14.26-rasm. Yerga talab
Bu erda qishloq xo’jaligi uchun bo’lgan talab chizig’i manfiy yotiqlikka ega. Nega
deganda, yer unumdorligining kamayish qonuniga asosan, mavjud texnika va
texnologiya
o’zgarmaganda foydalaniladigan erning ortib borishi,
uning osildorligini kamayib
borishiga olib keladi. D.Rikardoning (1772-1823) ilmiy asarlari yer unumdorligining
kamayish qonunini keng tarqalishida muhim rol o’ynagan.
Noqishloq xo’jalik sohalarining yerga bo’lgan talab chizig’i ham manfiy yotiqlikka
ega. Bu erda ham qurilish uchun nafaqat shahar ichidagi erlardan foydalaniladi (ular
cheklangan), balki shahar atrofidagi erlardan ham foydalanishga to’g’ri keladi.
Hozirgi
vaqtda qishloq xo’jaligi bilan bog’liq bo’lmagan sohalar uchun erga bo’lgan talab o’sish
tendentsiyasiga ega. Ushbu talab o’z ichiga uy-joy qurish uchun bo’lgan talabni,
infratuzilma ob’ektlari uchun va sanoat ob’ektlari qurish uchun bo’lgan talablarni oladi.
Inflyatsiya darajasi yuqori bo’lganda ko’pchilik ortiqcha pulini er sotib olishga sarflaydi
(yerga bo’lgan inflyatsion talab). Shuning uchun ham er boylikni saqlash va uni ortishini
ta’minlash ob’ekti sifatida qaraladi. Noqishloq xo’jalik
yerlarga talab yerning
hosildorligiga bog’liq bo’lmay, ko’proq uning qulay joylashuviga (shaharga yaqin)
bog’liqdir. Odatda shahar markazlaridagi yer narxi yuqori bo’ladi, shahar markazidan
yiroqlashgan sari esa uning narxi kamayib boradi.
Qishloq xo’jaligi uchun kerak bo’lgan erlarga talab
uning hosildorligiga va bu
hosildorlikni oshirish imkoniyatlariga, erning joylashuviga (qishloq xo’jalik
mahsulotlari
iste’molchilaridan uzoqlashish darajasiga) bog’liq.
Qishloq xo’jalik yerlariga talab oziq-ovqat mahsulotlariga bo’ladigan talab bilan
belgilanadi. Ma’lumki, oziq-ovqat mahsulotlariga talab noelastikdir.
Insonlar oziq-
ovqatsiz yashay olmaydilar. Shuning uchun am oziq-ovqat mahsulotlarining asosiy
turlariga bo’lgan talab, ularning narxi qanchalik oshmasin, kam o’zgaradi.
Oziq-ovqat mahsulotlariga talabning noelastikligi shuni bildiradiki, ularning taklifini kam
miqdorda
qisqartirish, mahsulotlar narxini keskin oshib ketishiga sabab bo’lishi mumkin
va aksincha, taklifning ko’payishi (hosildor yil kelganda), oziq-ovqat mahsulotlari narxini
keskin kamayib ketishiga olib kelishi mumkin.
Yer rentasi
- cheklangan yer resurslaridan (boshqa tabiiy resurslardan)
foydalanganlik uchun to’lov.
Iqtisodiy renta yer rentasiga ko’ra kengroq ma’noga ega, buni yuqorida ko’rgan edik.
Absolyut renta
- bu barcha yer egalari tomonidan yerning sifatiga bog’liq
bo’lmagan holda oladigan rentadir (absolyut renta K.Marks tomonidan kiritilgan).
Yer rentasini tahlil qilish uchun quyidagi shartlar bajarilgan deb faraz qilinadi:
ishlab chiqarilgan barcha mahsulot bozor uchun ishlab chiqariladi;
Do'stlaringiz bilan baham: