18-mavzu. Toshkentda «vabo isyoni» Qachon Afg‘onistonda vabo kasalligi tarqalgan? 1892-yilning mart oyida.
Qachon vabo kasalligi Samarqand viloyatining Jizzax uyezdida qayd etilgan? 1892-yil bahor faslining oxirlarida.
Qachon Toshkentda vabo kasalligi qayt etilgan? 1892-yil 7-iyunda.
Toshkent shahar ma’muriyati kasallikka qarshi tadbirlar qatorida shahardagi qabristonni yopib qo‘ygan? 12 ta.
Toshkent shahar ma’muriyati vabo kasalligi bilan vafot etganlar uchun shahardan chekka joyda maxsus qabristonlar ochish va’da qilgan bo‘lsalar ham amalda nechta qabriston ochilgan? Bitta.
Nimaga bemorlarni tekshirish ko‘pincha uchinchi yo to‘rtinchi kuni o‘tkazilgan? shifokor-feldsherlar yetishmasligi sababli.
Aholi o‘rtasida qanday mish-mish gaplar tarqangan? Mustamlakachi ma’murlar suvni, shifokorlar esa bemorlarni qasddan zaharlayotgani, murdalarning qabrlardan chiqarib tashlanayotgani to‘g‘risidagi.
Qachon Turkiston o‘lkasida «Harbiy holatda deb e’lon qilingan joylar haqida Qoida» kuchga kirgan? 1892-yil 18-iyunda.
Turkiston o‘lkasida «Harbiy holatda deb e’lon qilingan joylar haqida Qoida» kuchga kirgan vaqtda lavozimidan chetlatilgan Eski shahardagi xalqparvar oqsoqoli kim? Inog‘omxo‘ja Umriyoxo‘jayev.
Inog‘omxo‘ja Umriyoxo‘jayev o‘rniga tayinlangan shaxs nima uchun boshqa kasallik bilan og‘rib vafot etganlarni ham vabo uchun ochilgan shahar chekkasidagi qabristonga ko‘mishni buyurgan? Pora olishni kuchaytirish maqsadida.
1892-yildagi norozilik harakatlarini keltirib chiqargan asosiy sabablar qanday? Birinchidan, mahalliy aholiga nisbatan siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan mustamlakachilik jabr-zulmining tobora kuchayib borayotganligi; ikkinchidan, xalq ommasining og‘ir ahvoli, hunarmand kosiblar va mardikorlarning ayovsiz ishlatilishi; uchinchidan, iste’mol mahsulotlari narxlarining to‘xtovsiz oshib borishi, soliqlarning ko‘pligi; to‘rtinchidan, amaldorlarning o‘z mansablarini suiiste’mol qilishi, poraxo‘rligi kabi holatlarning ko‘payib ketishi.
«Vabo isyoni» yana qanday nom bilan ataladi? «Toshotar voqeasi».
«Vabo isyoni» qachon boshlangan? 1892-yil 24-iyunda.
«Vabo isyoni» mahalliy aholining dastlab kimlarga qarshi noroziligi bilan boshlangan? Noinsof amaldorlar va sudxo‘rlarga, hokimiyatni suiiste’mol qilish bilan tanilgan shahar bosh oqsoqoliga.
«Vabo isyoni»ga asosan kimlar qatnashgan? mardikorlar va hunarmand-kosiblar.
Qo‘zg‘olonni o‘z ko‘zi bilan ko‘rganlardan biri qo‘zg‘onchilarning maqsadi nima ekanligini yozgan? Bo‘layotgan kamsitishlarni to‘xtatishga erishish.
Qo‘zg‘olonni o‘z ko‘zi bilan ko‘rganlardan biri qo‘zg‘onchilar kimning oldiga kamsitishlarga qarshi chora ko‘rishni talab qilab qilib borgan? Shahar boshlig‘i S.Putinsev.
Qo‘zg‘olonni o‘z ko‘zi bilan ko‘rganlardan birining yozishiga ko‘ra qo‘zg‘onchilar soni qancha bo‘lgan? Taxminan 400 kishi.
Qo‘zg‘olon vaqtida olomondan qo‘rqib shahar boshlig‘i huzuriga borgan Eski shahar oqsoqoli kim? Muhammad Yoqub.
Eski shahar oqsoqoli shahar boshlig‘i huzuriga borgach qo‘zg‘olonchilar shahar boshlig‘i huzuriga borib undan nimani talab etgan? Oqsoqolni ular ixtiyoriga berishini.
Shahar boshlig‘i va uning mirshablarini do‘pposlagan qo‘zg‘olonni bostirish uchun qanday yordamchi kuch chaqirilgan? kazaklar polki va bir rota askar.
Qaysi jarayon mustamlakachi hukumatning asl yuzini yaqqol ko‘rsatib bergan? O‘lka ma’muriyatining norozilik harakatlarini shafqatsiz usullar bilan bostirishi, qo‘zg‘olon ishtirokchilarini ayovsiz jazolashi.
Qaysi shahar Turkiston general-gubernatorining politsiya shtatini ko‘paytirish va jazo vakolatlarini yanada kengaytirish haqida iltimosini qondirib, o‘lkada «mirshablik holati»ni joriy etishga ruxsat bergan? Sankt-Peterburg.
Turkiston general-gubernatori «kuchli muhofazada» deb e’lon qilingan joylarda qanday huquqlarga ega bo‘lgan? Majlis yig‘inlarni tarqatish, savdo-sanoat korxonalarini yopish, matbuot organlarini taqiqlash, istalgan odamni surgun qilish, jarima solish.
Turkistonda «Favqulodda muhofazada» deb e’lon qilingan joylarda esa butun hokimiyat kimning qo‘liga o‘tgan? general-gubernator yoki u tayinlagan bosh noib.
Qaysi qo‘zg‘olonning bostirilishida mustamlakachilar o‘z manfaatlari yo‘lida xalqning urf-odatlari, diniy e’tiqodi, milliy qadriyatlarini toptashdan ham qaytmasligini ko‘rsatgan? Toshkentdagi «Vabo isyoni».