14 - Mavzu. Ko‘priklar arxitekturasi
Reja:
1.Kо’priklar konstruksiyasi va ularning zamonaviy turlari.
2.Avtomobil yо’llarida kо’priklarning landshaftli loyihasidagi о’rni, loyihalash prinsiplari.
3.Kо’priklarning tasniflanishi.
Birinchi ko‘prikni kim qurgan? Bu savolga javob berish uchun biz uzoq o‘tmishga nazar solishimiz lozim, chunki odam doim va hamma joyda uning yo‘lida uchragan ariq va daryolardan o‘tish yo‘lini qidirgan.
Ehtimol, daraxt birorta ariq ustiga ko‘ndalang qulab, tabiatning o‘zi odamga birinchi ko‘prikni taqdim etgandir. Odam buni osongina ko‘chirib olgan bo‘lsa kerak. Ehtimol, tarixgacha (qadimiy) qandaydir bir muhandis ariq o‘rtasiga tosh tashlab va u orqali qirg‘oqqa yog‘ochni tashlab o‘tishni o‘ylab topmaguncha, xuddi shunday yog‘och ko‘priklardan uzoq vaqt foydalanilgan bo‘lishi mumkin [45].
Ikkita yog‘och bir-biriga yaqin yotqizilib, to‘shama o‘rnida uning ustiga ko‘ndalang to‘sinlar yotqizilgan. Mukammallashmagan tayanchli birinchi oddiy to‘sinli ko‘prik shunday qilingan. Uncha chuqur bo‘lmagan keng ariq ustida ko‘prik qurishdagi keyingi qadam bir nechta tayanch qurish va ularni yog‘och yoki toshli plitalar bilan birlashtirishdan iborat bo‘lgan.
Sun’iy inshootlar to‘g‘risidagi dastlabki eslatmalar eramizdan avvalgi uch minginchi yillar boshiga oid. Qadimgi Misr, Bobil va Ossuriyada sun’iy inshootlar qurilishi taraqqiy etib, keyinroq u qadimiy Rimda o‘z ravnaqining cho‘qqisiga erishdi.
Yangi era mobaynida, undan keyingi o‘rta asrlarda ham ko‘priksozlik kasbi jamiyatda yuksak darajada qadrlanib, bu kasb egalari jamoa hurmatiga sazovor bo‘lgan. Bunga Rimdagi Troyan kolonnasi misol bo‘lib xizmat qiladi. Rim hokimi, tarixda Troyan imperatori nomi bilan qolgan Markus Ulpius Troyanus (Markus Ulpius Troianus) 113 yilda balandligi 38 metrli Troyan kolonnasini qurishni buyuradi.
Kolonnada nafaqat Troyan-Dakiya urushlariga oid lavhalar, balki pontonli ko‘prik, Troyan buyrug‘iga binoan Damashqlik Appolodor (Appolodorus) tomonidan 101 yili Dunay orqali qurilgan kapital ko‘prik tasviri tushirilgan. Qadimgi Rimda ko‘plab sun’iy inshootlari bo‘lgan yo‘llar tarmog‘i uzunligi 80 000km ga yetadi. Faqat Rimning o‘zida ko‘pgina akveduklar, tonnellar, tirgak devorlar kabi inshootlari bo‘lgan suv yo‘llari taxminan 500km ni tashkil etgan. Italiya, Fransiya, Ispaniya hududida o‘nlab ana shunday inshootlar saqlanib qolgan. NASA kosmik chelnoklari Xindiston va Shri-Lankani birlashtiruvchi yog‘och ko‘prikni topishga muyassar bo‘lishdi. Ko‘prik yoshi 1750 ming yilga baholanadi va buni qadimiy Ramayana kitoblaridagi yozuvlar tasdiqlaydi [45].
|
Xozirgi vaqtda Adam Ko‘prigi nomini olgan ko‘prik Hindiston va Shri-Lanka orasidagi bo‘g‘oz bo‘ylab 30km li sirli dengiz shelf uyumidan hosil bo‘lgan. Ekspertlar uning shakli va tarkibidan kelib chiqib ko‘prik tabiiy sabablar oqibatida emas, balki odam
|
faoliyati natijasida paydo bo‘lgan degan hulosaga keldilar. Rivoyatlarda aytilishicha, arxeologlar ham bu fikrni tasdiqlaydilar, odamlar Shri-Lankaga ko‘prikning taxmin qilinayotgan yoshiga mos davrda, ya’ni 1750 ming yil oldin kelib joylashganlar.
|
Dunyodagi dastlabki ko‘priklardan biri Rossiyaning Zakubeje nomli joyida (Sergiev-Posad r-ni) arxeologiya yodgorligi – deyarli 7500 yil ilgari tosh boltalar yordamida tiklangan yog‘ochdan qurilgan ko‘prik mavjud [45]. RFA Arxeologiya institutida
|
ma’lum qilishlaricha, bu o‘ta noyob inshoot Zabolotskiy ko‘li atrofida joylashgan Zakubeje qishlog‘i yaqinida topilgan. U kengligi 2, uzunligi esa 5 metrni tashkil etgan yog‘och, aniqrog‘i oq qayindan yasalgan konstruksiyadan iborat bo‘lib, uni qurishda bironta ham mix ishlatilmagan. So‘nggi paytga qadar taxminan olti ming yil avval Shveysariyada qurilgan ko‘prik eng qadimgi inshoot hisoblab kelingan edi. Har ikkala ko‘prik ham yog‘ochdan yasalgan bo‘lib, tashqi ko‘rinishi ham bir-biriga o‘xshash. Yevfrat daryosiga qurilgan tarixdagi birinchi ko‘prik to‘g‘risidagi eslatma miloddan avvalgi 600 yilga tegishli bo‘lib, u haqida yunon tarixchisi Gerodot asarlarida qayd etilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |