12-mavzu: Yaponiya sotsiolingvistikasi Reja


Yapon ayollarining maqomi va til



Download 36,87 Kb.
bet9/11
Sana23.01.2022
Hajmi36,87 Kb.
#404060
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
15-ma'ruza

8.4.2. Yapon ayollarining maqomi va til

Yaponiyadagi usoniy vaziyatda ayollarning tengsizligi bilan bog’liq ijtimoiy jarayonlar u yoki bu shaklda aks etadi. Ma’lumki, o‘rta asrlaming boshlarida yapon ayoli jamiyatda muhim rol o'ynagan. Ayollar nutqining erkaklar nutqidan unchalik katta farq qilmaganini o‘sha davrdagi yozma yodgorliklar ham tasdiqlaydi. Mazkur farqlar o‘rta asrlaming oxirlarida, xususan, samuraylar tabaqasining maydonga kelishi bilan shakllana boshlagan. Bu davrda ayollarning mavqeyi yomon tomonga keskin o'zgargan.

1947-yildagi Yaponiya Konstitutsiyasiga muvofiq, ayollar erkaklar bilan rasmiy jihatdan teng huquqli bolishiga qaramay, ijtimoiy tengsizlik hali ham davom etib kelmoqda. LA. Latishevning qayd qilishicha, “Yaponiyada ayollar davlat tashkilotlari, xususiy firmalar va ishlab chiqarish korxonalarida jamiyat iyerarxiyasining eng quyi pog‘onasida qolib ketmoqda... Bugun jinslaming huquqiy jihatdan tengligiga qaramay, mamlakatda siyosiy, ijtimoiy sohalarda, shuningdek, maosh jihatdan ayollar diskriminatsiyasi (kamsitilishi) saqlanib qolingan”.

Mazkur fikrni Yaponiyada o‘tkazilgan ijtimoiy so‘rovnomalar ham tasdiqlaydi. Jumiadan, 1984-yili so‘rovnoma ishtirokchilarining 73,9% mamlakatda ayollar bilan erkaklar o‘rtasida tenglikning yo‘qligini e’tirof etgan (teleko‘rsatuv NTV, 23-sentabr 1984). Hukumat tomonidan olib borilgan tadqiqotlar ma’lumotiga ko‘ra, yapon ayollarining 71,1% jinslar o'rtasidagi rollami taqsimlanishi: “erkaklaming o‘rni - ishda, ayollarning o‘mi - uyda” g‘oyasini qoilab-quvvatlagan (bunga o‘xshash so‘rovnomada mazkur g‘oyani amerikalik ayollarning 35% va shved ayollarning 14% qoilab-quvvatlagan). Ayni ma’lumotlarga ko‘ra, yapon ayollarining 72% to‘ydan keyin o‘z qiziqishlarini turmush o‘rtog‘i va bolalariga bo‘ysundirish lozim, deb hisoblashgan (amerikalik ayollarning 17,6% va shved ayollarning 6,1% shunday javob bergan). Yaponiyadagi har ikkala jins vakillarining faqat 36% gina erkaklar va ayollar o‘rtasidagi qobiliyatda farqyo'q, deb javob berishgan (XB. 1983. № 1, B. 97).

Bunday sharoitda Yaponiyada nutqiy va lisoniy jins farqlarining juda barqaror bo‘lishi ajablanarli hoi emas. Feodalizm davrida shakllangan bu farqlar bugungi kunda ham yo‘qolib ketmagan, ular har bir yaponda o‘z- o‘zidan paydo bo‘laveradi. Erkak va ayol nutqidagi farqlar qanchalik katta bo‘lsa, jinslaming ijtimoiy rolidagi tafovut ham shunchalik katta bo‘ladi. Bu farqlar boshlang‘ich maktabni tamomlagunga qadar sezilmaydi. Biroq o‘rta maktabdan boshlab ular sezila boshlanadi. Ta’lim jarayoni tugagandan keyin hammasi o‘z o‘miga tushadi, ya’ni nutqiy farqlar yapon jamiyatining erkaklar va ayollarga qo‘yilgan talablariga moslashadi. Yoshning ulg‘ayib borishi bilan mazkur farqlar yanada aniqlashadi, erkaklar asta-sekin ijtimoiy pog'onalarda yuksalib boradi, ayollar esa soyada qolib ketadi.

Ijtimoiy tadqiqotlarga ko‘ra, ayollar va erkaklar nutqidagi farqning maksimum keskinlashuvi 50dan 60gacha bo‘lgan yosh orasida, ya’ni yapon erkaklari ijtimoiy pog'onalaming eng cho'qqisiga chiqqan davrda voqelanadi. Erkaklar mehnat faoliyatini to‘xtatganda nutqiy farqlar ham birmuncha silliqlashadi.

Qator tadqiqotchilaming fikricha, hurmat shakllarining qo'llanilishida yapon jamiyatidagi ayollarning itoatkoriik mavqeyi ham aks etadi. N .I. Konrad; “Er xotiniga murojaat qilganida xo‘jayin-xizmatkor munosabatidagi nutqiy ibora va konstruksiya (qurulma)lami qo'llaydi; aksincha, xotin erga murojaat qilganda “quyi”ning “yuqori”ga munosabatidek taassurot qoldiradi”, deb yozadi. Bu holat er-xotin o'rtasidagi murojaat shakllarida ham kuzatiladi. Jumladan, odatda, xotin oiladan tashqarida eri haqida syudzin (“xo‘jayin”) yoki otto (“yaxshi odam”), o‘z ota-onasi, qaynona yoki qaynotasi bilan suhbatda erining ismiga -san qo'shib gapiradi. Er esa xotinining ismiga -san qo‘shmasdan chaqiradi.

Jinslar orasidagi tengsizlik til o‘rganish va o‘qitishda ham kuzatiladi. Maktablarda yapon tilining erkak varianti o‘rganiladi, chet elliklar uchun yozilgan darsliklarda rasmiy me’yor sifatida aks etadi. Hatto, izohli va tasvirli lug‘atlarda ham dunyoni “erkak” nuqtayi nazaridan ko‘rish talqin qilinadi.



Download 36,87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish