g‘oyasi yirik ko‘priksoz olim, sun’iy inshootlar nazariyasi va ularni loyihalashtirish bo‘yicha ko‘plab ilmiy ishlar muallifi akademik G.P. Perederiy tomonidan taklif etildi.
Dastlabki temirbeton ko‘priklar deb uzlukli oraliq qurilmalari uzunligi 12m gacha bo‘lgan to‘sinli ko‘priklarni ko‘rsatish mumkin.


1.10-rasm. Zamonaviy avvaldan zo‘riqtirilgan temirbeton ko‘priklarning asosiy tizimlari: a – MDH da; b – Yaponiyada; v – Liviyada; g – Fransiyada; d –Italiyada;
ye – Avstraliyada (har bir sxema bo‘yicha ko‘prikning mazkur statik tizimidagi usti qoplangan eng katta oraliq ko‘rsatilgan); j – konsolli oraliq qurilmali ko‘prik

Shundan so‘ng temirbetonni boshqa (arkali, ramali) tizimlar, shu jumladan ko‘p oraliqli tizimlarda ham qo‘llay boshladilar. MDH mamlakatlarida qurilgan birinchi ulkan arkali ko‘prik sifatida Dnepropetrovsk shahrida Dnepr daryosiga qurilgan (1932) ko‘prikni ko‘rsatish mumkin. Uning arkalari hisobiy oralig‘i 55 metrni tashkil qiladi.


Oraliq qurilmalari avvaldan zo‘riqtirilgan dastlabki ko‘priklar 1948 yili paydo bo‘ldi. Mahalliy hamda chet el ko‘priksozligi uchun zamonaviy avtomobil ko‘priklarida avvaldan zo‘riqtirilgan temirbeton konstruksiyalar qo‘llana boshlandi.

Download 21,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish