8.4.1 .Erkak va ayollar nutqining farqlari
Yapon tili nafaqat hududiy va, ijtimoiy variantlardan, balki erkak va ayolga xos variantlardan tarkib topganligi bilan ham o‘ziga xosdir. Yapon tilida erkak va ayollaming nutqiy muomalasi bir-biridan keskin farq qiladi. Erkakning “ayolcha” gapirishi yoki, aksincha, ayolning “erkakcha” gapirishi kulgili holatlami keltirib chiqaradi.
Yapon adabiy tilidagi erkak va ayol variantlarmmg farqi til tizimining barcha sathlarida namoyon bo‘ladi. Fonemalar va ularning moslashuvidagina bir xillik mavjud bo‘lib, ularning urg‘usida farqlanish ko‘zga tashlana boshlaydi. Ayniqsa, grammatika va leksika sathida ikki variantning bir-biridan ajralishi ko‘proq kuzatiladi. Masalan, 1-shaxs va 2- shaxs kishilik olmoshlari misolida (3-shaxsda alohida farq kuzatilmaydi), faqat 1-shaxsning eng takallufli vatakusi shakli erkak va ayollar tomonidan birday qoilaniladi. Erkaklar, asosan, boku (odatda), ore (betakalluf) va vast (betakalluf, hozir eskirgan); ayollar - atasi (betakalluf) va atakusi (takallufli, eskirib borayotgan) kishilik olmoshlarini ishlatishadi. Vatasi olmoshi erkaklar tomonidan ham, ayollar tomonidan ham qoilaniladi, biroq ayollar uchun standart, erkaklar uchun takallufli (vatakusi ga nisbatan), shuningdek, katta yoshdagilarga xos olmosh sanaladi.
Grammatik farqliliklar orasida gap oxirida keladigan modal- ekspressiv yuklamalar ko‘proq ajralib turadi. Yapon tiliga iltimos, murojaat, tasdiq va h.k. ma’nolami hamda so‘zlovchining u yoki bu turdagi hissiyotlarini ifodalagan yuklamalarga boylik xosdir. Bunday yuklamalami boshqa tilga tarjima qilish o‘ta qiyinchilik tug‘diradi. Erkaklar nutqiga: dzo, dze, na:, ya:, ayollar nutqiga: va, no, та:, kasira, ara yuklamalari xosdir. Har ikkala variantdagi yuklamalar chekka hududlarga ko‘ra ham farqlanishi mumkin. Ayrim yuklamalar ma’nosiga ko‘ra farqlanadi: yo yuklamasi erkaklarda betakalluf, ayollarda esa takallufli qoilaniladi. Bunday turdagi farqlar kichik yoshdan boshlab shakllanadi. Ikki yoshli qizcha boshqa grammatik ko‘rsatkichlarga nisbatan avvalo, no ekspressiv yuklamasidan foydalana oladi.
Boshqa grammatik farqliliklar hurmat shakllarini qoliashda namoyon boiadi. Adabiy til me’yorlariga ko‘ra, atoqli otlardagi -кип betakalluf qo‘shimchasini faqat erkaklargina qoilay olishiari mumkin; ayollar bunday vaziyatlarda -san (hurmat darajasiga ko‘ra erkak variantda takalluf, ayol variantda neytrallik ifodalaydi) qo‘shimchasidan foydalanadilar.
Ayollar o‘ta betakalluf, erkaklar esa o‘ta takallufli shakllarni qoilashdan qochishadi. Ayollar buyruq maylining qo‘pol shakllaridan deyarli foydalanishinaydi. “0‘ta takallufli” shakllar ayollar tomonidan erkin, erkaklar tomonidan esa faqat xizmat doirasidagina qoilaniladi. Ayni holat leksikada ham kuzatiladi: xara “qorin” so‘zi erkaklar nutqida, takallufli o-naka so‘zi ayollar nutqida uchraydi. Ogusi (“soch”), oxiya (“sovuq suv”), omiya (“sovg‘a”) ayollar nutqiga xos bo’lgan so'zlar hisoblanadi. Ayollar nutqining aksariyatida grammatik ko‘rsatkichlar, xususan, kelishik qo‘shimchalari va boglovchilar mavjud bo‘lmaydi; erkaklar nutqida bu holat deyarli kuzatilmaydi.
Qayd qilingan barcha farqlar so‘zlashuv tiliga tegishli bo’lib, yozuvda, shuningdek, og'zaki-kitobiy matnlar (teleyangiliklar yoki ma’ruzalar)da yozuvchining yoki so'zlovchining jinsi u qadar aniq namoyon bolmaydi. Semantik nuqtayi nazardan yondasliilganda, Yaponiyada erkaklarning nutqi denotativ, ayollarning nutqi esa konnotativ
xususiyatga egaligi bilan ajraladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |