13-mavzu. Meda kasalliklarining ratsional farmakoterapiyasi Reja



Download 34,41 Kb.
bet8/10
Sana24.06.2022
Hajmi34,41 Kb.
#699539
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Rivojlanishi. Mahalliy va umumiy xarakterdagi buzilishlar oshqozon va ichak shilliq qavati hamda qon tomirlar to‘rining birlamchi ta’sirlanishlari xarakteriga bog‘liq bo‘ladi. Organizmdagi buzilishlarning og‘ir-engilligi a’zolardagi yallig‘lanish reaksiyasining jadallik darajasi, disbakterioz va autointok-sikatsiyaning xarakteri, organizm umumiy rezistentligi va gastroenteral tizimdagi gomeostazga bog‘liq.
Gastroenteral tizimdagi asosiy funksioanl buzilishlar rivojlanishidagi bosh zvenoni me’da shilliq pardasining kislota ajratish faoliyatining pasayishi tashkil etadi. Kataral yallig‘lanishlar paytida oshqozon va ichaklardagi sekretor-fermentativ va so‘rilish jarayonlarining o‘zgarishlari ko‘zga unchalik tashlanmaydi. Lekin shunga qaramasdan oqsilga boy bo‘lgan ekssudat hamda transsudatning ajralib chiqishi va erkin xlorid kislotasi bilan birikishi gipoatsid holatining rivojlanishiga olib keladi. Past bakteriostatik va bakteritsidlikka ega bo‘lgan muhit vujudga keladi. rN juda yuqori bo‘lishi tufayli pepsinning nafaqat proteaz va balki peptidaz faolligi ham yo‘qoladi. Natijada ichakka gidrolizlanmagan oqsillar tushadi.
Ximus kislotaligining pastligi hamda oshqozon faolligining past bo‘lishi oshqozon osti bezi tashqi sekretor faoliyatining susayishi va ichak kanali hamda devoridagi hazmlanish jarayonlari buzilishlarining kuchayishiga sabab bo‘ladi. Chirish va bijg‘ish jarayonlarining kuchayishi bilan o‘tadigan disbakterioz vujudga keladi. Hosil bo‘lgan zaharli moddalar yallig‘lanish va distrofik jarayonlarni kuchaytiradi. Natijada bir necha kun yoki bir necha soat ichida moddalar almashinuvi, to‘qimalarning trofikasi, jigar, markaziy asab va yurak-qon tomirlar tizimi faoliyatining chuqur buzilishlari bilan o‘tadigan intoksikatsiya paydo bo‘ladi.
Suyulgan oziqa massasining ichaklar bo‘ylab harakatining tezlashuvi va so‘rilishning buzilishi ko‘p miqdordagi to‘yimli moddalar (asosan oqsilning), elektorlitlar va suvning organizmdan chiqib ketishiga olib keladi. Natijada degidratatsiya, kislota-ishqor muvozanatining buzilishi (metabolik atsidoz) va moddalar almashinuvidagi boshqa qator o‘zgarishlar vujudga keladi. Yosh hayvonlarda gipoglikemiya kuzatiladi. Ichak shilliq pardasidagi chuqur o‘zgarishlar oqibatida ichak devori barerlik qobiliyatining susayishi va nihoyat qonga ko‘plab mikroorganizmlar va oqsilli moddalarning tushishi kuzatiladi.

Download 34,41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish