5.6.2.Tipik mashqlarning texnikasi.
Siltanishlar aylantirishlar. 105-rasmda yuqoriga harakatlantirishning turlari ko‘rsatilgan:
Gorizontal (a), vertakal(b), yon tekisligida(b). Qo‘llar tirsak bo‘g‘imidan bukilishi, tasmani katta radiusda harakatlanishini ta’minlab beradi.
106- rasm.
Katta aylanalar qo‘lni tekis holatda tutish orqali bajariladi. SHu bilan birga, tasma aylanish harakatlarni butun mashq davomida saqlab qolish zarur. SHuning uchun aylanalar qo‘lni kuchli, faol yuqoriga intilish harakatlari orqali bajariladi. Katta aylantirishlarni bajarishda muvozanat saqlash va sakrashlardan foydalaniladi.
107- rasmda tasmada katta aylanalar hosil qilish paytida, orqaga egilib muvozanat saqlash harakatlari ko‘rsatilgan, bunda tasma o‘ng qo‘lda turibdi. Gimnastikachi tasmani ikki marta aylantiryapdi, bu esa buyumni o‘rtacha tezligini saqlab turishga yordam beradi. Tanani iloji boricha orqaga egish harakatlari, tasma tayoqchasining oldinga- yuqoriga- orqaga borish holatlari bilan bir paytda bajariladi, bu esa qo‘lni qattiq bukmay tutib turishga yordam beradi va tasmaning katta amplituda harakatini ham saqlashga ko‘maklashadi. Aylantirishlarni bajarish texnikasi unchalik qiyinchilik tug‘dirmaydi, lekin muvozanatni saqlash sharoiti qiyinlashadi.
107- rasm.
108- rasm.
109- rasm.
Yuza tekisligida katta aylanalar hosil qilish, sakrash harakatlari bilan bog‘liq.
Masalan: tasmaga tegib halqa sakrash harakati (108- rasm). Bu element tezda tezlikni oshirish hisobiga amalga oshadi. Oxargi tezlikni oshirish qadami,tasmani chapga harakati bilan birga bajariladi, bu esa tasmani harakat tezligini o‘zgarishiga olib keladi. Itarish fazasida cho‘p pastga tushadi va itaruvchi oyoq yonidan o‘tadi. Gimnastikachi sakrashni amalga oshirib bo‘lgach, darhol tasmaning inersion uchishini saqlab turib, en tekisligida kuchli siltanishni amalga oshiradi.
O‘rtacha yuqoriga siltanishli harakatlar va aylantirishlar ko‘pincha sodda harakatlar bilan birgalikda bajariladi, masalan: tasmadan yugurib o‘tish, yarimakrobatika elementlari va boshqalar (109- rasm.)
110- rasm
Eng ko‘p uchraydigan aylantirish harakatlaridan biri bu “sakkiz” lik hosil qilishdir (110- rasm ), bular vertikal (a) va gorizontal (b) bo‘ylab bajarilishi mumkin, hamda bilak, elka, butun qo‘l bo‘ylab harakatlarga bog‘liq holda katta, o‘rta va kichik aylanalar hosil qilishi mumkin.
111- rasm
“Ilon izi” va spiralsimon harakatlar. Ilon izili va spiralsimon harakatlarni bajarishda: tirsak hiyol bukilgan, qo‘l bo‘shashgan, bilak faol ishlaydi, bunda qo‘l bukilib qayta tekislanadi yoki aylanali harakatlarni bajaradi. Ular texnikasini bajarish, to‘g‘ri ushlashga bog‘liq. 111- rasmda ilon izili va spiralsimon harakatlarning turlari ko‘rsatilgan: bo‘yiga (a), eniga (b). Ilon izili va spiralsimon harakatlarni bajarishni qiyinlashuvining sababi, ularning jihozsiz bajariladigan harakatlar bilan qo‘shilib amalga oshirilishi hisobigadir. Masalan: 720 gradusga burilishda (112- rasm), kichik shakllarni hosil qilish uchun bilakning faol harakati talab qilinadi, bu esa burilish harakatini bajarilishiga to‘sqinlik qiladi, aylanish tezligi tasma chizayotgan suratni “cho‘zib” yuboradi va tasmaning tugallanish uchini boshqarib bo‘lmaydi.
Tasmani yuqoriga uloqtirish harakatlari. 113- rasmda eng ko‘p ishlatiladigan tasmani uloqtirish usuli ko‘rsatilgan. Bu turdagi harakatlarni bir necha fazalarga ajratish mumkin:
1- faza: cho‘p asosidan tasmani ushlash
2- faza: yuqoriga siltashli harakat, bu barcha jihoz bilan bajariladigan harakatlarga xos uloqtirish turidir
3- faza: jihozni qo‘yib yuborish. Harakat sakrab bajariladi, bu esa jihozni uchish balandligini oshiradi. Bu 3 ta aytib o‘tilgan texnik harakatlarning barchasi qisqa vaqt ichida bajariladi, bu tasmaning boshlang‘ich hosil qilgan suratini saqlashga yordam beradi.
4- faza: tasmaning erkin uchishi
5- faza: ilib olishga tayyorgarlik
6- faza: cho‘pchasidan tutib olish
7- faza: tasmani yuqoriga siltanish harakatiga o‘tish
112-rasm
113- rasm
147. Тайёргарликнинг бошланғич босқичида ёш гимнастикачилар билан ишлаш хусусиятлари.
148. Тайёргарликнинг ихтисослаштирилган босқичида ёш гимнастикачилар билан ишлаш хусусиятлари.
149. Тайёргарликнинг чуқурлаштирилган босқичида ёш гимнастикачилар билан ишлаш хусусиятлари.
150. Тайёргарликнинг спорт такомиллашуви босқичида ёш гимнастикачилар билан ишлаш хусусиятлари.
Do'stlaringiz bilan baham: |