13-mavzu. Axborot tizimlarini yaratish va boshqarish reja


-rasm. Kitob xarid qilish jarayoni



Download 1 Mb.
bet4/36
Sana27.06.2021
Hajmi1 Mb.
#102836
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36
Bog'liq
Axborot tizimlarini yaratish va boshqarish

13.2-rasm. Kitob xarid qilish jarayoni


3. YAngi jarayonni ishlab chiqish: Mavjud jarayon vaqt va xarajatlar nuqtai nazarida aks ettirilib baholanganidan keyin, jamoa loyihalash davomida yangisini ishlab chiqish yo‘li bilan jarayonni yaxshilashga harakat qiladi. YAngi jarayon eskisi bilan taqqoslash uchun ma’lum tartibda modellashtiriladi va hujjatlarda qayd etiladi.

13.3-rasmda kitobni xarid qilish jarayoni Internet tarmog‘idan foydalanib turib o‘zgartirilishi mumkin ekani ko‘rsatilgan. Mijoz kitob savdosi bilan shug‘ullanuvchi internet-do‘konga o‘zining kompyuteridan Internet orqali kirishi mumkin. U kitob do‘konida o‘ziga zarur bo‘lgan kitobni sotib olish uchun birinchi navbatda onlayn-katalogni ochadi. Agar kitob katalogda qayd etilgan bo‘lsa, u onlayn buyurtma beradi – kredit kartasini taqdim etadi va manzili haqida ma’lumot jo‘natadi. Va kitob uning uyiga etkazib beriladi. Agar internet-do‘konda u izlayotgan kitob bo‘lmasa, mijoz boshqa internet-do‘konni tanlaydi va hk. Bu jarayon oddiy kitob do‘konida kitob xarid qilishga qaraganda ancha engil va kamroq vaqt sarflanishini talab qiladi. Mijoz bitta kitobni xarid qilish uchun do‘konma-do‘kon izlab yurishiga hojat qolmaydi, do‘konda unga xizmat ko‘rsatish uchun esa bitta xodimning xizmatidan foydalaniladi. Demak, yangi jarayon birinchisiga qaraganda ancha samaraliroq va vaqtni tejash imkoniyatini beradi.

YAngi jarayon vaqt tejalishini yoki xizmat ko‘rsatish sifati qanchalik ortganini va uni amalda tatbiq etilishi uchun sarflanadigan mablag‘lar tez orada o‘zini oqlashini ko‘rsatishi lozim. Birinchi navbatda, mavjud jarayonga sarflanadigan vaqt va mablag‘ o‘lchanishi lozim. Bu, eski va yangi usullarni taqqoslash uchun asos sifatida qabul qilinadi. Ko‘rib chiqqan misolimizda oddiy kitob do‘konida kitob xarid qilishga 15 daqiqadan (agar mijoz kerakli kitobni darhol topsa) 30 daqiqagacha (agar kitob do‘kon omborxonasida bo‘lsa) vaqt sarflanadi. Lekin, agar kitob boshqa manbadan buyurtma qilib etkazib kelinsa, jarayon 1-2 haftaga cho‘zilishi va mijoz do‘konga kamida yana bir marta kelishini talab qilishi mumkin.

Internet orqali kitob xarid qilish jarayoni uchun bir necha daqiqa kifoya. To‘g‘ri, agar kitob do‘kon peshtaxtasi yoki omborida bo‘lmay, boshqa manbaga buyurtma berish orqali etkazib beriladigan bo‘lsa, ma’lum muddat kutishga to‘g‘ri keladi. Lekin, bunda mijoz do‘konga qayta-qayta kelishiga zarurat bo‘lmaydi – demak, mijozning vaqti va puli tejaladi.

4. YAngi jarayon amalga oshirilayapti: YAngi jarayon to‘liq modellashtirilib, tahlil qilinganidan keyin tartibotlar va ish qoidalarining yangi to‘plamiga amal qilish lozim bo‘ladi. Qayta loyihalangan jarayonlarni qo‘llab-quvvatlash uchun yangi axborot tizimlarini yoki yaxshilangan mavjud tizimlarni amalga oshirish talab etiladi. YAngi jarayon va qo‘llab-quvvatlash tizimlari biznes-tashkilotda tatbiq etilganidan keyin, ungacha mavjud bo‘lgan muammolar aniqlanib, tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha hal qilingan hisoblanadi.

5. Uzluksiz nazorat: Jarayon amalga oshirilib, optimallashtirilganidan keyin albatta doimiy ravishda nazorat qilinishi shart. Nimaga? Vaqt o‘tishi bilan ayrim xodimlar eski metodlarga qaytishi yoki biznes yangi muammolarga duch kelishi sababli jarayonlar yomonlashishi mumkin.

Aksariyat biznes-jarayonlar samarali ishlayotgan bo‘lsada, ayrim hollarda keskin o‘zgarishlarni amalga oshirish zarurati yuzaga kelishi mumkin. YUqorida ko‘rib chiqqan misolga qaytamiz. To‘g‘ri, kitob savdosi bilan shug‘ullanuvchi do‘konlar yangi tizimni tatbiq etib, o‘z bizneslarini sezilarli darajada yaxshilashga erishganlar. Misol tariqasida Amazon va boshqa onlayn savdo do‘konlarini keltirish mumkin. Lekin, bu tashkilotlar rahbarlarining ta’kidlashicha, bundan-da yaxshiroq va samarali ishlashga to‘sqinlik qiluvchi omil, bu – tashkiliy masalalarning oxirigacha hal qilinmasligi ekan. Eskichasiga ishlashga o‘rganib qolgan xodimlar yangicha ish usullarini doim ham qabul qila olmaydilar, aksariyat hollarda esa, ayniqsa, yangi tizim uzoq muddatli yirik loyiha bo‘lsa, umuman qarshi chiqadilar.

O‘zgarishlarni boshqarish oson kechmaydi, o‘zgarishlarni boshqarishda intuitiv tarzda ish yuritish bilan ijobiy natijalarga erishib bo‘lmaydi. O‘zgarishlarni boshqarish puxta ishlab chiqilgan taktik va strategik rejalar asosida amalga oshirilishi zarur (14-bobga qaralsin).



Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish