13-mavzu. Turkiston general-gubernatorligining siyosiy-ma’muriy boshqaruv tizimi


-mavzu. Turkiston o‘lkasida Rossiya imperiyasining yer-suv siyosati



Download 1,53 Mb.
bet2/12
Sana30.12.2021
Hajmi1,53 Mb.
#193298
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
9 O'zbek savol javob 13-20

14-mavzu. Turkiston o‘lkasida Rossiya imperiyasining yer-suv siyosati.

  1. O‘rta Osiyo iqtisodiyotida qaysi soha yetakchi o‘rin tutgan? Qishloq xo‘jaligi.

  2. Podsho hukumatiga aholi ustidan hukmronligini ta’minlashda nima juda muhim bo‘lgan? Yerga egalik qilish tartiblarini nazorat qilish.

  3. 1886-yildagi «Nizom»ning qaysi bo‘limiga ko‘ra o‘lkada tarixan shakllanib kelgan an’anaviy yerga egalik qilish munosabatlari o‘zgartirib yuborilgan? «Turkiston o‘lkasining yer tuzilishi».

  4. 1886-yildagi «Nizom»ga ko‘ra Turkiston o‘lkasida yer shakllarida qanday o‘zgarishlar bo‘lgan? Turkiston yerlari, o‘rmonlari va yerosti qazilma boyliklari Rossiya mulkiga aylantirilgan. o‘lkada yirik yer egaligi tugatilgan.

  5. Yerning qaysi shakli ayni vaqtda yashab va yerga ishlov berayotgan kishilarga ijaraga berilgan? Vaqf yerlari.

  6. Yangi vaqf hujjatlarini tasdiqlash faqat kimning roziligi bilan amalga oshirilgan? General-gubernator.

  7. tasarrufidan tashqari, xususiy shaxs ixtiyorida bo‘lgan yerlar ham davlat solig‘iga tortiladigan bo‘lgan? Masjid.

  8. Vaqf hujjatlarini e’tirof etish, vaqf daromadlarining to‘g‘ri ishlatilishi ustidan nazorat qilish va ularni taftish qilish huquqi qaysi organ ixtiyoriga o‘tkazilgan? Viloyat ma’muriyati.

  9. Bu vaqtgacha vaqf mulkidan olingan daromadlar qanday tadbirlarga sarflanar edi? maktablar, madrasalar va masjid binolarini ta’mirlashga, xodimlarini moddiy ta’minlashga, diniy marosimlarni bajarishga, kerakli buyumlar olishga (gilam, joynamoz, diniy kitob) va boshqa tadbirlarga.

  10. Vaqf mulklarini nazorat qilish mustamlakachi hukumat vakillari qo‘liga o‘tishi nimaga sabab bo‘lgan? Masjidlar va maktab-larning moddiy ahvoli yomonlashishiga.

  11. Podsho hukumati vaqf mulklarini nazorat qilish mustamlakachi hukumat vakillari qo‘liga o‘tkazish orqali nimaga harakat qilgan? Mahalliy din peshvolari, ulamolar va diniy muassasalarga zarba berishga.

  12. Rossiya imperiyasi O‘rta Osiyoni mperiyaning ajralmas bir qismiga aylantirish va o‘lkada doimiy hukmron bo‘lib qolish maqsadida qayerda olib borilgan mustamlakachilik siyosatini qo‘llagan? Sibir va Kavkaz.

  13. Rossiya imperiyasi O‘rta Osiyoni mperiyaning ajralmas bir qismiga aylantirish va o‘lkada doimiy hukmron bo‘lib qolish maqsadida asosiy amalga oshirgan choralardan biri qanday? Imperiyaning markaziy guberna aholisini o‘lkaga ko‘chirib keltirish.

  14. Qaysi hujjatda hukumat tasarrufida qolayotgan bo‘sh turgan davlat yerlariga rus aholisini joylashtirish muhim ekanligi qat’iy belgilab qo‘yilgan? 1886-yildagi «Nizom»da.

  15. Ko‘chib kelganlarga imperiya tomonidan qanday imkoniyatlar yaratib berilgan? Mablag‘, turar joy, yer maydonlari, kreditlar bilan ta’minlangan. Dastlabki 5 yil davomida soliqlardan ozod etilgan, keyingi 5 yil davomida soliqlarning yarmini to‘lagan. Rossiyadan ko‘chib kelganlar, asosan, qishloq aholisi bo‘lgan. Ular uchun o‘lka ma’muriyati maktab va cherkovlar qurishga mablag‘ ajratgan. Turkiston o‘lkasida harbiy xizmatchilar yashab qolishlari va tomorqa yer olishlari mumkin bo‘lgan.

  16. Qachon va qayerda Rossiyadan kelgan dehqonlarning birinchi manzil gohi paydo bo‘lgan? 1875-yilda Avliyootada.

  17. Qachon Turkiston o‘lkasiga 1300 oila ko‘chib kelib joylashgan? 15 yil davomida (1875-1890).

  18. Turkiston o‘lkasiga 1300 oila ko‘chib kelib joylashib, nechta rus qishlog‘i tashkil topgan? 19 ta.

  19. Qachon ko‘chib kelganlarning 25 ta manzilgohi paydo bo‘lgan? 1891-1892-yillari.

  20. Vaqt o‘tib Turkisonga ko‘chib kelgan shaxslardan tashqari yirik korxonalar ham o‘lkadan yer sotib ola boshlagan. Yirik korxonalar nima uchun o‘lkadan yer sotib olgan? Daromad olish maqsadida.

  21. Rossiya imperiyasining ko‘chirib keltirish siyosati qanday maqsaddad amalga oshirilgan edi? Turkiston o‘lkasidagi mustamlaka tizimini mustahkamlash.

  22. Qanday omil o‘lkaga ko‘chib keluvchilar sonining haddan ziyod ko‘payishiga olib kelgan? Ko‘chib kelganlarga yaratilgan imkoniyatlar.

  23. Ko‘chib kelgan aholi o‘rtasidagi qanday jarayonlar mahalliy aholi vakillarining jiddiy noroziligiga sabab bo‘lgan? Ko‘chib kelgan aholining ko‘payishi va ularga unumdor yerlarning berilishi.

  24. Qaysi shaharlarda ko‘chib kelganlarning posyolkalari paydo bo‘lgan? Toshkent, Yangi Marg‘ilon, Samarqand, Andijon.

  25. Turkison o‘lkasidagi yirik shaharlar 2 qismga bo‘lingan bo‘lib, ular qanday? Yangi – ma’muriyat, harbiy qismlar joylashgan va ko‘chirib keltirilganlar yashaydigan qism hamda eski – mahalliy aholi vakillari yashaydigan qismlar.

  26. Qayer shaharni 2 qismga ajratgan chegara bo‘lgan? Toshkentdagi Bo‘zsuv anhori.

  27. Qachondan boshlab Rossiyadan o‘zboshimchalik bilan ko‘chib kelgan kishilar ham ma’muriyat ruxsati bilan ko‘chirib keltirilganlarga berilgan imkoniyatlardan foydalanishi mumkinligi e’lon qilingan? 1892-yildan boshlab.


Download 1,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish