14 -mavzu. Mehnatga bo‘lgan rag‘bat, motivatsiya va haq to‘lashni tashkil etish



Download 338,06 Kb.
bet10/14
Sana16.01.2022
Hajmi338,06 Kb.
#375358
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
14 -Mavzu. Mehnatga bo‘lgan rag‘bat, motivatsiya va haq to‘lashni tashkil etish (1)

Tarif modelining egiluvchan tizimi ikki guruhga bo‘linadigan koeffitsiyentlar tizimiga asoslanadi:

  1. Bu guruhga xodimning ish staji, malakasi, kasbiy mahorati, korxona uchun ahamiyatligi xususiyatlari hisobga olinadigan koeffitsiyentlar kiradi. Ish haqi miqdori asosiy qismi - 60,0-70,0 % mazkur guruh malaka koeffitsiyentiga to‘g‘ri keladi.

  2. Bu guruhga xodimning mehnat unumdorligi hamda uning oldida turgan vazifalami hal etishi darajasi koeffitsiyentlari kiradi. Ish haqi miqdorining tegishli ravishda 30,0-40,0 % ushbu gumh ulushiga to‘g‘ri keladi.

Ish haqini tashkil etishning kompensatsiya modeli personalni mukofoʻllashni boshqarishga bugungi kun talablari asosida yondashish zaruratini ifoda etadi (14.7-rasm). U xo‘jalik yurituvchi subʻyekt personalga taqdim etishi mumkin bo‘lgan barcha tashqi mukofoʻllash shakllarini qamrab oladi.

Kompensatsiyalar personalga ta’sir ko‘rsatishi bo‘yicha bevosita va bilvosita bo‘ladi. U xo‘jalik yurituvchi subʻyekt personalga taqdim etishi mumkin bo‘lgan barcha tashqi mukofoʻllash shakllarini qamrab oladi.



Kompensatsiyalar bevosita va bilvosita bo‘ladi. Bevosita kompensatsiyalar asosiy ish haqi, mukofoʻllarning barcha turlari, bir yo‘la mukofoʻllarning barcha turlari, bir yo‘la mukofoʻllar, rag‘batlantiruvchi ustamalardan iborat.

Xodimlami davlat yoki jamoat vazifalarini bajarishi, shuningdek, jamiyat manfaatlariga doir harakatlar qilishi bilan bog‘liq kafolatli to‘lovlarni pul bilan ta’minlash manbalari va bu to‘lovlami amalga oshirish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan belgilanadi.




14.7-rasm. Kompensatsiya modeli




Kompensatsiya modelidagi ijtimoiy muhofaza ish beruvchi tomonidan xodimga olingan foyda hisobidan mamlakat qonunchiligida belgilangan qo‘shimcha to‘lov va imtiyozlami ko‘zda tutadi. Qo‘shimcha tibbiy va pensiya sug‘urtalari, umr sug‘urtasi, shuningdek, xodimlarning transport xarajatlari, ovqatlanishlari, kommunal xizmatlar uchun to‘lovlarini, farzandlarini tarbiyalash va o‘qitish xarajatlarini va hokazolami qoplash shular jumlasidandir.

Kompensatsiya modelidagi foyda va kapitalda ishtirok etish personalga foyda hisobidan ajratmalar, aksiyalar uchun dividendlar to‘lashni nazarda tutadi.


  1. Eng kam ish haqi

Eng kam ish haqi miqdorini belgilash davlat tomonidan ish haqini tartibga solishning asosiy usullaridan biri hisoblanadi. Ko‘pgina iqtisodchi olimlar fikriga ko‘ra, bu qashshoqlikka qarshi kurashda ijtimoiy ta'minoʻlning turli shakllari (oziq- ovqat va tibbiy xizmat ko‘rsatish uchun talonlar berish, kambag‘allarga munitsipal turar joylar qurish va hokazolarjga qaraganda samaraliroqdir.



r
Eng kam ish haqiga doir nazariyalar mehnat bozoridagi vaziyat bilan bevosita bogiiq. Jumladan, AQShlik iqtisodchi olim J. Stiglits birinchi boiib eng kam ish haqi raqobatli mehnat bozorida majburiy ishsizlikni keltirib chiqarishi mumkinligi to‘g‘risidagi xulosaga kelgan.

Raqobatli mehnat bozorida eng kam ish haqi joriy etilmagan hollarda ish kuchiga talab va uning taklifi muvozanati saqlanib turadi. Eng kam ish haqi miqdori joriy etilgandan so‘ng esa bu muvozanat buziladi. Shunday qilib, eng kam ish haqi joriy etilishi ishsizlar sonining ko‘payishiga sabab bo‘ladi.

Ammo amaliyotda hamisha ham shunday bo‘lavermaydi. Buning ham ilmiy asoslari mavjud. Eng awalo, eng kam ish haqi hech qachon butun mehnat bozoriga ta’ sirko‘rsataolmaydi. Ya’niubirlamchimehnatbozoridaamalqilsa,ikkilamchisiga u qadar ta’sir ko‘rsata olmaydi. Bu hamisha ham eng kam ish haqi to‘g‘risidagi me'yoriy hujjatlarga rioya etmaslik bilan bevosita bog‘liq emas. Aytaylik, xodim shartnoma tuzilmasdan vaqtinchalik yoki mavsumiy ishga olinishi mumkin.

O. Ashenfelter va R. Smit eng kam ish haqi joriy etilishi bilan ish bilan bandlik darajasi sezilarli darajada pasayishiga doir o‘z talqinlarini berganlar. U eng kam ish haqi qonunini buzuvchi kamsituvchi yollash modeli nomini olgan. Ularning xulosasiga ko‘ra, agar ish beruvchilar yollanma xodimlarga qonunda belgilangan eng kam ish haqidan kam ish haqi to‘laydigan bo‘lsalar, jarimaga tortilishlari mumkin. Bu jarima miqdori (tavakkalchilik omili) ish haqiga o‘ziga xos soliq vazifasini o‘tab, ish kuchiga talabni kamaytiradi. Ammo xodimlarning bir qismi ishlashni davom ettirayotganliklari sababli ish bilan bandlik darajasi keskin pasaymaydi. Ishga yangi yollanganlar esa tobora kamroq ish haqi oladilar.

Aynan shu - bir hil ish uchun turlicha ish haqi to‘lanishi kamsituvchi yollash modelidir. Pirovard natija - ish bilan bandlikning pasayishi eng kam ish haqi to‘g‘risidagi qonunni buzayotgan ish beruvchiga solinadigan jarima miqdori hamda mehnat bozoridagi ish kuchiga talab va uning taklifiga bog‘liq boiadi.

Mehnat bozorida mukammal raqobat, odatda, qoida emas, balki istisnodir. Ko‘pgina mehnat bozorlari uchun mukammal boimagan raqobat xosdir. Uning eng mukammal boimagan shakli iqtisodiyot fanida monopsoniya modeli deb nomlanadi. Bu ko‘proq biror shahar yoki tumandagi mehnatga layoqatli aholi asosiy qismi uchun ish joyi mavjud boigan yakka-yu yagona korxona bilan bogiiq. Ya’ni shahami tashkil etuvchi deb ataladigan bunday yirik monopol korxona mahalliy mehnat bozorida ham amalda yagona xaridor sifatida ish ko‘radi. Shuning uchun u ish haqi darajasiga ham ta’sir ko‘rsata oladi. Monopol korxona ishga yollashni kamaytirib, yollanma xodimlar o‘rtasida raqobatni kuchaytiradi hamda ish haqi darajasini pasaytirishga muvaffaq bo‘ladi!.

Xalqaro mehnat tashkilotining 1970-yilgi 131-sonli Eng kam ish haqini rivojlanayotgan davlatlami alohida hisobga olgan holda o‘matish to‘g‘risidagi konvensiyasida a’zo mamlakatlar ulardagi mehnat sharoitlari ana shunday tizimni qo‘llash maqsadga muvofiq bo‘lsa, yollanib ishlaydigan barcha xodimlami qamrab oladigan eng kam ish haqi tizimini joriy etish majburiyatini olishlari ko‘rsatilgan. Bunda eng kam ish haqi qonun kuchiga egaligi va kamaytirilishi mumkin emasligi ta’kidlangan13 14.

Umuman olganda, eng kam ish haqi xodimning bir oy davomida belgilangan ish vaqtida belgilangan mehnat normasi (mehnat majburiyati) uchun olishi kerak r

14.6. Eng kam ish haqi

bo‘lgan eng kam miqdordagi ish haqidir. Birlashgan Millatlar Tashkiloti belgilab qo‘ygan me'yorlarga ko‘ra, eng kam ish haqi soatiga 3 AQSh dollaridan kam boʻlmasligi kerak. Bu darajadagi eng kam ish haqi xarid qobiliyati bo‘yicha bir oyda 10 ming kilovatt/soat elektr quvvati narxini toʻlashga yoki 600 kilogramm non soʻlib olishga yetarli boʻlishi kerak.

Eng kam ish haqi miqdori to‘g‘risidagi birinchi qonun Avstraliyada 1894-yilda, so‘ng Yangi Zelandiyada (1896-yil) qabul qilingan. 1909-yilda ular qatoriga Buyuk Britaniya qo‘shildi. Eng kam ish haqi to‘g‘risida Avstriya, Belgiya, Germaniya, Norvegiya, Fransiya, Chexoslavakiyada qabul qilingan qonunlar, asosan, uy xizmatkorlarini ijtimoiy himoya qilishga qaratilgan edi1.

II jahon urushidan so‘ng jahonda eng kam ish haqidagi qonunlarning amal qilish doirasi sezilarli darajada kengaydi (14.6-jadval). Fransiyada 1950-yilda qabul qilingan Ish haqining kasblararo kafolatlangan eng kam ish haqi to‘g‘risidagi qonun amalda barcha xodimlami qamrab oldi.



  1. jadval


Download 338,06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish