8.5. Yaponiyada sotsiolingvistika
Yuqorida qayd etilganidek, bugungi Yaponiyadagi lisoniy vaziyat ijtimoiy hayotning muhim tomonlari bilan bog‘liq, u yoki bu darajada siyosiy ahamiyat kasb etgan qator muammolami keltirib chiqarmoqda. Til muammolarini oqilona hal qilmasdan turib, to‘laqonli ta’limga, ommaviy axborot vositalarining samarali ta’siriga va xorijliklar bilan muloqotga erishib bo‘lmaydi. Shuning uchun davlat siyosati til siyosatini ham qamrab oladi. Ta’kidlash joizki, hech qaysi rivojlangan kapitalistik davlatlaming hukumati til masalalariga Yaponiya hukumatichalik katta e’tibor qaratmaydi.
Ikkinchi jahon urushidan keyin til me’yori masalasini hal qilish, ona tili va chet tillami o'qitishning samaradorligini oshirish, matbuot, radio va televideniya matnlarini talab darajasiga keltirish maqsadida davlat muassasalari taslikil qilindi. Tokiodagi Yapon tili davlat instituti (KKK) hamda Madaniyat, radio va teleko‘rsatuvlar instituti (XBK) shular jumlasidandir. Har ikkala institut ham til me’yorlarini ishlab chiquvchi markaz bo‘lib, til me’yorlari (xususan, o‘quv adabiyotlari va teleko‘rsatuvlari) yuzasidan qonun chiqarish huquqiga ega.
KKKning vazifalari turli-tuman bo‘lib, ulardan asosiysi amaliy yo’nalish hisoblanadi: bu yapon adabiy tili va dialektlari bo‘yicha materiallar to‘plash, yapon tili egalari bilan ommaviy so‘rovnomalar o‘tkazish, matnlardagi muayyan leksik birliklar, grammatik ko'rsatkichlar va konstruksiyalaming qo‘llanishini kuzatish, yozuv belgilarini statistik tahlil qilish, yapon tilini yaponlarga va chet elliklarga o‘qitish yuzasidan metodik tavsiyalar ishlab chiqish, baholashning qat’iy mezonlarini begilash va h.k.
Ikkinchi jahon urushidan oldin Yaponiyada nazariy tilshunoslik hukmronlik qilgan bo‘lsa, umshdan keyingi dastlabki yillardanoq amaliy tilshunoslik masalalarini hal etishga qaratilgan tadqiqotlar yuzaga kela boshladi. Albatta, “sof ilm” mavjud edi, biroq u ikkinchi darajali bo‘lib, unga ko'proq ilmiy-tadqiqot institutlari va xususiy universitetlar homiylik qildi. Birinchi navbatda amaliy tadqiqotlar, xususan, sotsiolingvistik xususiyatdagi izlanishlar (mashina tilshunosligi - axborotlaming avtomatik
tahlili, ulami EHMga hamda mashina tarjimasiga kiritish va h.k. katta o‘rin egalladi) keng miqyosda amalga oshirildi.
Mazkur ishlaming nazariy asosini “lisoniy mavjudlik” (gengo- seykatsu) maktabi g‘oyasi tashkil qilgan edi. Bu maktabning vazifasi tilning fonetik tizimi, grammatik qurilishi yoki so‘z semantikasini emas, balki ijtimoiy jarayonlar bilan bog’liq bo‘lgan kishilammg nutqiy xususiyatlarini tasvirlash edi. Shunga kola, sotuvchi, xizmatchi, uy
bekasi va h.k.laming “lisoniy mavjudlik” qolipi tuzilib, ularning til amallari bilan ishlashga qancha vaqt sarflashi, nutqidagi gaplarning oltacha uzunligi qanday. bu gaplarda ega va kesimning foizi qancha, eskirgan leksika, kattgo bilan gayraygomng o‘zaro nisbati va shunga o‘xshash og‘zaki nutqning olganilishi qiyin bo’lgan jihatlari yoritildi. Yapon tilidagi gaplarning kundalik so‘zlashuvda o‘rtacha 3,81%, oldindan tayyorlanmagan rasmiy suhbatda 5,49%, ma’ruzalarda 9,31%, teleyangiliklarda 16,48% mustaqil ma’noli so‘zlardan tarkib topgani aniqlandi (N. 1978. № 23. B. 174). Umurnyapoh, mahalliy va xalqaro teleyangiliklarda qollanilgan jumlalarda ishtirok etgan tovushlaming o‘rtacha miqdori belgilandi (N. 1978. № 23. S. 178).
Yapon tilshunosligining amaliy yolialishi yaponlaming kundalik hayotida muhim rol o‘ynashi bilan tavsiflanadi. Mazkur rol chet ellik, amerikalik kuzatuvchilami hayratga soladi. Aksariyat mamlakatlarda tilshunoslik hayotdan uzoq bo’lgan mavhum fan sifatida qabul qilinadi. Bu ayniqsa, keyingi yillarda o'zining murakkab tushunchaviy terminolik apparati bilan boshqa soha mutaxassislarini qolqitib yuborgan struktur va generativ tilshunoslikka tegishlidir. Yaponiyada esa mutlaqo boshqa vaziyat hukm suradi. Amerikalik tilshunos E. Jprden qayd qilganidek, amerikaliklar uchrashganda ko‘proq ob-havo va siyosat haqida, yaponlar esa ob-havo va til haqida gaplashishadi.
Amerikalik yaponshunos ohm R. E. Milleming afsus va nadomat bilan yozishicha, tilshunoslar keng ommaga taniqli bo‘lmagan uning mamlakatidan farqli o‘laroq, Yaponiyada lingvistik tadqiqotlarga ommaviy ravishda qiziqish kuzatiladi, tilshunoslar, ayniqsa, professor unvoniga ega bo‘lgan yoki nufuzli tashkilotlarda ishlovchi olimlar omma orasida mashhurligi bilan nom chiqargan. Yaponiyada mutaxassis bolmaganlar ham tilshunoslikka oid kitoblami tushunilishi qiyin bolishiga qaramay, bajonidil sotib olishadi. Tilshunoslar tez-tez televideniyada chiqishlar qilishadi, xohlagan masalalar yuzasidan o‘zlarining fikrlarini bildirishadi.
Bu amaliyotining masalalari yapon ommaviy axborot vositalarida muhim o‘rin egallaydi. Til va yozuv me’yori muammosi keng miqyosda ommaviy muhokama qilinadi. 1978-yilning sentabr oyidan 1979-yilning avgust oyigacha boTgan davrda birgina “Asaxi-simbun” gazetasining “Ovoz” rakni ostida til me’yori masalasiga bagishlangan 28 ta maqola e’lon qilingan.
Shunday qilib, bugungi kunda Yaponiyada tilshunoslik faniga birinchi navbatda til amaliyotining asosi, yaponlarga tildan to‘g‘ri foydalanishda yordam beradigan vosita sifatida qaraladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |