13-mavzu. Turkiston general-gubernatorligining siyosiy-ma’muriy boshqaruv tizimi
Bosib olingan hududlarda imperiya hukmronligini o‘rnatish, mustahkam o‘rnashib olish, istilo qilingan joylarni qo‘ldan chiqarmaslik uchun, eng avvalo, mustamlakachilar nima qilishi kerak? O‘zlariga mos boshqaruv tartiblarini ishlab chiqishi va uni o‘lkada joriy qilishi.
Mustamlakachilik siyosatining to‘liq amalga oshirilishida asosiy tayanch nima? Boshqaruv tartiblari.
S.M.Duxovskoy nechanchi yillarda Turkiston general-gubernatori bo‘lgan? 1898-1901-yillarda.
«Turkiston o‘lkasi boshqa o‘lkalarga nisbatan tarixiy o‘tmishi, etnografik xususiyatlarini hisobga olgan holda alohida e’tibor berilishini talab qiladi» deb kim aytgan? S.M.Duxovskoy.
Qachon va qaysi imperator tomonidan «Turkiston viloyatini idora qilish to‘g‘risidagi Muvaqqat Nizom» tasdiqlangan? Podsho hukumati Toshkentni bosib olgandan so‘ng, 1865-yil 6-avgustda imperator Aleksandr II.
«Turkiston viloyatini idora qilish to‘g‘risidagi Muvaqqat Nizom»ga ko‘ra boshqaruv kimlarning qo‘liga o‘tgan? Harbiy zobitlar.
«Turkiston viloyatini idora qilish to‘g‘risidagi Muvaqqat Nizom» «Harbiy-xalq boshqaruvi» nomi bilan kimning qo‘lida harbiy va fuqarolik ishlari mujassamlashtirilgan? Gubernator.
Viloyatlarning boshliqlari kim bo‘lgan? Harbiy komendant.
Bo‘lim boshliqlariga kimlar bo‘ysungan? Mahalliy aholi ustidan nazorat qiluvchi mustamlakachi hukumat vakillaridan tayinlanadigan boshqaruvchilar.
K.Palen qachon podsho hukumati topshirig‘i bilan Turkiston o‘lkasini taftish qilgan? 1908-1910-yillarda.
Palenning takidlashicha Turkiston o‘lkasida eng kichik ahamiyatga ega bo‘lgan boshqaruv kimlarning qo‘lida bo‘lgan? Harbiy boshliqlar.
Mahalliy aholi vakillariga boshqaruv tizimida qanday lavozimlar berilgan? Eng quyi bosqichidagi lavozimlar.
Boshqaruvda eng quyi bosqichidagi lavozimlarga qaysi lavozimlar kirgan? Volost boshliqlari (mingboshilar), qishloq oqsoqollari, ovul boshliqlari, qozi, biy va ularning yordamchilari.
Qaysi organ katta vakolatlarga ega bo‘lgan asosiy ijrochi organ hisoblangan? General-gubernatorlik devoni.
Turkiston o‘lkasi ma’muriy-hududiy jihatdan viloyatlarga bo‘linib, ularni kim boshqargan? O‘z qo‘lida fuqarolik va harbiy hokimiyatni birlashtirgan harbiy gubernatorlar.
Viloyatlar uyezdlarga bo‘linib, u kimning boshqaruvida bo‘lgan? Harbiy zobitlar.
Uyezdlar nimaga bo‘lingan? uchastkalarga, volostlarga, qishloq va ovullarga.
Uchastkalarni kim boshqargan? Uchastka pristavlari.
Nima uchun Rossiya imperiyasi dastlab O‘rta Osiyoda boshqaruv sohasida katta o‘zgarishlarni amalga oshirmagan? O‘rta Osiyoning bosib olingan hududlarida o‘z hukmronligini saqlab qolish, uni mustahkamlashni birinchi darajali vazifa hisoblagani uchun.
Rossiya imperiyasi dastlab O‘rta Osiyoda boshqaruv sohasida qaysi tizimlarni saqlab qolgan? Quyi boshqaruv organlari va soliq tizimi.
Rossiya imperiyasi O‘rta Osiyoda boshqaruv sohasida quyi boshqaruvni saqlab qolishining asosiy sababi qanday? Mahalliy aholining ichki hayotiga dastlabki davrda keskin aralashish va aholining an’anaviy turmush tarziga katta o‘zgartirishlar kiritish salbiy oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkin edi. Bundan tashqari yangi bosib olingan yerlarda hali qarshilik va norozilik harakatlari davom etayotganligi, boshqaruv tizimida faoliyat olib boruvchi odamlar bo‘lmagani, o‘lka sharoitini to‘liq bilmaganliklari uchun.
O‘rta Osiyoda quyi boshqaruvning saqlanib qolishi natijasida o‘lka ma’muriyatida Imperiya manfaatlari uchun xizmat qiladigan, o‘lkadagi sharoitlarni yaxshi biladigan mahalliy aholi vakillaridan o‘zlariga eng ishonchli bo‘lgan kishilarni topish muammosini hal qilishda nima yordam bergan? Imperiya hukumati Turkistondagi hukmronlikning dastlabki vaqtidayoq ishlab chiqilgan saylov tizimi.
Uyezdlar nimaga bo‘lingan? Volost.
Volostlar nimaga bo‘lingan? O‘troq aholi yashaydigan hududlarda qishloqlarga, chorvador aholi yashaydigan hududlarda esa ovullarga.
Boshqaruv tizimining quyi bosqichidagi qaysi lavozimlarda yerlik aholi vakillari ish olib borgan? boshlig‘i, qishloq oqsoqoli, ovul boshlig‘i, xalq sudyalari va ularning yordamchilari, ariq oqsoqoli, mirob, o‘nboshi, ellikboshilar.
1867-yil «Nizom» loyihasi asosida o‘troq aholi nimaga birlashtirilgan? Bir bosqichli tizim shaklida, ya’ni oqsoqolliklarga.
1867-yil «Nizom» loyihasi asosida chorvador aholi nimaga birlashtirilgan? Ikki bosqichli tizim ko‘rinishidagi volost va ovullarga.
Har bir oqsoqollik nechta xonadondan iborat bo‘lgan? 100-200 xonadon.
100-200 o‘tov nimani tashkil etgan? Ovul.
Har bir volost nechta o‘tovdan iborat bo‘lgan? 1000-2000 o‘tov.
Turkiston o‘lkasi bosib olingan davrdan boshlab to‘liq mustamlaka sifatida boshqaruv tartiblariga asoslangan ma’muriy-hududiy birliklar va ularning boshqaruv tartiblari joriy qilib borilishidan asosiy maqsad qanday bo‘lgan? Mahalliy aholini qattiq nazoratda va tobelikda ushlab turish.
O‘rta Osiyoda Rossiya imperiyasi hukumatining yana bir asosiy maqsadi – qanday? Imperiyaning markaziy rayonlaridan bu yerlarga aholini ko‘chirib keltirib joylashtirish.
O‘lka ma’muriyati ko‘chirib keltirilgan aholiga qanday imkoniyatlar yaratib bergan? erkin yashashi va xavfsiz turmush kechirishi uchun ko‘chirib keltirilganlar yerlar va kerakli mablag‘lar bilan ta’minlangan
Rossiya imperiyasi olib borgan qaysi siyosat mahalliy aholini ruslashtirish imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan tadbir bo‘lgan? O‘lkaga aholini ko‘chirib keltirish orqali bu o‘lkada mustamlakachilik siyosatini amalga oshirishda qo‘shimcha tayanch kuchlarga ega bo‘lish.
Qachon Toshkentda «Shahar nizomi» joriy etilgan? 1877-yilda.
Toshkentda joriy etilgan «Shahar nizomi»ga muvofiq shahar boshqaruvi Dumaga o‘tgan. Duma a’zolarining necha qismi Eski shahar qismidan saylangan? 1/3.
Toshkentda joriy etilgan «Shahar nizomi»ga muvofiq shahar boshqaruvi Dumaga o‘tgan. Duma a’zolarining necha qismi Yangi shahar qismidan saylangan? 2/3.
Toshkentning 80 ming mahalliy aholisidan nechta deputat Dumada qatnashgan? 21 ta.
Aholining tarkibi asosan, ruslardan iborat bo‘lgan qismidan nechta deputat Dumada qatnashgan? 48 ta.
Shahar xo‘jaligiga oid barcha ishlar Duma qo‘lida bo‘lgan. Dumaga rahbarlik qiluvchi shaxs kim tomonidan tasdiqlangan? general-gubernator tavsiyasi bilan harbiy vazir.
«Turkiston o‘lkasini idora qilish to‘g‘risidagi Nizom» qachon va qaysi imperator tomonidan tasdiqlangan? 1886-yil 12-iyulda imperator Aleksandr III.
«Turkiston o‘lkasini idora qilish to‘g‘risidagi Nizom»ning maqsadi nimadan iborat bo‘lgan? O‘lkada ma’muriy boshqaruvni mustahkamlash va yerdan foydalanish tartiblarini o‘zgartirishdan.
Qachon Zarafshon ukrugi Samarqand viloyatiga aylantirilgan? 1886-yilda.
Samarqand viloyatiga qaysi uyezdlar kirgan? Xo‘jand, Jizzax, Kattaqo‘rg‘on, Samarqand uyezdlari.
Qaysi uyezd nomi Toshkent uyezdi deb o‘zgartirilgan? Qurama.
1886-yilda Turkiston general-gubernatorligining umumiy hududi qancha bo‘lgan? 1,7 mln kv. km.
1886-yilda Turkiston general-gubernatorligining umumiy aholisining soni qancha bo‘lgan? 5,2 million kishidan.
O‘zbeklar va boshqa tub xalqlar 1897-yilda qancha kishi bo‘lgan? 5 mln.
Qachon o‘zbeklar va boshqa tub xalqlar soni 6 mln. ga yetgan? 1911-yilda.
Qachon rus aholisining umumiy soni ukrainlar va beloruslarni ham qo‘shib hisoblaganda 197 ming kishini tashkil etgan? 1897-yilda.
Rus aholisining umumiy soni ukrainlar va beloruslarni ham qo‘shib hisoblaganda 1911-yilda qanchaga yetgan? 400 ming.
Qaysi omil Podsho hukumatiga mustamlaka siyosatini amalgaoshirishda tayanch bo‘lib xizmat qilishi lozim edi? Hamisha ko‘chirib keltirilganlar sonining ortib borishiga qaratilgan choratadbirlarni amalga oshirib borishi.
1886-yildagi «Nizom»ga muvofiq Turkiston general-gubernatorligida qanday idora tuzilgan? Turkiston general-gubernatori Kengashi.
Kimlar Turkiston general-gubernatori Kengashining doimiy a’zosi bo‘lishgan? Viloyat harbiy gubernatorlari, general-gubernator devoni boshqaruvchisi, Turkiston harbiy okrugi shtabi boshlig‘i.
Qachon Buxoro amirligida Rossiya imperatorining siyosiy agentligi faoliyati yo‘lga qo‘yilgan? 1885-yilda.
Duma nima? (ruscha – o‘ylash, fikrlamoq) – Rossiya imperiyasining qonun chiqaruvchi hokimiyati, shahar dumasi – shaharning o‘zini o‘zi boshqarish organi.
Uyezd tarkibiga kirgan bir necha qishloq yoki ovullardan iborat hududiy bo‘linma nima deyiladi? Volost.
Uyezd nima? Tumanlarga teng ma’muriy-hududiy bo‘linma.
Qal’a yoki tumandagi barcha qo‘shinlar boshlig‘i nima deyiladi? Komendant.
Aholi yashash joyi nazoratchisi nima deyilgan? Uchastka pristavi.
Turkiston genenral-gubernatorligi viloyat boshqaruvida mirshabboshi nima deb atalgan? Polismeyster.