23.2. Amaliy uzatilish
Amalda zanjirda buzilmay uzatilishi shartlari chastotalar cheklangan diapazonda taxminiy ravishda bajariladi
( past chastotali filtrlarda ),
0 → ω0 diapazonida. Bu holda buzilishning darajasi chastotalar diapazonining kengligiga bog’langan. Bu bog’lanishni ko’rib chiqamiz: ikki xil ta’sirga reaksiyasini tahlil qilamiz (isbotsiz):
23.2.1. Bosqichning ta’siri
T≈π/ω0 – chiqishdagi signalning fronti.
Kirishdagi signal t=0 bo’lgan paytda noldan birgacha oniy ravishda o’zgaradi, chiqishdagi signal esa tkech vaqti o’tganda 12 qiymatni qabul qiladi. Reaksiya ta’siriga nisbatan buzilgandir.
23.2.2.Impulsning ta’siri
0→ω0 - o’tkazish oralig’i
Cheklangan o’tkazish oraliqli zanjirning impulsli ta’sirga reaksiyasi buzilgan bo’ladi. Agar o’tkazish oralig’i torroq bo’lsa (ω0 - kichik), zanjirning buzilganligi ko’proq bo’ladi (tkech ± π/ω0 kengroq).O’tkazish ora- lig’i qancha keng bo’lsa (ω0 -katta), zanjirning reaksiyasi δ - funksiyaga shuncha o’xshash bo’ladi.
Signalning chastotaviy buzulganligini va unga xalaqitlarning ta’sirini kamayishiga yuqori imkoniyatini raqamli signallar va tizimlar beradi.
0 T t 0 T t
Raqamli zanjirlarda raqamli signallarni o’tkazish jarayoni raqamli EHM va sonli usullar yordamida o’rganiladi. Raqamli zanjir ishi algoritmining matematik asoslari – Fur’e Z - almashtirishi va o’ram integrali.
Diskret signal Kvantlangan sigal
Diskret signal vaqtning diskret nT onlaridan funksiyaning qiymatlari uzluksiz ketma-ketligi ko’rinishida beriladi:
f(nT): f(0), f(T), f(2T), f(3T), ..., f(nT)
Raqamli signalda vaqt diskretli bo’libgina qolmay, balki signal kvantlash darajasi deb ataluvchi diskret darajali qatorlar qiymatlarini ham qabul qiladi:
f[nT]: f[0], f[T], f[2T], f[3T], ..., f[nT].
U
f1(t) f2(t)
zluksiz (analogli) signallar uchun ularni o’zgartirish jarayonini quyidagicha tasvirlash mumkin:
F2(p)=F1(p)*H(p) –tasvir,
f2(t) = ∫f1(τ ) g(t -τ )dτ –originallar uchun o’ram integrali.
Impuls xarakteristikasi g(t) uzatish sistemasini to’la ifodalaydi.
Uzluksiz (analogli) signallarga raqamli ishlov berish uchun raqamli zanjir kirishida analogli-raqamli o’zgartirgich bo’lishi lozim; u analogli signalni diskret va kvantlangan qiymatlar ketma-ketligiga (raqamli signalga) aylantiradi. Bu ketma-ketlik raqamli prosessorga (mikroEHM) be- riladi, unda programmalash usuli bilan kerakli impuls xarakteristikasi g[nT] joylashtirilgan.
Berilayotgan signalga ishlov be- rish algoritmi quyidagi diskret o’ramni hisoblashdir:
f2[nT]= f1 [kT]*g[(n-k)T]
Protsessor yordamida qadamma-qadam hisoblanayotgan raqamlarning chiqishdagi ketma-ketligi (qabul qilgichda) tanlovlarning analogli shaklga qayta o’zgartirish uchun zanjir chiqishida raqamli-analogli o’zgar-tirgich ishlatiladi.
Raqamli sistemalarning afzalliklari: yuqori darajadagi ishlash tekisligi (tashqi xalaqitlardan mudofaa, xalaqitdan saqlash, har qanday xarakteristikalar olish imkoniyati va berilgan qonun bo’yicha ishlashga qayta sozlashning osonligi.
24-ma'ruza
Do'stlaringiz bilan baham: |