13-MA’RUZA.
Mavzu. Talabalarning mustaqil faoliyatlarini pedagogik boshqarish.
Reja:
1. Talaba o‘zining harakatini rejalashtirish - o‘z maqsadini tanlash, ularga erishishning yo‘l va vositalarini aniqlashi;.
2. Berilgan topshiriqlarni yechish uchun o‘z imkoniyatlarini birlashtirish-tashkillashtirishi.
3. O‘z faoliyatini nazorat qilishi va mos ravishda baholash- o‘zining keyingi harakatlarini o‘zi nazorat qilishi va o‘zini o‘zi baholashni amalga oshirishi.
Talabalarning mustaqil va ijodiy ishini tashkil etishda uning quyidagi shakllaridan foydalanish mumkin:
- ayrim nazariy mavzularni o’quv adabiyotlari yordamida kutubxonada mustaqil o’zlashtirish va mavzuning mohiyatini yoritib berish;
- kompyuter sinflarida elektron darsliklar, vertual stendlar, multi- media dasturiy majmualari yoki o’rgatuvchi hamda bilimlarni nazorat qi-luvchi interaktiv kompyuter dasturlari yordamida topshiriqlarni musta-qil o’zlashtirish;
- hisob-grafik, jadval-diagramma ishlarini aniq maqsadlar asosida ba-jarish;
- laboratoriya yoki amaliy mashg’ulotlarga oldindan tayyorgarlik ko’rish, ularning maqsadlarini belgilab olish;
- maket, model, namunalar, detallar yoki kompyuter dasturlari yaratish orqa-li ko’rik tanlovlarda qatnashish va ularni namoyish etish;
- berilgan mavzu bo’yicha referat yoki ma’ruza tayyorlash, seminar yoki anju-manlarda ma’ruza qilish;
- fanlar bo’yicha sinfdan tashqari berilgan misol va masalalarni, nazariy savollarni, test topshiriqlarini bajarish;
- mintaqaviy ta’lim portallarning axborot manbalari bilan ishlash, boshqa ta’lim muassasalarining axborot-ta’lim resurslaridan foydalanish;
- o’qituvchi ko’rsatmasiga binoan reyting tizimi asosida o’tkaziladigan nazo-rat turlariga yoki yozma ishlarga tayyorgarlik ko’rish;
- fan olimpiadalarida qatnashish uchun an’anaviy bo’lmagan misol, masala yoki topshiriqlarni bajarish;
- immitatsion o’yinlar tashkil etish, ularning ssenariylarini tayyorlash, tahlil etish;
- ishlab chiqarish tashkilotlari bilan tuzilgan xo’jalik shartnomalarida faol ishtirok etish.
Mustaqil ishlarning turlari, shakli, mazmuni turlicha bo’ladi. O’z mohiyatiga ko’ra o’quvchilarning mustaqil o’quv faoliyatlarini tashkil etish-ni ikki toifaga ajratish mumkin:
a) umumlashtirish, xulosalar chiqarish va amalda qo’llash orqali o’quv-chilarning bilimlarini chuqurlashtirishga qaratilgan faoliyat;
b) o’quvchilarning bilimlarini nazorat qilish, tekshirish va baholash bilan bog’liq faoliyatni rivojlantirish .
Talaba mustaqil ishni bajarishda u uchun ajratilgan vaqt doirasiga mos ravishda, har bir fan bo’yicha tegishli bo’limlar mustaqil ishning tash-kiliy shakllari, savollar va topshiriqlar majmui ishlab chiqiladi. O’qituvchi tomonidan mustaqil ishni bajarish uchun fanlar bo’yicha o’quvchilarga zaruriy uslubiy ko’rsatma, tavsiyalar va o’quv adabiyotlari ro’yxati ishlab chiqilishi lozim.
Didaktik nuqtai nazardan o’quvchilarning mustaqil ishini tashkil etish murakkab pedagogik jarayon bo’lib, o’quvchining aqliy mehnat qila oli-shi, darsdan tashqari bo’sh vaqtini to’g’ri taqsimlashi va undan samarali foy-dalanishi, o’z ishiga ijodiy va to’g’ri yondasha olishi, tanlagan muta-xassisligi bo’yicha muammolarni yaxshi tushuna bilishi hamda boshqa shu kabi bir qator shaxsning xususiyatlari bilan bog’liq jihatlarni o’z ichiga oladi.
Mustaqil ishlar quyidagi turlarga bo’linadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |