Gavda bo‘ylab dumalatish - bu To‘p bilan bajariladigan harakatlarga xos harakatlanish guruhidir. 89-rasmda ana shunday dumalatishning bir ko‘rinishi - qo‘llar va elka bo‘ylab dumalatish ko‘rsatilgan. Harakat to‘pni biroz balandlikka otish bilan boshlanadi va buning natijasida unga boshlang‘ich impuls beriladi (1-kadr). Mashq bajarilayotganda gimnastikachi qiz gavdasining vaziyati o‘ziga xos bo‘ladi. Qo‘llari oldinga tomon yuqorida bo‘lib gavda bilan bir chiziq hosil qiladi, qarashi to‘pga tomon yo‘naltirilgan bo‘ladi (2- kadr). Keyingi lahzada bosh qo‘llar orasiga tushiriladi (3-kadr) va to‘p elka va bo‘yin bo‘ylab erkin harakatlanadi. Elkani biroz qisgan holda (5-kadr) gimnastikachi qiz to‘pning harakat tezligini biroz pasaytiradi, qo‘llarini orqaga o‘tkazadi va so‘nggi harakat - to‘pni ushlab olishga tayyorlanadi (5- kadr).
89-rasm.
Texnik jihatdan qo‘l va elka bo‘ylab to‘pni dumalatib bir qo‘l bilan ilib olish ancha murakkab (90-rasm).
Harakat davomida gavda bilan biroz yarimo‘tirish buyumni sakrab ketmasligini oldini olish imkoniyatini beradi. Dumalatish qo‘lning ichki tomonida boshlanadi. To‘p tirsakdan o‘tayotganda qo‘l asta-sekinlik bilan kaftni pastga yo‘naltirish orqali buriladi, gavda esa oldinga egiladi va shu tufayli to‘p elka bo‘ylab harakatlanadi (3-6 kadrlar). To‘pni ushlab olish orqaga uzatilgan va tirsakda bukilgan holatdagi chap qo‘l bilan amalga oshiriladi (6-kadr). Ushlangandan keyin To‘p oldinga chiqarilishdan foydalanib amortizatsiyaga olib kelinadi.
90-rasm.
Eng keng tarqalgan dumalatishlardan yana biri – ko‘krak bo‘ylab bir qo‘ldan ikkinchi qo‘lga dumalatish (91-rasm). Qo‘l panjalari bilan kichik turtish orqali gimnastikachi qiz to‘pga kerakli boshlang‘ich impulsni uzatadi. Qo‘lni gorizontga nisbatan biroz yuqori ko‘tarilishi buyumning harakatining kerakli tezligini saqlashga zamin yaratadi (91-rasm, 1-kadr). Dumalatish qo‘lning ichki tomonida amalga oshiriladi. Gavdani orqaroq-chapga biroz egilganligi va chap qo‘lni yon tomon-oldinga chiqarilganligi tufayli to‘p gavda bo‘ylab sirpanib ketmaydi, balki ko‘krak bo‘ylab harakatlanadi va chap qo‘lga o‘tadi (3-5 kadrlar).
91-rasm.
Shu zahotiyoq, chap qo‘l oldinga-yon tomonga chiqariladi va gorizontdan biroz pastroq ushlanadi (6-kadr), so‘ngra asta-sekinlik bilan gorizontdan yuqoriga ko‘tariladi va bu To‘pni to‘xtashiga imkoniyat yaratadi uni ushlashni osonlashtiradi.
Bir qo‘l bilan to‘pni yuqoriga otish va ilib olish. Siltanishda ham, irg‘itishda ham foydalaniladigan to‘pni erkin ushlash irg‘itish harakatlarining xususiyatlari hisoblanadi (92-rasm).
Oyoqlarning yarimbarmoqli ko‘tarilgan holatiga mos ishlashi, to‘g‘ri holdagi qo‘l bilan faol ishlash intensiv siltanish harakatini va buyumni yuqori balandlikda uchishini ta’minlaydi. Ushlab olish yarimcho‘qqayish va to‘pni harakati yo‘nalishida qo‘lni cho‘zishda ifodalanadigan amortizatsiyaning yorqin fazasi orqali amalga oshiriladi.
92-rasm.
Do'stlaringiz bilan baham: |