Biznes jarayonni boshqarish
Bugungi kunga kelib ko‘pgina kompaniyalar kuch va mablag‘larini biznes-jarayonlar samaradorligini oshirish imkoniyatini beruvchi yangi axborot tizimlarini yaratishga qaratganlar. Bu kabi loyihalarning ayrimlari biznes-jarayonlarning to‘liq qayta tuzilishini nazarda tutsa, boshqalari aytarli katta bo‘lmagan o‘zgarishlar bilan cheklanmoqdalar. Agar tashkilot yangi kompyuter texnologiyalaridan foydalanishdan avvalroq o‘z biznes-jarayonlarini qayta ko‘rib chiqib, ularni tubdan o‘zgartirsa, axborot texnologiyalariga sarflangan investitsiyalar orqali ko‘proq foyda olish imkoniyatlari ortadi. Axborot tizimlarini ishlab chiqishdagi eng muhim protseduralar, bu – tizimni tahlil qilish, tizimni loyihalash, dasturlash, sinash, konversiya, tizimdan foydalanish va texnik xizmat ko‘rsatish. Tizimni tahlil qilish – mavjud tizimlar bilan bog‘liq muammolarni o‘rganish va bu muammolarni hal qilish uchun zarur bo‘lgan talablarni aniqlashdan iborat. Tizimni loyihalash esa axborot tizimining barcha tashkiliy va texnik jihatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan spetsifikatsiyalar tayyorlanishini nazarda tutadi.
Bugungi kunda aksariyat kompaniyalar biznes-jarayonlarni yaxshilash uchun axborot texnologiyalaridan foydalanishga urinmoqdalar. Ayrim axborot tizimlarining tatbiq qilinishi jarayonda inkrement o‘zgarishlar ro‘y berishiga sabab bo‘lmoqda, lekin shunday tizimlar borki, ularni qo‘llash barobarida biznes-jarayonlar ham tubdan modernizatsiya qilinishi talab etiladi.
Biznes-jarayonni boshqarish (BJB) mavjud jarayonlarni tahlil qilish uchun ko‘pgina metodologiyalarni taqdim etadi, shuningdek yangi jarayonlarni ishlab chiqish va ushbu jarayonlarni optimallashtirish imkoniyatini beradi. Lekin, ta’kidlash zarurki, BJB bo‘yicha hech qachon yakdillikka erishilmagan, chunki, jarayonning yaxshilanishi doimiy o‘zgartishlar amalga oshirilishini talab qiladi.
Biznes-jarayonlarni boshqarishni amalga oshirayotgan kompaniyalar quyidagi bosqichlardan o‘tishi zarur:
1. O‘zgarish jarayonlarini aniqlash: Qo‘llanish sohasi va hal qilinadigan masalalar qanday bo‘lishidan qat’i nazar yangi axborot tizimlarini yaratish, bu tashkilot oldida turgan muammolarni echish jarayonidan kelib chiquvchi amaliyot hisoblanadi. YAngi axborot tizimi, o‘z mohiyatiga ko‘ra, tashkilot to‘qnash keladigan ma’lum turdagi muammoni yoki bir nechta muammolarni hal qilishdan iborat. Menejerlar va boshqa xodimlar tashkilot faoliyatining samaradorligi past deb hisoblashlari yoki axborot texnologiyalari taqdim etadigan yangi imkoniyatlardan foydalanish vaqti keldi deb o‘ylashlarining o‘zi aniq bir muammoni keltirib chiqaradi.
Echimni izlash va uni axborot tizimi bazasida hal qilinishi bilan bog‘liq tartibotlar va jarayonlar tizimli ishlab chiqish deb nomlanadi. Bu kabi ishlab chiqish tarkibida aniq aks ettirilgan alohida tartibotlar mavjud muammo bo‘yicha tuzilmalashgan echimning optimal varianti sifatida qabul qilinishi mumkin. Tizimli ishlab chiqish o‘z ichiga tizimli tahlil, tizimli loyihalash, dasturlash, sinash, qayta kodlash, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish kabi bosqichlarni oladi.
2. Mavjud jarayonlarni tahlil qiling: Mavjud biznes-jarayonlar modellashtirilishi va hujjatlartirilishi, kirish va chiqishlar, resurslar va harakatlar ketma-ketligi aniq qayd etilishi lozim.
13.2-rasm kitob do‘konida kitoblar xarid etilishi ko‘rsatilgan. Mijoz kitob magaziniga kelib, o‘ziga zarur bo‘lgan kitoblarni izalayotganida nimalar bo‘lishini ko‘rib chiqamiz. Agar mijoz o‘ziga zarur bo‘lgan kitobni topsa, u kassaga plastik kartasidan pul echdirib yoki naqd pul to‘lab kitobni xarid qiladi. Agar mijoz izlayotgan kitobini topa olmasa, sotuvchidan kitob do‘koni omboridagi kitoblar bo‘yicha tovar-moddiy hisobotni tekshirib ko‘rishni iltimos qilishi kerak. Agar sotuvchi omborda kitobni topsa, mijoz o‘sha kitobni sotib oladi. Agar kitob omborxonada ham topilmasa, kitob do‘koni sotuvchisi distribyuterga xaridor uchun kitob buyurtma jo‘natadi. Kitob buyurtmaga muvofiq kitob do‘koniga kelib tushganidan keyin, sotuvchi mijozga qo‘ng‘iroq qilib, uni xabardor qiladi. Demak, mijoz yana bir marta kitob do‘koniga kelishi zarur bo‘ladi. Agar kitob do‘konida izlangan kitobni topish uchun imkoniyat bo‘lmasa, xaridor boshqa do‘konlardan izlashiga to‘g‘ri keladi. YUqorida bayon etilgan jarayon bir nechta bosqichdan iborat bo‘lib, mijoz kitob xarid qilish uchun do‘konga bir necha marta kelib-ketishi talab qilinishi mumkin
Do'stlaringiz bilan baham: |