17-mavzu. Turkistonda milliy-ozodlik harakatlarining boshlanishi va uning sabablari
Rossiya imperiyasi Turkiston o‘lkasini bosib olgach, qaysi ishni asosiy vazifa deb hisoblagan? Mahalliy aholining milliy davlatchilik, ozodlik tuyg‘ularini so‘ndirishni.
Turkiston o‘lkasida sanoat ishlab chiqarish rivojlana borib, kapitalistik munosabatlarga asta-sekin yo‘l ochila yotgan bo‘lsa-da, bu xalqning moddiy ahvolini yaxshilamasdan, kimlarning boyishiga yo‘l ochib bergan? korxona xo‘jayinlari, savdogarlar, amaldorlarning.
Yer-mulkning boylar va yirik savdogarlar qo‘lida to‘plana borishi kimlarning ko‘payishiga sabab bo‘lgan? Kam yerli dehqonlarning, chorakorlarning.
Qarz beruvchi kassa mablag‘laridan kimlar foydalanib, uni o‘zlari xohlaganlaricha tasarruf qilganlar? boy, sudxo‘r, savdogar va shunga o‘xshash yulg‘ichlar.
Qarz va nasiyalardan foydalanish avj olgan sari dehqonlarning ahvoli tobora yomonlashib, qashshoqlikka yuz tutgan. Ular qarzlar tufayli nimaga majbur bo‘lgan? O‘z yerlarini sotib yuborishga.
Turkistonning mustamlakaga aylantirilishi dehqonlardan tashqari kimlarning ahvoli og‘irlashgan? Hunarmand-kosiblar.
Nima sababdan O‘rta Osiyoda hunarmandchilikning ko‘plab turlari inqirozga uchragan? Rossiya sanoati tomonidan ishlab chiqarilgan uy-ro‘zg‘or buyumlari, ayniqsa, to‘qimachilik mahsulotlari bilan O‘rta Osiyo bozorlarining to‘ldirilishi natijasida.
Qanday omil O‘rta Osiyoda kambag‘allar safining yanada ko‘payishiga olib kelgan? Iqtisodiy qiyinchiliklar, yashash sharoitining yomonligi, soliqlarning ko‘pligi, mehnat majburiyatlarining og‘irligidan mahalliy aholining ahvoli yomonlashishi.
Qachon Turkiston Rossiya imperiyasining milliyozodlik harakatlari avj olgan markazlaridan biriga aylangan? XIX asrning oxirida.
Nima uchun Turkiston Rossiya imperiyasining milliyozodlik harakatlari avj olgan markazlaridan biriga aylangan? Iqtisodiy qiyinchiliklar va xalqning ma’naviy jihatdan kamsitilishi, mahalliy urf-odatlarga zid bo‘lgan qarorlarning qabul qilinishi natijasida.
Turkiston o‘lkasida milliy ozodlik haraktalariga asosan kimlar qatnashgan? Asosan, dehqonlar, shahar hunarmand-kosiblardan iborat aholining kambag‘al qismi. Ulardan tashqari vatanparvar ruhoniylar, milliy g‘ururini yo‘qotmagan mulkdorlar, savdogarlar
Mingtepada mustamlakachilarning siyosiy va iqtisodiy zulmiga qarshi qo‘zg‘olon qachon bo‘lgan? 1878-yili.
Mingtepada mustamlakachilarning siyosiy va iqtisodiy zulmiga qarshi qo‘zg‘olon kimning boshchiligida bo‘lgan? Yetimxon.
Qachon mahalliy aholi Farg‘ona viloyat boshqarmasi binosi oldiga ochiqchasiga norozilik bildirib yig‘ilgan? 1879-yil kuzida.
Farg‘ona viloyat boshqarmasi binosi oldiga ochiqchasiga norozilik bildirib yig‘ilganlar nimani talab qilganlar? Marg‘ilon uyezdida soliq to‘plash noqonuniy tusga kirganligiga qarshi chiqib, soliqlarning kamaytirilishini.
Farg‘ona viloyatida podsho hukumat tuzgan komissiya qaysi ekinni keng ko‘lamda avj oldirishi boshqa muhim ekinlar keskn kamayishiga sabab bo‘lgan? Paxta.
Qachon hamma soliqlarni to‘laganligiga qaramay, Xo‘jand uyezdining boshlig‘i Xo‘jand va O‘ratepa tumanlaridagi aholidan qo‘shimcha yer solig‘i olinishini e’lon qilgan? 1880-yilning noyabrida.
Xo‘jand va O‘ratepa tumanlaridagi aholidan qo‘shimcha yer solig‘i olinishini e’lon qilinishi kimlarning boshchiligida qo‘zg‘olon bo‘lishiga olib kelgan? Rahmonquliholi va Mirkarimboylar.
Qaysi namoyish ishtirokchilari uyezd boshlig‘ining mahkamasiga borib, adolatsiz soliqni bekor qilishni talab qilgan? Xo‘jand va O‘ratepa tumanlarida Rahmonquliholi va Mirkarimboy boshchiligidagi namoyish.
Qaysi namoyish boshliqlari mirshablar tomonidan hibsga olingan? Xo‘jand va O‘ratepa tumanlarida Rahmonquliholi va Mirkarimboy boshchiligidagi namoyish.
Qachon Namangan aholisi ma’murlarga qarshi bosh ko‘tarib chiqqan? 1882-yil boshlarida.
Nima uchun Namangan aholisi ma’murlarga qarshi bosh ko‘tarib chiqqan? Talonchilik, soliqlar va jabr-zulm avjiga chiqqanligi sababli.
Qaysi namoyish ishtirokchilari uyezd boshlig‘ining uyini o‘rab olgan? 1882-yilning boshlarida Namanganda bo‘lgan namoyish.
Qaysi namoyish vaqtida uyezd ma’murlari harbiy bo‘linmani yordamga chaqirib, namoyishchilarni qattiq jazolagan? 1882-yilning boshlarida Namanganda bo‘lgan namoyish.
Qachon Farg‘ona vodiysida xalq qo‘zgolonlari qaytadan avj olgan? 1885-yil yozda.
Farg‘ona vodiysida xalq qo‘zgolonlari qaytadan avj olgach qayerda Darvishxon boshchiligida qo‘zg‘olon ko‘tarilgan? Andijonda.
Qaysi qo‘zg‘olon ishtirokchilari boylar va volost boshliqlarining qarorgohlariga hujum uyushtirgan? Darvishxon boshchiligidagi qo‘zg‘olon ishtirokchilari.
Birin-ketin butun viloyatga yoyilgan qo‘zg‘olon qaysi? Andijondagi Darvishxon boshchiligidagi qo‘zg‘olon
Oqsuv-Shahrixon volosti qaysi uyezdga qarashli? Namangan.
1896-yilda qaysi qishloqlarda qo‘zg‘olon bo‘lgan? Oqsuv-Shahrixon volostidagi Naymanchi, Ko‘hnamozor, Langarbob qishloqlarida.
1896-yilda ko‘tarilgan qo‘zg‘olon boshlanishiga nima sabab bo‘lgan? Mingboshilar saylovidagi norozilik.
Mustamlakachi hukumat dastlab ko‘chirib keltirilganlar qishloqlarini o‘zbek, qirg‘iz, tojik qishloqlaridan ajratib, mustaqil bo‘lishini ta’minlagan bo‘lsa, keyinchalik bu qishloqlar va mahalliy qishloqlarni birlashtirgan volostlarga rahbarlarni kimlar orasidan qo‘ya boshlagan? Mahalliy aholiga mansub bo‘lmagan shaxslardan.
General-gubernator mahkamasi maxsus bo‘limining boshlig‘i o‘z ma’ruzasida «isyonga moyil» aholi vakillarini harbiy sudga berish va bu sud o‘lim jazosini oshkora ijro etishi haqida fikr bildirib, o‘lkada tartib hamda osoyishtalikni ta’minlashga qodir yagona vosita qanday ekanligini uqtirgan? Xalqni qo‘rquv va tobelikda ushlab turish.
1892-yildan mustamlakachilar oddiy fuqarolarni ma’murlarga qarshilik ko‘rsatgan taqdirda qanday chora qo‘llana boshlagan? Harbiy dala sudiga berish.
Do'stlaringiz bilan baham: |