2. Viloyat sudlari o‘rniga okrug sudlari va Toshkent sud palatasi tuzilgan.
Toshkent sud palatasi qaysi organga bo‘ysungan? Imperiyaning oliy sudi – hukumat senatiga.
Okrug sudlari Turkiston o‘lkasining barcha viloyatlarida joriy etilgan bo‘lib, ularning tarkibiga kimlar a’zo bo‘lgan? Sud raisi, uning o‘rinbosari va sud a’zolari.
Okrug sudlarida jazo chorasini kimlar tayinlagan? Sudyalar va ikki sud a’zosi.
Tayinlangan jazo chorasi ustidan berilgan apellatsiyani imperiyada qaysi organ ko‘rib chiqargan? Oliy sud bo‘lgan hukumat senati.
Turkiston o‘lkasidagi sud tizimi kimlarning nazorati ostiga o‘tgan? Mustamlakachi hukumat vakillari va o‘lka ma’muriyati.
Qaysi hujjatga muvofiq general-gubernator «kuchaytirilgan» yoki «favqulodda» qo‘riqlash holatini o‘z ixtiyori bilan joriy etish huquqiga ega bo‘lgan? 1881-yilda «Davlat tartiboti va jamoat osoyishtaligini qo‘riqlashga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risidagi Nizom».
Qanday huquq o‘lkada qo‘zg‘olon, «jamoat osoyishtaligi» buzilgan va «tashvishli kayfiyatlar» paydo bo‘lgan taqdirda unga o‘z ixtiyoriga ko‘ra kuch va zo‘ravonlik ishlatish mumkinligini anglatgan? General-gubernator «kuchaytirilgan» yoki «favqulodda» qo‘riqlash holatini o‘z ixtiyori bilan joriy etish huquqi.
Qachon Turkiston «kuchaytirilgan qo‘riqlov» va «favqulodda qo‘riqlov» holatida bo‘lgan? 1892-yildan boshlab 1916-yilga qadar.
1886-yilgi «Nizom» shahar va qishloqlarning har bir mavzesini nazorat ostida saqlab turgan avvalgi politsiya tuzilmalariga qo‘shimcha tarzda uyezd boshliqlariga qanday huquqni bergan? Ispravnik.
Uyezd boshliqlariga ispravniklar huquqining berilishi ularni qaysi lavozim egalariga tenglashtirgan? Uyezd politsiya boshqarmalari rahbarlariga.
Uyezd boshliqlariga ispravniklar huquqining berilganidan keyin ular qanday vakolatga ega bo‘lishiga olib ketgan? Har qanday odamni 7 kunga qamoqqa olish yoki jarimaga tortish.
Qaysi lavozim uyezd boshliqlariga yordam tariqasida ta’sis etilgan? Uchastka pristavlari
Uchastka pristavlari qanday vazifalarni amalga oshirgan? Soliqlar yig‘imiga, joylarda majburiyatlar, uyezd boshliqlarining qarorlari ijro etilishiga rahbarlik qilgan ofitserlar bo‘lib, har qanday o‘zgarishlar haqida o‘lka ma’muriyatiga ma’lumot yetkazib turgan holda aholi ustidan kerakli nazoratni amalga oshirgan.O‘z uchastkalari doirasida ular surishtirish va tergov ishlarini yuritishi, qamoqqa olishi va jarimaga tortishi mumkin edi.
Qachon Turkistonni imperatorning maxfiy maslahatchisi F.Girs tekshirgan? 1882-1884-yillarda.
Girs Turkistonda tekshirish ishlarini olib borganda o‘lkada necha kishi yashashini aytgan? 2 404 000.
Girs Turkistonda yashaydigan aholining qanchasi erkak ekanligini aytgan? 1 200 000.
Kim Turkiston aholisini armiyaga chaqirmaslik siyosatini yoqlab chiqqan? Girs.
Podsho hukumati nimadan cho‘chir edi? Mahalliy aholini muntazam armiyada xizmat qilishidan, jangovar harbiy malakalarini oshirishidan, qo‘shinlarni yevropachasiga takomillashtirishga o‘rgatishdan va zamonaviy qurol-yarog‘lardan foydalanish mahoratini egallab olishlaridan.
Turkiston o‘lkasidagi podsho hukumati harbiy siyosatining asosini nima tashkil etgan? Mahalliy aholini qurolsizlantirish, unda qurolli kurash uchun har qanday umidni yo‘qotish, jangarilik unsurlarini bostirish va qadimiy jangovar an’analarni tag-tomiri bilan tugatish.
Turkistonda qanday tartiblari asosida boshqaruv va nazorat tizimi o‘rnatilgan? Harbiy va politsiya.