20-mavzu. Milliy-ozodlik harkatlarining ahamiyati
Turkiston o‘lkasidagi milliy-ozodlik harkatlari va norozilik chiqishlarining yuz berishiga qanday omillar sabab bo‘lgan? Soliq va majburiyatlarning og‘irligi, mahalliy boshqaruv vakillarining sotqinlarcha podsho ma’murlariga xizmat qilishi, Rossiya o‘lkalaridan ko‘chirib keltirilgan aholiga yangi ekin maydonlarining bo‘lib berilishi, narx-navolarning oshib ketganligi, turmush sharoitlarining yomonligi, mahalliy aholi uchun tibbiy xizmat ko‘rsatishning yo‘qligi, yangi ishlab chiqarish va texnologiyalarning faqat imperiya manfaatlariga xizmat qilishi.
Turkistonda milliy ozodlik harakatlari qachon boshlangan? XIX asr o‘rtalarida.
Milliy-ozodlik harakatlarida aholining qaysi qatlamlari qatnashgan? dehqonlar, hunarmandlar, din ulamolari, qishloq oqsoqollari, mingboshilar, qozilar va hatto katta mulk egalari, savdogarlar.
XIX asr 2-yarmida kimlarning boshchiligida milliy-ozodlik harakatlari bo‘lib o‘tgan? Po‘latxon, Qurbonjon dodxoh, Yetimxon, Darvishxon, Muhammad Ali eshon.
- -
Do'stlaringiz bilan baham: |