Eng kam ish haqining miqdori, so‘m
rasm. Oʻzbekistonda milliy valyuta - so‘m joriy etilgandan keyin eng kam ish haqi
miqdori ortishi dinamikasi
Mehnatga haq toiash yagona tarif setkasining quyi razryadlari tarif koeffitsiyentlarini o‘rtacha 10 % ga, shu jumladan, 1-razryad bo‘yicha 15 % ga, 2-razryad bo‘yicha 10 % ga va 3-razryad bo‘yicha 5 % ga oshirish orqali mehnatiga kam haq toianadigan xodimlarning ish haqi miqdoriningjadal ravishda oshirilishini ko‘zda tutgan holda 2019-yil 1-yanvardan Mehnatga haq toiashning yagona tarif setkasi qayta ko‘rib chiqiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti hisobidan saqlanadigan tashki- loʻllarda ish bilan band boigan xodimlar mehnatiga haq toiashga doir razryadlar qayta ko‘rib chiqiladi va 2019-yil 1-yanvaridan ularning yangilanganlari joriy etilmoqda.
Eng kam ish haqi miqdoriga turli qo‘shimcha toiovlar, ustamalar, mukofoʻllar, kompensatsiya hamda ijtimoiy, rayon koeffitsentlari va hokazolar qo‘shilmaydi.
«Iste’mol savatchasi» tushunchasi
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. Mirziyoyev «Biz ilg‘or xorijiy tajriba asosida aholining munosib hayoʻl darajasi uchun zarur bo‘lgan daromadlami aniqlash bo‘yicha «iste’mol savatchasi» tushunchasini qonunchilikda mustah- kamlash va uni amalda ta’minlash mexanizmlarini yaratishimiz lozim», deb ta'kidlagan18.
«Iste 'mol savatchasi» - bu alohida shaxs yoki oila tomonidan bir oy yoki yil davomida iste’mol qilinadigan mahsulotlari va foydalanadigan xizmatlari turlari va miqdorining hisob-kitob qilingan to‘plamidir. Jahonning rivojlangan davlatlarida «iste’mol savatchasi» insonning tirikchilik kechirish uchun zarur bo‘lgan eng kam miqdorini aniqlash uchun foydalaniladi. U, shuningdek, har bir mamlakat valyutasi xarid qobiliyatini aniqlash uchun asos ham bo‘ladi.
Iste’mol savatchasi turli mamlakatlarda turlicha hisoblab chiqiladi. Bunda turmush kechirish darajasi, tovarlar vaxizmatlarning amaldagi iste’moli vaularning narxlari, uy xo‘jaliklarining daromadi, mamlakatda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasi va boshqa qator omillar hisobga olinadi.
Xalqaro amaliyotda «iste’mol savatchasi»ning bir necha turi mavjud:
«Tirikchilik o ‘tkazish uchun eng kam miqdordagi iste'mol savatcha- si» - insonning o‘zining asosiy ijtimoiy funksiyalarini bajarish uchun zamr bo‘lgan oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlari hamda xizmatlarini iste’mol qilishining eng kam miqdori to‘plami.
«Amaldagi iste ’mol savatchasi» - aholi yoki alohida ijtimoiy-demografik gumhlar tomonidan amalda iste'mol qilinadigan tovarlar va xizmatlar to‘plami.
«Oqilona byudjetning iste'mol savatchasi» - ilmiy asoslangan normalar hamda insonning oqilona ehtiyojlarini qondiradigan normativlarga muvofiq iste’mol qilinadigan tovarlar va xizmatlar bilan ta'minlanganlik darajasi.
Har bir davlat o‘zining ijtimoiy siyosati va iqtisodiy imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda, «iste’mol savatchasi»ning tegishli turini ijtimoiy norma sifatida belgilaydi. Jahondagi rivojlangan davlatlar tajribasi hisobga olinadigan bo‘lsa, ijtimoiy siyosatni amalga oshirishning ijtimoiy normativlari sifatida, asosan, tirikchilik o‘tkazish uchun eng kam miqdordagi va oqilona byudjetning «iste’mol savatchasi»dan foydalaniladi (14.8-jadval).
Masalan, AQShda aholi jon boshi uchun iste’mol normalari o‘rtacha ish haqi darajasi bo‘yicha hisoblab chiqiladi. Hozirgi vaqtda bu miqdor ish tartibi 8 soatlik 5 ish kunida haftasida bir yil uchun 15 080 dollar miqdorida belgilangan.
Tirikchilik o‘tkazish uchun eng kam miqdor aholi oylik daromadining taxminan 60 foizini tashkil etadi. Bu mamlakatlarda har oyda 800-900 dollar daromadga ega boʻlgan shaxs darhol davlatdan ijtimoiy yordam oladi.
AQShda «iste’mol savatchasi» tushunchasidan, aslida, foydalanilmaydi. Ushbu mamlakatda har bir shtatda yashaydigan aholi jon boshi uchun zarur tovarlar va xizmatlarning to‘plami belgilanadi. Umuman, bu hisob-kitoblami amalga oshirishda shaxsning «iste’mol savatchasi» to'plami 300 gayaqinturni qamrab oladi. Ularning salmoqli qismini oziq-ovqat mahsulotlari tashkil etadi.
Shu bilan birga AQShda Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan tuziladigan «Oziq-ovqat rejasi» («Food Plan») tushunchasi mavjud. U to‘rt: tejamkor, quyi, o‘rta va erkin turlarga boʻlinadi. Bunda tejamkor reja ko‘rsatkichlari kam
ta’minlangan aholiga oziq-ovqat talonlari berishga asos bo‘ladigan dastur uchun hisoblab chiqiladi.
jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |